25.06.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan Ukraina Davlat mulki jamgʻarmasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Axborot almashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan Ukraina Davlat mulki jamgʻarmasi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukrainaning milliy qonunlari meʼyorlari doirasida faoliyat olib borib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarining xususiylashtirish dasturlarida oʻzaro ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xususiylashtirish jarayoni, hukumatning tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjat va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina hududlarida xususiylashtirilayotgan korxonalar hamda obyektlarning tavsifi toʻgʻrisida, shu jumladan amaliy uchrashuvlar, seminarlar, maslahatlashuvlar va boshqa qoʻshma tadbirlar oʻtkazish orqali, shuningdek Tomonlarning soʻrovlariga koʻra axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukrainaning ommaviy axborot vositalarida xususiylashtirish masalalari boʻyicha axborotni joylashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq barcha masalalar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv hamda muzokaralar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil davomida amal qiladi va Tomonlarning birontasi uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmasa, u keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2004-yil 25-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 2-son)