Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Xitoy Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Hukumatiga foizsiz kredit taqdim etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
doʻstona munosabatlar va texnik-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining soʻroviga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 2004-yil 1-iyuldan boshlab 2009-yil 30-iyungacha besh yil davomida 50.000.000 (ellik million) yuan miqdorida foizsiz kredit taqdim etadi.
2-modda
Mazkur kredit ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida kelishilgan texnik-iqtisodiy hamkorlik loyihalarida foydalanilishi lozim.
3-modda
Kredit Oʻzbekiston Hukumati tomonidan 2014-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 30-iyungacha ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida kelishilgan konvertirlanadigan valyutada yoki Oʻzbekistonning eksport tovarlari bilan oʻn yil davomida qismlarga boʻlib toʻlanishi lozim. Mazkur kreditning foydalanilgan oʻndan bir qismi har yilda toʻlab borilishi lozim. Oʻzbekiston Hukumati tomonidan kredit toʻlovi amalga oshiriluvchi konvertirlanadigan valyutaga oʻrta arifmetikaga muvofiq hisoblab berilgan xitoy yuani (jenminbi)ning oʻrta kursi zayomning foydalanilgan qismini toʻlash uchun almashuv kursi boʻladi. Mana shu oʻrta kurs ushbu kredit foydalanilishi davomida har yilning oxirgi ish kunida Xitoy banki tomonidan eʼlon qilinadi.
4-modda
Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun hisob-kitob boʻyicha tegishli qoidalar Oʻzbekiston Hukumati vakolat bergan bank va Xitoy banki tomonidan qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
5-modda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar ushbu Bitimda belgilangan tegishli majburiyatlarini bajargunlariga qadar amal qiladi.
Ushbu Bitim Toshkent shahrida 2004-yil 15-iyunda ikki nusxada, ikkala Tomon uchun bir nusxadan, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzilgan, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2000-y., 2-son)