06.02.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI BILAN SAUDIYA ARABISTONI PODShOHLIGI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANGLAShUV Memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi, (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat va xalqlar oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻstona munosabatlar, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni qoʻllab-quvvatlash hamda mustahkamlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama hamkorlik va oʻzaro anglashuv jahonda tinchlik hamda xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlashiga amin boʻlib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlar va oʻzaro manfaatli xalqaro masalalar boʻyicha turli darajalardagi muntazam maslahatlashuvlarni olib borish muhim ekanligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va tamoyillariga qatʼiyan rioya etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning turli jabhalarini muhokama qilish va oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi mintaqaviy hamda xalqaro masalalar boʻyicha fikr almashish uchun muntazam ravishda ikki tomonlama muzokara va maslahatlashuvlar olib boradilar. Muzokara va maslahatlashuvlar ikki tomonlama munosabatlar, jahon siyosati rivojlanishi, mintaqaviy va xalqaro bahs hamda nizolar sohasida, xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan bahs va muammolarni hal qilishda BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlarga katta ijobiy imkoniyat berishni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandumi doirasida vazirlar yoki vazir oʻrinbosarlari darajasidagi yoxud har ikkala Tashqi ishlar vazirliklarining boshqa mansabdor shaxslari oʻrtasida masalahatlashuvlar navbatma-navbat zarur hollarda Toshkent va Riyozda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala mamlakatning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakillari oʻz xatti-harakatlarini muvofiqlashtirib boradilar hamda oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi barcha masalalar boʻyicha konstruktiv hamkorlik ruhida bir-birlari bilan maslahatlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama kelishuvga muvofiq muntazam va maxsus xalqaro anjumanlarning kun tartibi boʻyicha oʻz pozitsiyalarini muvofiqlashtirish uchun maxsus maslahatlashuvlar olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashuvlarning vaqti va uning ish jadvallari diplomatik kanallar orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Anglashuv Memorandumi besh yil amal qiladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Tomonlardan biri ushbu Memorandumning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida muddat tugagunga qadar olti oy ilgari oʻz niyati haqida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor etmagan boʻlsa, u oʻz-oʻzidan boshqa muddatga yoki besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Riyoz shahrida 2005-yil 6-fevralda ikki nusxada, oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Matnlarni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)