04.01.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEMIR YOʻL TRANSPORTI SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud va yangidan barpo etilayotgan temir yoʻllardan oʻzaro manfaatli asosda foydalanish zaruratini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikni yanada kengaytirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala Tomon qabul qilgan xalqaro huquqning norma va prinsiplariga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandum ijro etilishiga masʼul ikkala Tomonning vakolatli organlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eron Islom Respublikasi tomonidan — “Eron Islom Respublikasi temir yoʻllari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon ikki mamlakat oʻrtasida temir yoʻl tarmogʻi orqali yuk va yoʻlovchilarning xalqaro tashuvini amalga oshirishga, shuningdek tranzit tashuv uchun mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandum qoidalarini amalga oshirish uchun ikkala Tomon eng qulay sharoitlarni yoki boshqa mamlakatlarga taqdim etiladigan sharoitlardan kam boʻlmagan har qanday boshqa sharoitlarni ularning hududlari orqali yoʻlovchi va yuklarni tashishga har bir Tomonning amaldagi qonunlariga muvofiq taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon transport xizmati hamda tranzit tashuvlarni amaldagi qoidalar va tariflar asosida ikkala Tomon qabul qilgan xalqaro qoidalar hamda bitimlarga muvofiq amalga oshirishga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon texnik vositalar va konteyner terminallaridan umumiy foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon ular imzolagan xalqaro konvensiyalarga muvofiq yoʻlovchi va yuklar uchun bojxona rasmiyatchiligini amalga oshirishga kelishib oldilar. Agar Tomonlar imzolagan konvensiyalarning birontasida tegishli masalalar tartibga solinmagan boʻlsa, bojxona rasmiyatchiligi har bir mamlakatning milliy qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon yoʻlovchilar va xizmat koʻrsatish personalining xavfsizligini taʼminlaydilar hamda zarur hollarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatadilar. Ikkala Tomon har bir Tomonning temir yoʻl personaliga ikkala mamlakat hududida oʻzlarining xizmat vazifalari bajarilishida oʻzarolik asosda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonga bevosita muvofiqlashtirilgan tarif siyosati va transport yoʻnalishlari hamda ularning mamlakatlari hududlari orqali yuklarining tranziti sohasida hamkorlikni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk va yoʻlovchilarning tashuvi boʻyicha yuzaga keladigan muammolarni hal qilish maqsadida vakolatli organlar ikkala mamlakatning hududlarida vakolatxonalarni taʼsis etishlari mumkin. Vakolatxonalarning faoliyatini Tomonlarning milliy qonun hujjatlari tartibga soladi. Shu bilan birga Tomonlar umumiy investitsiyalarni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon qurol-yaroqlar va harbiy texnika, portlovchi moddalar hamda har qanday boshqa xavfli yuklarning ikkala mamlakat hududlari orqali tashuvi va tranzitini Tomonlarning milliy qonun hujjatlari va Xavfli yuklarning tashuvlari toʻgʻrisida qoidalar (temir yoʻlda xavfli yuklarning tashuvi toʻgʻrisida qoidalar — II ilova, SMGS)ga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandum harakatlanuvchi tarkib va texnik vositalarni saqlash, yuk va yoʻlovchi tashish, yuklarning xavfsizligini taʼminlash hamda temir yoʻl transporti sohasida hamkorlikda Tomonlarning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon oʻzaro manfaatli asosda temir yoʻl transporti sohasidagi xalqaro loyihalar doirasida amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlarni, jumladan qoʻshma ilmiy ishlarni tashkil etishda hamkorlik qiladilar. Tomonlarning vakolatli organlari ushbu hujjatda nazarda tutilmagan masalalar yuzasidan alohida shartnomalar va memorandumlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon Tomonlarning manfaatlariga daxldor boʻlgan temir yoʻl transporti sohasidagi qabul qilingan yoki tayyorlanayotgan huquqiy hujjatlar yuzasidan bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumga taalluqli boʻlgan har qanday bahs, muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumga Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan qoʻshimcha bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va toʻldirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandum Tomonlar imzolagan xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan Tomonlarning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Memorandumning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida har qanday Tomonning istagi bildirilgan yozma xabarnoma olingandan soʻng olti oy oʻtgach amal qilishdan toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumdan kelib chiqadigan barcha majburiyatlar oʻzaro manfaat asosida va Memorandum hamda tegishli shartnomalarning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2005-yil 4-yanvarda, yaʼni hijriy 1383 yil 15 deyda ikki nusxada, bir muqaddima va 15 moddada, har biri oʻzbek, fors va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xilda autentikdir. Matnni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)