13.06.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin savdo toʻgʻrisida 1996-yil 27-mayda imzolangan bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Erkin savdo toʻgʻrisida” 1996-yil 27-mayda imzolangan Bitimda (bundan keyin Bitim) belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash toʻgʻrisida kelishilgan qoidalarini qoʻllash muhimligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bitimning 2-modda 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Bitim maqsadlarida hamda uning amal qilish davrida, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlaridan kelib chiqqan tovarlar sifatida, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanuvchi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash toʻgʻrisidagi qoidalar asosida, belgilangan tovarlar tushuniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidasi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va mazkur Bitimning 19-modda qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2003-yil 13-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bayonnomaning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlaridan kelib chiqqan hamda mazkur davlatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasida ishtirok etadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar maqsadlarida quyidagi atamalar va ularning izohlari qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Tovarning kelib chiqish mamlakati” atamasi tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan davlatni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “yetarli darajada qayta ishlangan” atamasi mezoniga muvofiq tovarni ishlab chiqish jarayonida ikki yoki undan ortiq davlatlar ishtirok etgan taqdirda, tovarga sezilarli qayta ishlash oqibatida oʻziga xos xususiyatlar berilgan mamlakat hududi ushbu tovarning kelib chiqish mamlakati deb tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etarli darajada qayta ishlanganlik mezonini qoʻllashda tovar kelib chiqishining kumulyativ tamoyili qoʻllanilishi mumkin, yaʼni tovarning maʼlum davlat hududida qayta ishlanishi jarayonida ushbu davlat tovarning kelib chiqishi nuqtai nazaridan bir butun davlat deb olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “bojxona nazorati” atamasi milliy bojxona organlari tomonidan bojxona ishiga oid milliy qonunchilik, milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarning ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar yigʻindisini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “tovarlar” atamasi har qanday koʻchar mulkka, shu jumladan issiqlik, elektr energiyasi va bojxona chegarasi orqali oʻtadigan energiyaning boshqa turlariga nisbatan qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “tovarlar nomenklaturasi” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarida Yevropa Ittifoqining tovarlarni statistik tasniflashning uygʻunlashtirilgan tizimi asosidagi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasiga nisbatan qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan tovarlar hamda uning hududidan uchinchi davlatlarga olib chiqilayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tartibi mazkur Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovarning kelib chiqish mamlakati deyilganda, tovar toʻliq ishlab chiqilgan yoki tovarga yetarli darajada qayta ishlov berilgan davlat tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uning hududida qazib olingan foydali qazilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning hududida yetishtirilgan va yigʻib olingan oʻsimliklar mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uning hududida tugʻilgan va parvarish qilingan hayvonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uning hududida parvarish qilingan tirik hayvonlardan olingan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) uning hududida ovchilik, baliqchilik va dengiz xoʻjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) dunyo okeanida ushbu davlatga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan ijaraga olingan kemalar tomonidan yetishtirilgan va/yoki ishlab chiqarilgan dengiz xoʻjaligi mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ushbu mamlakatda amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa operatsiyalar natijasi boʻlgan ikkilamchi xomashyolar va chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ochiq koinotda ushbu davlatga tegishli boʻlgan yoki u tomonidan ijaraga olingan kosmik kemalar tomonidan olingan yuqori texnologiya mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ushbu mamlakatda faqat ikkinchi bandning “a” va “z” kichik bandlarida taʼkidlab oʻtilgan mahsulotlardan ishlab chiqarilgan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar tovarni ishlab chiqish jarayonida ikki yoki undan ortiq mamlakatlar ishtirok etsa, tovarning kelib chiqishi “yetarli darajada qayta ishlangan” mezoniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Etarli darajada qayta ishlangan mezoni quyidagi holatlarda belgilanadi, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarni qayta ishlash natijasida yetarli darajada oʻzgarish sodir boʻlib, tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasining pozitsiyasi (tovarni tasniflash kodi) istalgan birinchi toʻrtta raqam doirasida oʻzgargan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarni bojxona organlarida rasmiylashtirish vaqtida “advalor ulushi”ga yetkazilgan daraja va oʻzlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik operatsiyalar roʻyxati boʻyicha uni soʻnggi ishlab chiqargan mamlakatda yetarli qayta ishlashga kiritilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi holatlar yetarli darajada qayta ishlangan mezoniga toʻgʻri kelmaydigan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) saqlash va tashish vaqtida tovarlarning saqlanganligini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlarni sotish va tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar (tovarlarni qismlarga ajratish va joʻnatishga tayyorlash, saralash, qayta qadoqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oddiy yigʻish operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tovarlarni dastlabki asosiy elementlaridan farqlanuvchi xarakteristikaga olib kelmaydigan darajada aralashtirib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuqorida koʻrsatilgan operatsiyalarning ikki yoki undan ortigʻi ishtirokidagi kombinatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hayvonlarni soʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar “yetarli darajada qayta ishlangan” mezoni advalor ulush orqali ifodalansa, narx koʻrsatkichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) import materiallari uchun — bojxona qiymati, yaʼni olib kelinganda CIF asosida aniqlanadigan qiymat boʻyicha yoki ularning kelib chiqishi nomaʼlum boʻlsa — ishlab chiqarish amalga oshirilayotgan mamlakat hududida birinchi sotuvning amalga oshirilishidagi qiymat boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tayyor tovarlar uchun — franko-zavod narxi yoki sotuvchining eksport narxi boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir necha partiyalar bilan yetkazilayotgan qismlarga boʻlingan yoki yigʻilmagan koʻrinishdagi predmetlar, qachonki ishlab chiqarish va tashish shartlari boʻyicha ularni bir partiya bilan yuklash imkoniyati boʻlmasa, import qiluvchining xohishiga koʻra, tovarlarning kelib chiqishini aniqlash nuqtai nazaridan yagona predmet sifatida koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlarning kelib chiqishini aniqlash maqsadlari uchun ularni ishlab chiqishda qoʻllaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, uskunalar va asboblarning kelib chiqishi inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar nafaqat mazkur qoidalar bilan oʻrnatilgan kelib chiqish mezonlari va boshqa shartlariga muvofiq, balki u eksport qiluvi mamlakatda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan korxona, firmadan bevosita sotib olinganda va ushbu mamlakatdan toʻgʻridan toʻgʻri yuklash orqali import qiluvchi mamlakatga import qilingan holdagina eksport qiluvchi mamlakatdan kelib chiqqan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, geografik, transport, texnik yoki iqtisodiy sabablar natijasida bir yoki bir necha mamlakat hududi orqali tashilayotgan tovarlar doimo tranzit mamlakatining bojxona nazorati ostida boʻlishi sharti bilan, ushbu mamlakatlar hududlariga vaqtinchalik olib kirish va omborxonada saqlash chogʻida ham toʻgʻridan toʻgʻri yuklash talablariga javob bergan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni toʻgʻridan toʻgʻriyuklash talablariga, shuningdek, koʻrgazma yoki yarmarka vaqtida bojxona nazorati ostida boʻlgan, hamda koʻrgazma va yarmarka maqsadlaridagina joʻnatilgan, shu jumladan, import qiluvchi tomonidan koʻrgazma yoki yarmarkalarda sotib olingan tovarlar ham javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tovarning Ahdlashuvchi Tomonlar davlatidan kelib chiqqanligini tasdiqlash uchun olib kirilayotgan mamlakat bojxona organlariga tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi deklaratsiya-sertifikat (bundan keyin — sertifikat) taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovarlarni Ahdlashuvi Tomonlar davlatlaridan eksport qilish chogʻida kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat tovar kelib chiqayotgan mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq vakolatlangan organlar tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari sertifikatlarni tasdiqlashga vakolatlangan organlarning muhrlari va shaxslarning imzolari namunalari bilan almashadilar. Koʻrsatilgan namunalar taqdim etilmasa, sertifikatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi va tovarlarga savdo rejimi toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan preferensiyalar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sertifikat qaysi tovarga berilgan boʻlsa, oʻsha tovar haqida quyidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksport qiluvchining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) import qiluvchining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashish vositasi va marshrut yoʻnalishi (imkon qadar yetarli maʼlumotlar darajasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) joylar miqdori va qadoqlash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tovar taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) brutto va netto hisobida ogʻirlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatga koʻra tovarning maʼlum bir mamlakatdan kelib chiqayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilishi kerak, yaʼni u oʻz ichiga quyidagi maʼlumotlarni olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarning tegishli kelib chiqish talablariga javob berishi toʻgʻrisida eksport qiluvchining deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sertifikat bergan vakolatli organning eksport qiluvchi tomonidan sertifikatda taqdim qilingan maʼlumotlarning haqiqiyligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat muhrlangan koʻrinishda, oʻzgartirishlarsiz, rus tilida bojxona organlariga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat yuk bojxona deklaratsiyasi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa zarur hujjatlar bilan birga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kelib chiqish sertifikati yoʻqotilgan taqdirda, uning rasmiy tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uncha katta boʻlmagan tovar partiyalarini (5000 AQSh dollarigacha miqdorda) tasdiqlash uchun eksport qiluvchi tovar kelib chiqish mamlakatini schyot-fakturada yoki tovarga ilova qilingan boshqa hujjatlarda koʻrsatib oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar kelib chiqish sertifikatining yoki unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiy ekanligi toʻgʻrisida shubha kelib chiqsa, bojxona organlari sertifikatni tasdiqlagan vakolatli organlarga, yoki mamlakatning boshqa vakolatli organlariga qoʻshimcha yoki aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni taqdim qilishni soʻrab murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kelib chiqish toʻgʻrisidagi tasdiqnoma yoki soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmaguncha, tovar ushbu mamlakatdan kelib chiqqan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Umumiy tartibga koʻra, zaruriy tarzda rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat yoki kelib chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning taqdim qilinmasligi yukni oʻtkazmaslikka asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan mamlakatga nisbatan qoʻllanadigan xalqaro bitimlarga va/yoki uning milliy qonunchiligiga muvofiq, tovarlarining olib kirilishi taqiqlangan mamlakat tovarlari olib kirilayotganligi toʻgʻrisida kerakli asos boʻlgan taqdirdagina, bojxona tomonidan yukni olib kirishga ruxsat berilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshiga muvofiq, kelib chiqishi aniqlanmagan tovarlar, olib kirilayotgan mamlakatga ushbu mamlakat bojxona tarifining eng yuqori stavkalari boʻyicha bojxona boji toʻlash sharti bilan olib kiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 20-bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar yetkazib berish (ishlab chiqarish)dan soʻng bir yildan oshmagan muddat ichida ularning kelib chiqishi toʻgʻrisida kerakli tasdiqnoma olinishi sharti bilan eng qulay rejim yoki preferensial rejim qoʻllanilishi (yoki qayta tiklanishi) mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 1-son)