Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 09.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1757
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 19.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TOMONIDAN QURILISh INShOOTLARI UChUN QURILISh, REKONSTRUKSIYA, TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISh, LOYIHA TAYYORLASh, MATERIALLAR, KONSTRUKSIYALAR VA JIHOZLARNI XARID QILISh BOʻYIChA HUJJATLARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-yanvarda 1757-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyun 110-sonli “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqida”gi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2002-yil 16-sentabr 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom (2002-yil 2-oktabr, roʻyxat raqami 1177— Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 19-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kirgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasining
2007-yil 27-noyabrdagi 9-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisida nizom”ga (keyingi oʻrinlarda matnda Nizom deb yuritiladi) asosan, tanlov hujjatlarining texnik qismiga talablarni, hamda markazlashtirilgan manbalar (davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarma va Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan alohida tarmoqlar va tashkilotlarning maxsus jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yoki uning nomidan jalb etiladigan chet el kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari) davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar va xizmatlar tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishning tartibi, umumiy qoidalari va muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurilishga, texnik qayta qurollantirish, rekonstruksiya, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash boʻyicha pudrat savdolarini oʻtkazish uchun tayyorlangan hujjatlarning tarkibida majburiy tartibda tanlov hujjatlarining texnik qismini ishlab chiqish uchun asos boʻlgan loyiha hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov savdosi hujjatlarini ekspertiza koʻrigidan oʻtkazishda mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga amal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish majburiy bosqich boʻlib, unda taqdim etilgan barcha zarur hujjatlarning mavjudligi, taqdim etilgan hujjatlarning toʻlaqonliligi, baholash mezonlari va gʻolibni aniqlash jihatlari reglamentga va tanlov savdolarini oʻtkazish tartibotlariga rioya etilganligi tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlov va boshqa tanlov savdosining hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish, tanlov savdolari oʻtkazish usuli va uslublari qoʻllanishining maqsadga muvofiqligi va asoslanganligini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi (keyingi oʻrinlarda — Davarxitektqurilish deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishdan maqsad, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi va ishlab chiquvchilari tomonidan tanlov hujjatlarini ishlab chiqishda, uni Nizom shartlariga, tanlov savdolari ishlab chiqish, tashkil etish va oʻtkazish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davarxitektqurilish” tanlov hujjatlarini ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda komissiya hayʼati tarkibini (ekspert organini) tasdiqlaydi. Bundan tashqari, nodir va murakkab inshootlar uchun tayyorlangan tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun shartnoma asosida tegishli sohalardan maslahatchilar va mutaxassislar jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov hujjatlari shunday tarzda ifodalanishi kerakki, uni barcha oferent-talabgorlar bir xilda oʻqish va bir xilda tushunish imkoniga ega boʻlishi lozim. Ishlarning tafsilotlarini yozishda umum qabul qilingan atama va nomlardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov savdolarini ochishda, ekspertiza xulosasi tanlov komissiyasining eʼtiboriga yetkaziladi. Ekspertiza xulosasida eʼtirozlar mavjud boʻlganda, ularni bartaraf etilganligi haqida materiallar (hujjatlar) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspertiza tomonidan ijobiy xulosa berilganidan soʻng, ochiq tanlov savdolari oʻtkazilayotganda, ommaviy axborot vositalarida eʼlon chop etiladi, yopiq tanlov savdolari oʻtkazilayotganda potensial ishtirokchilarga taklifnomalar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov savdolari jarayonida ishtirok etishga taklifnomalarni joʻnatish boʻyicha eʼlonlarni chop ettirish, pudratchilarni muddatida tayyorgarlik koʻrishlari va oʻz talabnomalarini taqdim etishlari uchun yetarli boʻlgan muddatda, lekin eʼlon chop etilgan kundan eʼtiboran kamida 30 kalendar kun va taklifnoma joʻnatilgan kundan eʼtiboran 35 kundan kam boʻlmagan muddatlarda buyurtmachi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekspertizaga taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachi ekspertizadan oʻtkazish uchun tanlov savdosi hujjatlarining toʻliq toʻplamini hamda ruxsat beruvchi hujjatlarni va matbuotda nashr etish uchun tayyorlangan eʼlonning toʻla matnini tasdiqlangan holda kuzatuv xati bilan taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov hujjatlari qoida tariqasida umumiy, texnik va tijorat qismlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov hujjatlarining umumiy va tijorat qismlari Nizomning 51, 53-bandlari talablariga muvofiq tayyorlanadi. Texnik qismi mazkur Nizomning talablariga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnik qism — bu talabgorlar oʻz tanlov takliflarini qiymatini hisob-kitob qilishi uchun zarur va yetarli boʻlgan xarid qilinayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori va xarakteristikasini, ishlarning bajarilish (tovar yetkazib berish, xizmatlar) muddati, shuningdek tanlov savdolari bir bosqichda amalga oshirilganda tanlov savdolari buyurtmachisi va gʻolib tomon oʻrtasida tuziladigan shartnomadan soʻnggi hisob-kitoblarini oʻzida mujassamlashtirgan maʼlumotlardan iborat hujjatlar yigʻma jildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli tanlov savdolarini oʻtkazishda texnik qismi birinchi bosqichda talabgorlar tanlov takliflarini tayyorlashlari uchun zarur va yetarli boʻlgan tanlov savdolari predmetini taxminiy xarakteristikasini ifodalovchi hujjatlardan tarkib topadi. Birinchi bosqich yakunlari boʻyicha texnik qismning tarkibi toʻgʻrilanadi va bu mazkur bandning 1-xatboshisi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik qism quyidagi tarkibda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarni qurish, texnik qayta qurollantirish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun oʻtkaziladigan pudrat savdolari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish loyihalar mavjud boʻlganda, “kalit bilan” topshirish sharti hisobga olingan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan lokal resurs vedomostlari (51-shakl tavsiya qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 5-shakl “Davarxitektstroy” qoʻmitasining 2003-yil 12-dekabrdagi 74-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qurilish va montaj ishlariga hisob-kitob resurslarini tuzish boʻyicha uslubiy qoʻllanma”da keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar lokal resurs vedomostlarida qoʻllaniladigan material, jihoz va konstruksiyalarning turlari va rusumlari koʻrsatilmagan boʻlsa, material, jihoz va konstruksiyalarning buyurtma spetsifikatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (dastlabki texnik iqtisodiy hisoblash) yoki texnik-iqtisodiy asoslash (texnik iqtisodiy hisoblash) mavjud boʻlgan xollarda, keyingi oʻrinlarda DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX)2:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov takliflarini tayyorlash uchun kerakli boʻlgan DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) materiallari, narx koʻrsatkichlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) asosida ishlab chiqilgan tanlov savdolari predmetini izohlab beruvchi buyurtmachining tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini loyiha hujjatlarini toʻliq ravishda tanlov gʻolibiga oʻz vaqtida taqdim etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda tasdiqlangan kafolat xatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 Izoh: XMII (xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari) va XXMT (xorijiy hukumat moliya tashkilotlari)ning zayom mablagʻlari jalb etilgan loyihalarni amalga oshirishda TIA (TIX)lar asosida ishlab chiqilgan tanlov hujjatlari tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) asosida “kalit bilan” topshirish sharti bilan boʻlgan xollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DTIA (DTIX) yoki TIA TIX materiallari (narx koʻrsatkichlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning keyingi bosqichlardagi loyihalashtirish topshiriqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (keyingi oʻrinlarda — birinchi ART deb yuritiladi) va ikkinchi sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (keyingi oʻrinlarda — ikkinchi ART deb yuritiladi) yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografik materiallar va qurilish maydoni oʻrganilgan geologik-muhandislik qidiruv materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan mavjud bino va inshootlarni tekshiruv materiallari (zaruratga qarab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining muhri va imzosi bilan rasmiylashtirilgan ish hajmlarining vedomostlari (DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) va loyihalash uchun topshiriqlarda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha ish va xizmatlar topshirilganda paydo boʻlgan xollarda talabgorga loyihaoldi va asosiy ish, xizmatlar bilan birgalikda bajarish uchun beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirishdagi pudrat savdolari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) DTIA (DTIX)larni ishlab chiqish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan obyektni oldindan joylashuv manzilini kelishilganligi toʻgʻrisidagi qarori (yer uchastkasini tanlash hujjatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan DTIA (DTIX)larni ishlab chiqish topshiriqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga (DTIA (DTIX)lardan tashqari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan loyihalashtirishning avvalgi bosqichda ishlab chiqilgan materiallari (DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi MRT va ikkinchi MRT yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar (zaruratga qarab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalashtirish topshirigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mazkur ish turini bajarishga ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan bajarilgan mavjud bino va inshootni tekshiruv materiallari yoki defekt hujjatlari (zaruratga qarab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chizma qismi quyidagi tarkibda: topografik materiallar, geologik-muhandislik qidiruv materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining muhri va imzosi bilan rasmiylashtirilgan ish hajmlari vedomostlari (talabgorga loyihalash uchun topshiriqlarda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha va loyihaoldi ish yoki xizmatlar topshirilganda taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnik maqsadlardagi mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha savdolarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining xarid qilinadigan uskunalar yoki moddiy-texnik maqsadlardagi mahsulotlarga, bundan tashqari, mazkur ishlar jarayonida kerakli boshqa ish va xizmatlarga talabi va boshqa talab hamda tavsiflar yuzasidan umumiy qismlardan iborat tanlov predmetiga qoʻyilgan talablarga tushuntirish xati yoki (DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX)lardan koʻchirmalar (zaruratga qarab);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xarid qilinadigan uskunalar yoki moddiy-texnik maqsaddagi mahsulotlar roʻyxati, yoki buyurtmachining muhri va imzosi bilan rasmiylashtirilgan buyurtma spetsifikatsiyalari hamda birgalikda ish va xizmatlarning roʻyxati yoki birgalikda ish va xizmatlarning lokal resurs vedomostlari (agar tanlov savdolari shartlari boʻyicha birgalikda ish va xizmatlar koʻzda tutilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chizma materiallar: texnologik jihozlarning joylashtirish rejalari, nostandart jihozlar va boshqa chizmalar (zaruratga qarab).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsat beruvchi hujjatlar quyidagi tarkibda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarini ishlab chiqish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasi (tegishli Hukumat qarorlari bilan tanlov hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyati belgilanmagan ishlab chiquvchilarga qoʻllaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi yoki bank maʼlumotnomasi yoki qurilishning manzil roʻyxati yoxud davlat boshqaruv organining qarori, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ajratiladigan mablagʻlarning narxlarni koʻrsatgan holda yoʻnaltiriladigan moliyalashtirish manbaini aniqlovchi investor (sarmoyador)ning qarz bitimlari yoki boshqa hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasining loyiha hujjatlari va boshlangʻich narxi (pudrat tanlov savdolari oʻtkazishda ish loyihasi ishlab chiqilgandan soʻng) yoki boshlangʻich narx boʻyicha berilgan ijobiy xulosasi (kapital taʼmirlash uchun kichik loyihalarni amalga oshirilayotganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX)larni tasdiqlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar (pudrat tanlov savdolarini oʻtkazishda DTIA (DTIX) yoki TIA (TIX) ishlab chiqilgandan soʻng);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat savdolarini oʻtkazish uslubini aniqlovchi va tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlovchi buyurtmachining rasmiy boshqaruv hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarini oʻtkazish muddatini belgilagan, tanlov savdolarida ishtirok etish uchun buyurtmalarni taʼminlash shakllarini koʻrib chiqib tasdiqlagan, kelib tushgan tanlov takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlarini koʻrib chiqib tasdiqlagan va tanlov komissiyasini ish reglamentini koʻrib chiqib tasdiqlagan tanlov komissiyasining tanlovoldi yigʻilishi bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan tanlov komissiyasining ish reglamenti (tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining import tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilishda uskuna, qurilish meterialllari, konstruksiyalar, ishlar va xizmatlarning narxlar konyunkturasi boʻyicha xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsat beruvchi hujjatlar va matbuotda nashr etiladigan eʼlon matni tanlov hujjatlari tarkibida talabgorlarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlov hujjatlarining texnik va ruxsat beruvchi qismi tarkibiga kiruvchi hujjatlar roʻyxati tanlov savdolarining predmeti va shaklidan kelib chiqib oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Zarurat tugʻilganda ekspert organi oʻz vakolatiga doir masalalar boʻyicha buyurtmachidan koʻrib chiqiladigan tanlov hujjatlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot yoki hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekspertizada tekshiriladigan va tahlil qilinadigan asosiy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda quyidagi asosiy masalalar tekshiriladi va tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlari, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarning toʻla hajmda mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil nom, yagona atama va ularning ifoda etilishidan foydalanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablarga amal qilinganligi (litsenziya, yetarli ish tajribasining borligi, moliyaviy holati, texnika bilan jihozlanishi, savdoning aniq inshootlariga qarab boshqa malaka talablari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni texnik va moliyaviy baholashda mezonlarni qoʻllashning xolisonaligi va ularning ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarini ishlab chiqishda Nizomning, mazkur Nizomning hamda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tashkil etish va qurilishda tanlov savdolarini oʻtkazish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligi tekshiriladi va tahlil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tanlov hujjatlari boʻyicha ekspertiza xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlov hujjatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tanlov savdosi hujjatlarini tasdiqlash uchun yoki uning kamchiliklarini bartaraf etish uchun kamchiliklari koʻrsatilgan holda qayta ishlashga tavsiya etuvchi ekspertiza xulosasi tuziladi. Ekspertiza xulosasining tavsiya etilayotgan shakli 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xulosa ekspert organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi va buyurtmachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekspertizaning ijobiy xulosasi matbuotda tanlov savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonni chop ettirishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi matbuotda chop etiladigan eʼlon matnining tavsiya etilgan shakli 2-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ekspertiza oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tanlov savdosi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn kundan ortib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qayta ekspertiza koʻrigidan oʻtkazish muddati ekspertiza xulosasida koʻrsatilgan xatolar va kamchiliklar bartaraf etilgandan va buyurtmachi (tashkilotchi)ning qaytadan murojaat etganidan keyin besh kundan oshmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tanlov savdosi hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlov savdosi hujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish buyurtmachi (investor) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Tanlov hujjatlariga kiritiladigan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlov hujjatlariga kiritiladigan barcha oʻzgartishlar va qoʻshimchalar tanlov savdolari boshlanishidan avval “Davarxitektqurilish” bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Davarxitektqurilish” tanlov hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Nizomning va boshqa Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlganda kelishishni rad etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Davarxitektqurilish” bilan kelishilganlik natijalari haqida tanlov savdolari tashkilotchisini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tanlov hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ruxsat beruvchi hujjatlardan tashqari, Davarxitektqurilish bilan kelishilgandan keyin, barcha tanlov ishtirokchilariga belgilangan tartibda yuboriladi. Zarur boʻlganda tanlov takliflarini topshirish muddati uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Tanlov hujjatlariga berilgan ekspertiza xulosasining amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ekspertiza xulosasining amal qilish muddati tanlov hujjatlari tarkibiga kiruvchi texnik qism va ruxsat beruvchi hujjatlarning muddatlari hamda tanlov savdolari ishtirokchilari uchun Yoʻriqnomalarning (ilovalar va qoʻyilmalar mazmunini oʻzgartirishga) amal qilish muddati bilan chegaralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ekspertiza xulosasining amal qilish muddati, tanlov hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar natijasida texnik qismining tarkibi oʻzgarmasa va Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Nizomning bandlariga zid boʻlmasa, “Davarxitektqurilish” tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎ekspert komissiyasi hayʼatining raisi
‎_____________________________ ‎

‎‎(imzo, F.I.O., muhr)

‎‎
‎TANLOV HUJJATLARI BOʻYIChA EKSPERT XULOSASI
‎____-son

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(obyektning nomi)

‎‎obyektining pudrat (“kaliti bilan” sharti bilan) (jihozlar (materiallar) yetkazib berish yoki ish loyihasi (IL), DTIA, TIA, DTIX, TIX)ni ishlab chiqish) shartnomasini tuzish uchun
‎Hujjatlar ekspertiza komissiyasining yigʻilishida koʻrib chiqilgan, 20__ yil “___”________ ____- son bayonnomasi
‎Buyurtmachi: ________________________________________________________

‎‎Tanlov komissiyasi (yoki doimiy faoliyat yurituvchi tanlov

‎‎__________________________________________________________________

komissiyasi) tashkil etilgan.

__________________________________________________________________

(tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlovchi buyurtmachining rasmiy boshqaruv

‎‎__________________________________________________________________

‎‎hujjatining nomi, ‎‎tasdiqlangan sanasi va raqami)

‎‎Savdo tashkilotchisi ________________________________________________

‎‎(tanlov hujjatini ishlab chiquvchining nomi)

‎‎Buyurtmachi ________________________________________________________

‎‎‎‎(ochiq, yopiq, tanlovoldi yoki ikki bosqichli tanlov savdosining aniq shakli koʻrsatilsin)

boʻyicha tanlov savdosini oʻtkazmoqda

‎Obyektning boshlangʻich narxini buyurtmachi yopiq konvertlarda tanlov komissiyasiga taqdim etadi va talabgorlarning narxlari eʼlon qilingandan keyin oʻqib eshittiriladi (buyurtmachi tanlov savdolarini obyektning boshlangʻich narxlarini eʼlon qilish yoki tanlov takliflari solishtirish yoʻli bilan oʻtkaziladi)
‎Moliyalashtirishni amalga oshirish ____________________________________

‎‎‎‎(moliyalashtirish manbaining nomi koʻrsatilsin)

‎‎hisobidan koʻzda tutilmoqda.

‎‎Biri�chi (qayta) koʻrib chiqilishi.
‎Tanlov savdosi hujjatlari quyidagi ‎‎hujjatlar asosida tayyorlangan



‎_________________________________‎‎

‎‎(pudrat ishlariga tanlov savdolari oʻtkazilayotganda loyihalashtirishning bosqichi va loyihaga berilgan ekspertiza xulosasining tasdiqlangan sanasi va raqami, material (jihozlar)ni yetkazib berish boʻyicha tanlov savdolarida “yetkazib berilayotgan mahsulot roʻyxati”, loyihalashtirish uchun oʻtkazilayotgan tanlov savdolarida — “loyihalashtirish uchun topshiriqnoma, ish hajmlari vedomostlari” koʻrsatiladi)

‎‎
‎Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar:

‎‎1. Matbuotda chop etiladigan eʼlon shakli (ochiq tanlov savdolarini oʻtkazishda).
‎2. Ruxsat beruvchi hujjatlar.
‎3. Savdoda ishtirok etishga taklifnoma.
‎4. Kontraktning umumiy shartlari (pudrat ishlariga oʻtkazilayotgan tanlov savdolariga).‎
5. Savdo ishtirokchilariga yoʻriqnomalar.
‎6. Talabgorning savdoda qatnashishga buyurtmasi shakli.
‎7. Kontrakt loyihasi.
‎8. Texnik hujjatlar.

‎‎
‎‎Ekspertiza komissiyasining eʼtiroz va takliflari
‎(ekspertiza natijalari)

‎‎Ekspert komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarining quyidagi boʻlimlari koʻrib chiqildi: matbuotda chop etiladigan eʼlon matni, (ochiq turdagi tanlov savdolari oʻtkazilayotganda) ruxsat beruvchi hujjatlar, savdoda ishtirok etishga taklifnoma, shartnomaning umumiy shartlari (pudrat ishlariga oʻtkazilayotgan tanlov savdolariga), savdo ishtirokchilariga yoʻriqnomalar, talabgorning savdoda qatnashishga buyurtmasi shakli, shartnoma loyihasi, texnik hujjatlari;

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(tanlov hujjatlarining boʻlimlarida yoʻl qoʻyilgan xatoliklarining roʻyxati koʻrsatiladi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(obyektning nomi)

‎‎obyektining pudrat (“kaliti bilan” sharti bilan) (jihozlar (materiallar) yetkazib berish yoki ish loyiha (IL), DTIA, TIA, DTIX, TIXni ishlab chiqish) shartnomasini tuzish uchun tasdiqlash tavsiya etiladi (yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni inobatga olib) yoki qayta ishlash uchun qaytariladi.

‎‎
Qurilishda tanlov savdolari Boshqarmasining boshligʻi: ‎



‎______________‎



‎______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

Ekspert komissiyasining kotibi‎

______________‎

______________‎

(imzo) ‎

(F.I.Sh.) ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“KELIShILGAN”:
‎Qurilishda tanlov savdolari boshqarmasining boshligʻi
‎______________________‎

‎‎
‎‎Korxona va tashkilotlar diqqatiga! ____________________________________________________ ‎

‎‎(buyurtmachi yoki tanlov savdolari tashkilotchisining nomi)

‎‎
‎TANLOV SAVDOSI OʻTKAZILIShINI EʼLON QILADI

‎‎Ishlarning tugallanish muddati: _______________________________________
‎Buyurtmachi: _________________________________________________________
‎Joylashgan manzili: _________________________________________________
‎Loyihani moliyalashtirish __________________ hisobidan amalga oshiriladi.
‎Talabgor sifatida ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: ular tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablagʻlarning mavjudligi yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni berishga bank kafolatnomasi, ishlab chiqarish bazalari, ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan mehnat va mutaxassislar zaxiralarining mavjudligi, tanlovga qoʻyilgan obyektga oʻxshash inshootlarda ishlaganlik tajribasi va koʻnikmalariga, shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik muomala va huquqiy layoqatga ega boʻlishlari lozim.
‎Savdoda qatnashish va tanlov savdosi hujjatlariga ega boʻlish uchun soʻrovnoma bilan savdo tashkilotchisi _________________________ga, quyidagi manzilga ____________________________ tel: _____________ murojaat qilishlari mumkin.
‎Hujjatlarning bir toʻplami (komplekt) qiymati: ____________________ soʻ�

‎‎
‎Takliflar (ofertalar) savdo tashkilotchisiga taqdim etishning oxirgi muddati ofertalar ochilishi kuni va soati.

‎‎Takliflar (ofertalar) ochilishi, ularni matbuotda chop etilgan kundan boshlab kamida 30 kundan keyin, quyidagi manzilda ____________________________ soat _______da ____________________________________ binosida oʻtkaziladi.
‎Eʼlon ___________________________________ gazetasida chop etiladi.


‎Buyurtmachining rahbari yoki savdo tashkilotchisi: ‎



‎(sana, imzo) ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 7-modda; 2017-y., 28-son, 671-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)