07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola (bolalar) — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs (shaxslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik — ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularga taʼminot, tarbiya hamda taʼlim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, homiylik esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga nisbatan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bola;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari boʻlgan bola;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron bolalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalardagi bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron bola — jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari boʻlganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb topilgan bola;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi boʻlmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — har qanday sababga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola, bundan yetim bola mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bagʻrikenglik va tinchliksevarlik tuygʻularini tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani Oʻzbekiston xalqining tarixiy va milliy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini taʼminlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ijtimoiy koʻnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻz vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga koʻmaklashish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini taʼminlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bola huquqlari boʻyicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Bola huquqlarini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda va himoya qilishda koʻmaklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va xalqaro tashkilotlardan uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli boʻladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikohda va nikohsiz tugʻilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sogʻlom bolaning tugʻilishi va rivojlanishini taʼminlash uchun sharoit yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola tugʻilgan paytdan eʼtiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega boʻlish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolaning shaxsi, turar joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydi hamda bolani ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, jinoiy faoliyatga, fohishalik bilan shugʻullanishga jalb etilishdan himoya qilishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetguncha qonunga muvofiq toʻla muomalaga layoqatli deb eʼtirof etilgan (emansipatsiya) bola oʻz huquqlarini, shu jumladan himoyaga boʻlgan huquqini mustaqil amalga oshirishga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola ota-ona va ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiisteʼmolliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganda bola oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab vasiylik va homiylik organiga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor boʻlgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga maʼlum qilishlari shart. Shunday maʼlumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Bolaning oilaviy muhitga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid boʻlgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning ota-onasi boʻlmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan koʻrishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida boʻlish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola oʻz ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrishish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Bolaning gʻayriqonuniy koʻchirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola gʻayriqonuniy koʻchirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha ota va ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaning yoʻqolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamrohligida boʻlmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi boʻyicha choralar koʻradi. Ota-onasi bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qatʼi nazar, bolalarni gʻayriqonuniy koʻchirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilada har bir bola oʻz fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama davrida oʻz manfaatlariga taalluqli masalalar yuzasidan soʻzlashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola oʻzining sogʻligʻi, axloqiy va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pornografiya, shafqatsizlik va zoʻravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Bolaning fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Bolaning xususiy mulkka boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning shaxsiy foydalanishida boʻlgan, bola tomonidan hadya, meros tariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki boshqa qonuniy usulda olingan buyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Bolaning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola turar joyli boʻlish huquqiga ega. Mazkur huquq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila aʼzolari boʻlgan bolalar ular qayerda boʻlishlaridan qatʼi nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida boʻlgan turar joyni oʻzga shaxsga oʻtkazish uchun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-239-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-239-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan ishlovchi shaxslarga ishni taʼlim bilan qoʻshib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni koʻrish orqali bolaning mehnat qilish huquqi taʼminlanishini kafolatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Bolaning dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sogʻlomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va boʻsh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq davlat organlari tomonidan taʼsis etiladi va qoʻllab-quvvatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola sogʻligʻini saqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash uchun onaga uning sogʻligʻini saqlash sharoitlarini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolalarga qonun hujjatlariga muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab darajasidagi sifatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning fiziologik xususiyatlari va sogʻligʻi holatiga javob beradigan taʼlim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga yaroqlilikni aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena taʼlimi berish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holati toʻgʻrisida bola uchun qulay boʻlgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan katta yoshdagi bola maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola bilan uning hayotiga, sogʻligʻi va normal rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga taʼsir koʻrsatadigan boshqa moddalarni isteʼmol qilishdan himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bola bilim olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim, shuningdek oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi olishini kafolatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bolaning oilada boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat nogiron bolalarni hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam koʻrsatadi hamda ularni qoʻllab-quvvatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir boʻlgan qarindoshlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilada tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ularga zarur gʻamxoʻrlikni hamda qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylikni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani farzandlikka olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uygʻunlashish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash uchun ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori boʻladi hamda zarur resurslar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim, tibbiyot va madaniy-maʼrifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, toʻliq davlat taʼminotida turgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi bolalar oʻzlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega boʻlish yoki qonun hujjatlariga muvofiq turar joy olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga boʻlgan huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega boʻlgan har bir bolaga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy yordam koʻrsatish miqdori, shartlari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish hamda ularni taʼminlash qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qatʼi nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan homiylik dasturlarini qonun hujjatlariga muvofiq ragʻbatlantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga boʻlgan huquqi kafolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega boʻlib, bu profilaktika, davolash-tashxis qoʻyish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda taʼminlanishni va boshqa yordam turlarini oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolalar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va oʻz uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, homiylik va boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning mablagʻlari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning taʼlim olish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan taʼlim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablagʻlar ajratadi hamda boshqa choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalanish hamda oʻz jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos boʻlgan taʼlim olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi boʻlgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va nogiron bolalarning ota-onalari oʻz xohish-istagiga koʻra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda taʼlim (umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-139-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda, 2009-y., 52-son, 554-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 07.12.2019-y., 03/19/587/4122-son; 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.02.2025-y., 03/25/1035/0166-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)