07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-son
Hujjat 18.05.2022 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maʼqullangan

1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik

Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

bola (bolalar) — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs (shaxslar);

bolaning eng ustun manfaatlari — bolaning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida, xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, uning oila gʻamxoʻrligida oʻsib-ulgʻayishga, farovon yashashga, xavfsizlikka, sogʻligʻini saqlashga, bilim olishga, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishga, shaxsiy daxlsizlikka, shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligiga boʻlgan huquqlaridan, shuningdek ijtimoiy, axloqiy manfaatlaridan hamda oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bola ishtirokida va uning fikri inobatga olingan holda belgilanadigan hamda himoya qilinadigan manfaatlari;
bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar;

vasiylik va homiylik — ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularga taʼminot, tarbiya hamda taʼlim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, homiylik esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga nisbatan belgilanadi;

yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bola;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari boʻlgan bola;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:

nogironligi boʻlgan bolalar;
nogironligi boʻlgan bolalar;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar;

yetim bolalar;
yetim bolalar;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;

ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;

muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalar;

kam taʼminlangan oilalardagi bolalar;
kam taʼminlangan oilalardagi bolalar;
jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar;

zoʻravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar;

nogironligi boʻlgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatilishiga hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj boʻlgan bolalar (bola);

ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi boʻlmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);

ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — har qanday sababga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola, bundan yetim bola mustasno.
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqati cheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramogʻi mavjud boʻlmagan boshqa holatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola.
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosati

Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;

bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish;

bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;

bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash;

bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bagʻrikenglik va tinchliksevarlik tuygʻularini tarbiyalash;

bolani Oʻzbekiston xalqining tarixiy va milliy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;

bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;

bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

bola huquqlarini taʼminlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik qilish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

bolalarning ijtimoiy koʻnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʻmaklashish.

5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha vakolatlari

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻz vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;

bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;

bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;

bola huquqlarini taʼminlash boʻyicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;

davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga koʻmaklashish chora-tadbirlarini koʻrish;

bola huquqlarini taʼminlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;

axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal etish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari boʻyicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.

6-modda. Bola huquqlarini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda va himoya qilishda koʻmaklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam koʻrsatadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va xalqaro tashkilotlardan uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi mumkin.

2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari

7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli boʻladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Nikohda va nikohsiz tugʻilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.

Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.

Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari

Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir.

Davlat sogʻlom bolaning tugʻilishi va rivojlanishini taʼminlash uchun sharoit yaratadi.

9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqi kafolatlari

Har bir bola tugʻilgan paytdan eʼtiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega boʻlish huquqiga, shuningdek ularni saqlab qolish huquqiga ega.

10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari

Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.

Har bir bola oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega.

Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.

Davlat:
Davlat:
bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

ekspluatatsiya va zoʻravonlikka duchor boʻlgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻradi.

Qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, qasddan odam oʻldirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxsni jinsiy aloqada boʻlish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirganlik yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilganlik, fohishaxonalar tashkil etganlik yoki saqlaganlik, terrorizm uchun ilgari hukm qilingan shaxslarning taʼlim, tarbiya, bolalar sogʻlomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning reyestrini shakllantirish va yuritish, shuningdek undan axborot olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari

Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Voyaga yetguncha qonunga muvofiq toʻla muomalaga layoqatli deb eʼtirof etilgan (emansipatsiya) bola oʻz huquqlarini, shu jumladan himoyaga boʻlgan huquqini mustaqil amalga oshirishga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir.

Bola ota-ona va ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiisteʼmolliklardan himoyalanish huquqiga ega.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganda bola oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmaganligi sababli koʻrib chiqmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bolaning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor boʻlgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga maʼlum qilishlari shart. Shunday maʼlumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur choralar koʻrishi shart.

111-modda. Jinoyat protsessining ishtirokchisi boʻlgan bola huquqlarini himoya qilish kafolatlari

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining taʼminlanishi boʻyicha choralar koʻradi.

Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy taʼsir oʻtkazish, uni koʻrsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.

Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari boʻlgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.

12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

Davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashni kafolatlaydi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi.

13-modda. Bolaning oilaviy muhitga boʻlgan huquqi kafolatlari

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid boʻlgan hollar bundan mustasno.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning gʻamxoʻrligidan foydalanish huquqiga ega, uning eng ustun manfaatlariga zid boʻlgan hollar bundan mustasno.
Bolaning ota-onasi boʻlmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlanadi.

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga taʼsir qilmaydi.

Ota va ona turli davlatlarda yashagan taqdirda ham bola ular bilan koʻrishish huquqiga ega.

Ekstremal vaziyatlarga (ushlab turish, hibsga olish, qamoqqa olish, davolash muassasasida boʻlish va boshqa hollarda) tushib qolgan bola oʻz ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrishish huquqiga ega.

14-modda. Bolaning gʻayriqonuniy koʻchirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari

Har bir bola gʻayriqonuniy koʻchirilishdan va chet eldan qaytarilmaslikdan himoyalanish huquqiga ega.

Bolaning chet elga safarlari faqat ota va onaning yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha ota va ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasidagi har qanday kelishmovchilik sud tomonidan hal qilinadi.

Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaning yoʻqolganligi haqida tegishli organlarga darhol xabar berishlari shart.

Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar hamrohligida boʻlmagan bolalar ularning yoniga kafolatli qaytarilish huquqiga ega.

Bolani ota yoki ona yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, yaʼni ota-onaning, ular oʻrnini bosuvchi shaxsning bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani oʻz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega boʻlgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari chet elda qonuniy vakillari hamrohligisiz turgan bolalarning — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi va ularning qaytarilishi boʻyicha choralar koʻradi. Ota-onasi bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki ular vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi ana shu bolalarni oilaga, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan muassasalarga joylashtirish choralarini koʻradi.

Qonuniy vakillari hamrohligisiz chet elda turgan bolalarni qaytarish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat ijro etish maqsadlari, shakllari va usullaridan qatʼi nazar, bolalarni gʻayriqonuniy koʻchirishning oldini olish, shuningdek ularni doimiy yashaydigan mamlakatiga qaytarish choralarini koʻradi.

15-modda. Bolaning oʻz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari

Oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼi nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.
Bolaga taʼsir koʻrsatadigan har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini erkin ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼi nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.
16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari

Har bir bola oʻzining sogʻligʻi, axloqiy va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.

Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno.

Pornografiya, shafqatsizlik va zoʻravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.

17-modda. Bolaning fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqi kafolatlari

Bola fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega.

Bolaning fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonunda belgilangan tartibda cheklanishi mumkin.

18-modda. Bolaning xususiy mulkka boʻlgan huquqi kafolatlari

Bola qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega boʻlishi mumkin.

Bolaning shaxsiy foydalanishida boʻlgan, bola tomonidan hadya, meros tariqasida olingan, shaxsiy mehnati evaziga yoki boshqa qonuniy usulda olingan buyumlar, mol-mulk uning xususiy mulkidir.

19-modda. Bolaning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari

Har bir bola turar joyli boʻlish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila aʼzolari boʻlgan bolalar ular qayerda boʻlishlaridan qatʼi nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega boʻladi.

Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joyga boʻlgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida boʻlgan turar joyni oʻzga shaxsga oʻtkazish uchun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.

20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Ishga qabul qilishga oʻn olti yoshdan yoʻl qoʻyiladi.

Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Davlat oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan ishlovchi shaxslarga ishni taʼlim bilan qoʻshib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni koʻrish orqali bolaning mehnat qilish huquqi taʼminlanishini kafolatlaydi.

21-modda. Bolaning dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqi kafolatlari

Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega.

Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini taʼminlaydi.

Bolalar sogʻlomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va boʻsh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan taʼsis etiladi va qoʻllab-quvvatlanadi.

22-modda. Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi kafolatlari

Har bir bola sogʻligʻini saqlash huquqiga ega.

Davlat sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash uchun onaga uning sogʻligʻini saqlash sharoitlarini yaratadi.

Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:

malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil qilish;

bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;

bolalar va oʻsmirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;

talab darajasidagi sifatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;

bolaning fiziologik xususiyatlari va sogʻligʻi holatiga javob beradigan taʼlim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;

kasbga yaroqlilikni aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;

sanitariya-gigiyena taʼlimi berish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ragʻbatlantirish;

sogʻligʻining holati toʻgʻrisida bola uchun qulay boʻlgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.

Oʻn toʻrt yoshdan katta yoshdagi bola maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bola bilan uning hayotiga, sogʻligʻi va normal rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga taʼsir koʻrsatadigan boshqa moddalarni isteʼmol qilishdan himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.

23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari

Har bir bola bilim olish huquqiga ega.
Har bir bola bilim olish huquqiga ega.
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim olishini kafolatlaydi.
Davlat bolaning bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishini kafolatlaydi.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz bolasini shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga ega.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etishga, yaʼni bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy maʼlumotga ega boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlimni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy taʼlim olish uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari

24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga boʻlgan huquqi kafolatlari

Davlat bolaning oilada boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.

Davlat nogironligi boʻlgan bolalarni hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa yordam koʻrsatadi hamda ularni qoʻllab-quvvatlaydi.

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishda imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir boʻlgan qarindoshlariga beriladi.

Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir.

Oilada tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ularga zarur gʻamxoʻrlikni hamda qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydigan muqobil shaklda joylashtirilish huquqiga ega.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning shakllari quyidagilardir:

vasiylik va homiylikni belgilash;
vasiylik va homiylikni belgilash;
bolani farzandlikka olish;
bolani farzandlikka olish;
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
oilaga tarbiyaga olish (patronat);
ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish.

Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirishning boshqa shakllari ham nazarda tutilishi mumkin.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uygʻunlashish huquqi kafolatlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash uchun ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori boʻladi hamda zarur resurslar ajratadi.

Taʼlim, tibbiyot va madaniy-maʼrifiy muassasalar nogironligi boʻlgan bolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan boʻlishi kerak.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga koʻmaklashadi.

Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.

26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga boʻlgan huquqlari kafolatlari

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, toʻliq davlat taʼminotida turgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarini bitirgan yoki jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi bolalar oʻzlari ilgari yashagan turar joy maydoniga ega boʻlish yoki qonunchilikka muvofiq turar joy olish huquqiga ega.

27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga boʻlgan huquqi kafolatlari

Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega boʻlgan har bir bolaga tayinlanadi.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish miqdori, shartlari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Davlat organlari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qatʼi nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni taʼminlaydi.

Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka muvofiq ragʻbatlantiradi.

271-modda. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlarining kafolatlari

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, oʻrta maxsus, taʼlim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.

Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash, ular taʼlim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari sotib olish uchun nafaqa toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

28-modda. Nogironligi boʻlgan bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga boʻlgan huquqi kafolatlari

Nogironligi boʻlgan bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega boʻlib, bu profilaktika, davolash-tashxis qoʻyish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda taʼminlanishni va boshqa yordam turlarini oʻz ichiga oladi.

Nogironligi boʻlgan bolalar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va oʻz uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, homiylik va boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning mablagʻlari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.

29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning taʼlim olish huquqi kafolatlari

Davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan taʼlim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablagʻlar ajratadi hamda boshqa choralar koʻradi.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va nogironligi boʻlgan bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalanish hamda oʻz jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos boʻlgan taʼlim olish huquqiga ega.

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi boʻlgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar va nogironligi boʻlgan bolalarning ota-onalari oʻz xohish-istagiga koʻra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda taʼlim (umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda qonunchilik bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishda qonunchilik bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Nizolarni hal etish
30-modda. Nizolarni hal etish
Bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2008-yil 7-yanvar,
2008-yil 7-yanvar,
OʻRQ-139-son
OʻRQ-139-son