1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARIGA BOLALARNI QABUL QILISh BOʻYIChA QABUL KOMISSIYASINING FAOLIYAT KOʻRSATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 1753-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 8-mh-sonli “Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1753-2, 25.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 431-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish Tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirining 2007-yil 28-noyabrdagi 297-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 43-son, 431-modda) muvofiq davlat maktabgacha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda matnda maktabgacha taʼlim muassasasi deb yuritiladi) qabul komissiyasining faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul komissiyasi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi huzurida besh kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi va uning tarkibi quyidagi mutaxassislardan shakllantiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi raisi — xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi kotibi — xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining maktabgacha taʼlimi boʻlimi mutaxassisi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi aʼzolari — maktabgacha taʼlim muassasasi mudirlari va uslubchilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan mazkur nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yoʻllanmalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassislari boshqa organlar boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularning chiqib ketish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasining ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qabul komissiyasining ish tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qabul komissiyasi haftada ikki marta yaʼni, seshanba va juma kunlari bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma olish uchun ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maktabgacha taʼlim muassasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar joyidan shu manzilda ushbu oilaning yashashi haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari maʼlumoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) ish joyidan maʼlumotnoma (ishlamaydigan ota-onalar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasiga hujjatlar topshirilayotgan vaqtda ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning asli solishtirish uchun taqdim qilinadi va hujjatlar qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq quyidagi bolalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp bolali oilalarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning bolalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar va pedagoglarning bolalari maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi, shuningdek ota-onalari maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istisno tarzida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha taʼlim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) qabul komissiyasiga mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I va II guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻp farzandli oila ekanligi toʻgʻrisida turar joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan maʼlumotnoma;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabalar uchun taʼlim muassasasidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) homiylar toʻgʻrisida — maktabgacha taʼlim muassasasining rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan homiylik yordami koʻrsatilganligi haqidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoʻllanma olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 7 kunlik muddat ichida koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi va bu haqda 3 kunlik muddat ichida ariza beruvchilarga maʼlum qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tanlagan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin (joy) boʻlmagan hollarda ularning hujjatlari qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyiladi yoki ota-onalarning (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) xohishiga koʻra tegishli hududdagi boʻsh oʻrin (joy) mavjud boʻlgan hamda ular tanlagan maktabgacha taʼlim muassasasiga yaqin masofada joylashgan boshqa maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish daftari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan boʻlishi shart va ularning yuritilishi tegishli yilning 2-sentabr kunidan boshlanib, 31-avgust kunida tugatiladi hamda ushbu hujjatlar 3 yil mobaynida saqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) 15 kunlik muddatda olingan yoʻllanmani maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etishi shart. Ushbu muddat ichida yoʻllanma tegishli maktabgacha taʼlim muassasasiga taqdim etilmasa, mazkur yoʻllanma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qabul komissiyasi faoliyatiga koʻmaklashish va taqsimot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maktabgacha taʼlim muassasalarining mudirlari har oyning birinchi sanasida qabul komissiyasiga maktabgacha taʼlim muassasasidagi mavjud boʻsh oʻrinlar haqida yozma xabar beradilar va shu asosda maktabgacha taʼlim muassasalaridagi boʻsh oʻrinlar har bir maktabgacha taʼlim muassasasi boʻyicha yoshiga qarab taqsimot qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har yili iyun — avgust oylarida yangi oʻquv yili hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalariga jadval asosida ommaviy ravishda yoʻllanma beriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni yoʻllanmalarga asosan boʻshagan oʻrinlar (joylar) hisobiga qabul qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi bir viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida boshqa tumandagi maktabgacha taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotganda, tarbiyalanuvchi oʻtayotgan joydagi maktabgacha taʼlim muassasi joylashgan joydagi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi huzurida tashkil etilgan qabul komissiyasi bilan soʻrov xati yuborish orqali amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753-1, 02.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 457-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrov xatini olgan qabul komissiyasi oʻz hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan har oyda taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida mavjud boʻsh oʻrin haqida 3 kunlik muddatda soʻrovnoma yuborgan qabul komissiyasiga javob xati yuboradi va shu asosda maktabgacha taʼlim muassasi tarbiyalanuvchisini boshqa maktabgacha taʼlim muassasasiga koʻchirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom talablarini buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi faoliyat yuritishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.