Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining adliya organlari va muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan foydalanishda qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
1-ILOVA
2007-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda):
a) muqaddimadagi “va adliya organlarining” soʻzlari “adliya organlari va muassasalarining (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 1-bandidagi “sudlar va adliya organlarining” soʻzlari “sudlar, adliya organlari va muassasalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Sudlar, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 523-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda)