O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“URUG‘ChILIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 9-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi O‘RQ-521-sonli “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi 267-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) 9-moddasi ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “bojxona to‘lovi” degan so‘zlar “boj” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
O‘RQ-134-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 513-modda)