Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 11.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1747
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.10.00 Vrachlik-mehnat ekspertizasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIAKORXONALARIDA TIBBIY-UCHISH EKSPERT KOMISSIYALARINI TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-dekabrda 1747-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 30-yanvardagi 13-n-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1747-3, 09.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalari (Chikago konvensiyasiga 1-ilova “Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish”) ni inobatga olgan holda parvoz xavfsizligini tibbiy taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H.O. TROBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 15-noyabrdagi 167-son buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) ctandartlari talablariga (“Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish” Chikago konvensiyasiga 1-ilova) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiradigan tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya xodimlari — faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va taʼminlash, shuningdek havo qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUEK — fuqaro aviatsiyasi tibbiy muassasalari huzurida tashkil etiladigan Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-uchish ekspertizasi (TUE) — salomatliklarining ahvoli boʻyicha uchish xavfsizligini kafotlaydigan shaxslarni tanlab olish va ularni uchish ishlarida saqlab turish hamda kasbiy omillarning inson organizmiga taʼsirini oʻrganish maqsadiga ega boʻlgan aviatsiya tibbiyotining yetakchi yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FA — fuqaro aviatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davavianazorat — Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XFAT — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TSQ — tibbiy sanitariya qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma — Davavianazorat tomonidan berilgan, belgilangan talablarga muvofiq arizada koʻrsatilgan sohada faoliyat olib borishga qodirligini va belgilangan muddat davomida tibbiy ekspertizani amalga oshirish qobiliyatini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUEK aʼzosi — aviatsiya tibbiyoti sohasida tayyorgarlikdan oʻtgan, amaliy malakaga va aviatsiyada ish tajribasiga ega boʻlgan guvohnoma olish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish boʻyicha talablar belgilangan aviaxodimlarning sogʻliqlari holati boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun Davavianazorat tomonidan tayinlanadigan shifokor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MOK — malaka oshirish kurslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. MTUEK qarori bilan tayinlanadigan TUEK Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TUEK tayinlash toʻgʻrisida qaror mazkur Nizomda belgilangan tartibda guvohnoma berish yoʻli bilan TUEK tayinlash jarayonini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TUEKni tayinlash jarayonidan oʻtmagan va tegishli guvohnomaga ega boʻlmagan tibbiy muassasalar TUEK vakolatiga kiruvchi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TUEKni tayinlash jarayoni majburiy boʻlib, bepul oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tayinlangan TUEK faoliyati ustidan nazorat rejali va rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari oʻtkazib turish orqali TUEK tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TUEK faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilishni amalga oshirish uchun guvohnoma egasi guvohnomaning amal qilish muddati davomida guvohnoma berilgan paytdagi sharoitlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida MTUEKni xabardor qilib turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TUEK ni tayinlash bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. TUEK tayinlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza beruvchi tomonidan zarur hujjatlar toʻplamini ilova qilgan holda ariza taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) arizaning qabul qilish va mazkur Nizom talablariga muvofiq ariza beruvchini tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inspeksiya tekshiruvi natijalarini tahlil qilish va guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) guvohnomani rasmiylashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlashning har biri ijobiy natija bersagina, keyingi bosqichga oʻtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Guvohnoma olish uchun ariza berish va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnoma olish uchun ariza va zarur hujjatlarning toʻplami xat bilan birga ariza beruvchi tomonidan MTUEKga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi ariza berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) muvofiq muayyan talablar belgilangan aviamutaxassislarga tibbiy xulosa berish uchun oʻzining imkoniyatlarini tasdiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza MTUEK raisi nomiga beriladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) guvohnoma olish uchun ariza (birinchi marta berilayotganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda uni uzaytirish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) amaldagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Guvohnoma birinchi marta olinayotganda, uzaytirilayotganda va unga oʻzgartirishlar kiritilayotganda arizaning shakli oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzgartishlar kiritilayotganda arizada faqatgina oʻzgartirilayotgan maʼlumotlar va hujjatlar yoki hujjatlarning alohida qismlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida aviakorxona maʼmuriyati bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) TUEK toʻgʻrisidagi Nizomning tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) amaldagi sanitariya normalariga muvofiq xodimlarni va zarur jihozlarni joylashtirishga mulk huquqi asosida yoki ijara yoxud boshqa asoslarda tegishli boʻlgan binolarning mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boʻlinmalar va xonalarning aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirishni taʼminlaydigan asboblar, jihozlar, tibbiy texnika va boshqa mulklar bilan jihozlanganligi roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tibbiy muassasa rahbari tomonidan imzolangan va tasdiqlangan, aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ushbu Nizomning 2-ilovasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tasdiqlangan shtatlar jadvali, mutaxassislarning amaldagi soni va egallagan lavozimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oxirgi 3 yil uchun belgilangan shakldagi yillik hisobot (ilgaridan faoliyat koʻrsatayotgan TUEK uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) koʻrsatilgan faoliyat turlarini bajaruvchi funksional boʻlinmalar boʻyicha oldingi yil ishi toʻgʻrisida hisobot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUEK tayinlashga guvohnoma berish haqida qaror qabul qilishning umumiy muddati ariza Davavianazoratda roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Guvohnoma olish uchun arizani dastlabki baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizani va zarur hujjatlarni dastlabki baholash zarur hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini baholash va MTUEK tomonidan inspeksiya tekshiruvi oʻtkazilgunga qadar bartaraf etilishi zarur boʻlgan nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlar sifatsiz tayyorlanganda, zarur hujjatlar kamchiliklari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar tuzatilgach, ariza beruvchi zarur hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun topshiradi. Bunday holda, TUEK tayinlash boʻyicha ishlarni boshlash sanasini hisoblash arizani va asoslovchi hujjatlarni MTUEKga qaytadan topshirish vaqtidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizaning koʻrib chiqilishi va asoslovchi hujjatlarning ekspertiza qilinish natijalari ijobiy boʻlganda MTUEK inspeksiya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchining arizasi va zarur hujjatlarini koʻrib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TUEK ni tayinlash uchun inspeksiya tekshiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. MTUEKning inspeksiya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Davavianazorat boshligʻining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi va uni oʻtkazish muddatlari aniqlanadi. Tekshiruv Davavianazorat tomonidan belgilanadigan namunaviy dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishdan maqsad ariza beruvchi belgilangan talablarga javob berishi va arizaga ilova qilingan zarur hujjatlarning amaldagi holatini toʻgʻri aks ettirishidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchining inspeksiya tekshiruvi tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishda apparatlar va uskunalar, tibbiy hujjatlar va ish yuritish koʻrikdan oʻtkaziladi, aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlaydigan har bir boʻlinma va xona faoliyati tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apparatlar va uskunalar, tibbiy hujjatlar va ish yuritishni koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha ariza beruvchi va bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadigan ekspert tomonidan imzolangan ushbu Nizomning 3-4-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha muassasa apparatlari va jihozlarini tekshirish dalolatnomasi va tibbiyot hujjatlari va ish yuritishni tekshirish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Inspeksiya tekshiruvi natijalari har bir yoʻnalishdagi inspeksiya tekshiruvi boʻyicha hisobotlar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomuvofiqliklar aniqlanganda, hisobotlarning nusxalari nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish uchun ariza beruvchiga beriladi. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi Davavianazorat tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻtkazilgan ishlarning natijasi, komissiyaning xulosalari va bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalari aks ettirilgan kompleks xulosasi inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha yakuniy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks xulosa inspeksiya komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va MTUEK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kompleks xulosaning bir nusxasi ikki ish kunidan kechiktirmasdan ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosaga kelingan boʻlsa, qayta ariza berish oldingi inspeksiya tekshiruvi tugagandan soʻng olti oy oʻtgach ariza beruvchi tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. TUE ning tashkil qilinishi va oʻtkazilish sifatini, parvozlarni va sogʻlomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlarining taʼminlanishini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Uchuvchilar va dispetcherlar tarkibini, bortkuzatuvchilarni, kursantlarni va fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiy-uchish ekspertizasi boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda oʻtkazilayotgan faoliyatning amalga oshirilish sharoitlari ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari talablariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. TUEK faoliyatini baholashda terapevtik, nevrologik, otolaringologiya, oftalmologiya, xirurgik, ginekologik ekspertizalarining va aviatsiya mutaxassislarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda qatnashuvchi klinik-diagnostika boʻlimlari (xonalari)ning hajmi va sifati aniqlanadi, shuningdek zarur mutaxassislar (endokrinolog, urolog, dermatolog, psixolog va b.) tomonidan qoʻshimcha malakali maslahatlar oʻtkazish imkoniyati tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. TUEKning faoliyatini baholashda aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari va davolash-profilaktika tadbirlarining bajarilishi, shuningdek ish yuritishning holati tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. TUEK aʼzolarining va boshqa aviatsiya shifokorlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi klinik mutaxassisliklar, aviatsiya tibbiyoti va aviatsiyadagi ish tajribasi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xodimlarning malakasiga va TUEK ishini tashkil etilishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. TUEK tarkibi rais, shifokor-ekspertlar (terapevt, nevropatolog, otolaringolog, oftalmolog, xirurg) hamda kotibdan iborat boʻladi. TUEK tarkibiga kiruvchi shifokor-ekspertlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “kasb patologiyasi” ixtisosligi boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtgan boʻlishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 8-apreldagi 74-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-1, 04.05.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 207-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oxirgi ekspert qarorini chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) nazarda tutilgan psixolog, stomatolog, ginekolog, endokrinolog va dermatovenerologning tibbiy tekshiruvi talab qilinadi. Ayrim hollarda, TUEK tarkibida ishlash uchun FA korxonalari TSQ va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash muassasalarining malakali mutaxassislarini TUE qoʻllanma hujjatlari bilan tanishtirgandan keyingina, MTUEK bilan kelishgan holda jalb etishga ruxsat etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ekspert lavozimiga tibbiyot oʻquv muassasasining davolash fakultetini tugatgan oliy maʼlumotli va mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil, FA da kamida 2 yil ish stajiga, 1-malaka toifasiga ega boʻlgan shifokor tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shifokor-ekspert 5 yilda kamida bir marta oʻz mutaxassisligi boʻyicha malakasini oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shifokor-ekspertlar uchun aviatsiya tibbiyoti boʻyicha oʻquvni oʻtash majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. TUEK mutaxassislari ularning rahbari tomonidan tasdiqlangan shifokor-ekspertning mansab yoʻriqnomasiga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. TUEK tarkibi toʻliq boʻlmaganda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish man etiladi. TUEK raisi boʻlmagan vaqtda uning vazifalari boshqa tajribali ekspertga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifokor-ekspertlarning va TUEK raisining bir necha lavozimlarda va oʻrindoshlik asosida ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Har bir ekspert oʻz funksional majburiyatlarini, javobgarligini bilishi kerak va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish maqsadida uni oʻtkazish tizimini takomillashtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Har bir ekspert FA faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning FA aviaxodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga taalluqli qoʻllanma hujjatlarini, tibbiy hujjatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirishni (aviaxodimning tibbiy kitobchasi, dispanser kuzatuvi daftari, 30 L shakli) bilish, shuningdek kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirishni tashkil etish uchun binolarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. TUEK sanitariya normalari va mehnatni muhofaza qilishning talablariga muvofiq xodimlarni va zarur jihozlarni joylashtirish uchun, mulk huquqi asosida yoki ijara yoxud boshqa asoslarda tegishli boʻlgan yetarlicha miqdordagi binolarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Har bir shifokor-ekspert alohida xonaga (oftalmolog va otolaringolog shifokorlarining xonalari uzunligi 5 metrdan kam boʻlmasligi va maxsus tekshiruv oʻtkazish uchun oftalmolog — qorongʻilashtirilgan, otolaringolog esa — tashqi tovushdan izolyatsiyalangan qoʻshimcha xonalarga) ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. TUEK kotibi alohida kabinet va aviaxodimlarning shaxsiy ish jildlarini saqlash uchun xonaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Binoning old tomonida tibbiy muassasaning nomi va uning ish tartibi yozilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. TUEK ishi uchun statsionar, klinik-bioximik laboratoriya, funksional diagnostika boʻlinmasiga ega boʻlgan diagnostik baza mavjud boʻlishi kerak, zaruriyat boʻlganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan muassasalari va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan shartnoma asosida oʻrnatilgan tartibda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Texnik jihozlanishga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. TUEK oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy apparatlar va uskunalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tibbiy apparatlar va uskunalar roʻyxati asoslangan holda kengaytirilishi mumkin. Eskirgan apparatlar zamonaviylariga almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Ariza beruvchiga TUEK guvohnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizomning IV—IX-boʻlimlari talablariga javob beradigan TUEKga belgilangan namunadagi guvohnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror MTUEK tomonidan arizani baholash va oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilinadi va Davavianazorat boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Guvohnoma qatʼiy hisobda turuvchi blankalarda ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomalarning berilishi “Guvohnomalar berilishini hisobga olish jurnali”da qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Guvohnoma kompleks xulosa asosida faqat unda ijobiy natijalar boʻlsa va guvohnoma berish mumkinligi toʻgʻrisida qayd etilgan boʻlsa, kompleks xulosada koʻrsatilgan barcha shartlar (talablar) bajarilgan boʻlib va uning amal qilish muddati koʻrsatilib, guvohnoma rasmiylashtiriladi va topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Guvohnomaning amal qilish muddati MTUEK qaroriga koʻra tekshirishning amaldagi natijalarini hisobga olgan holda, lekin 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Guvohnoma Davavianazorat boshligʻi tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Davavianazorat boshligʻi tomonidan imzolanadigan va gerbli muhr bilan tasdiqlanadigan TUEK aʼzolarining tayinlangan tarkibi va TUEK tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ruxsat etilgan aviaxodimlar roʻyxati TUEK tayinlash toʻgʻrisidagi guvohnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. TUEK aʼzolari tarkibining oʻzgarishi guvohnoma egasining nomzodlarga taalluqli zarur hujjatlar arizaga ilova qilingan holda yozma murojaati boʻyicha kiritiladi. MTUEK qarori ijobiy boʻlganda, guvohnomaning ilovasini almashtirish yoʻli bilan unga oʻzgarishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ariza beruvchiga guvohnomaning asl nusxasi beriladi, Davavianazoratda esa uning nusxasi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Guvohnoma yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelganda, uning egasining arizasiga koʻra guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy oldin guvohnomaning egasi tomonidan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Guvohnomani navbatdagi muddatga uzaytirish va rasmiylashtirish jarayoni birinchi marotaba TUEK tayinlash jarayoni singari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Guvohnomaning amal qilish muddati davomida oʻzgarishlar boʻlmagan hujjatlarni qaytadan topshirmaslikka ruxsat etiladi. Bunday holda tegishli hujjat umumiy reyestrga izoh (“oʻzgarishsiz”, “oldin taqdim etilgan”) bilan birga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Istisno tariqasida Davavianazorat guvohnomaning amal qilish muddatini bir oygacha boʻlgan muddatga uzaytirishi mumkin. Bunday holda guvohnomaning amal qilish muddatining uzaytirilishi MTUEK qarori bilan va guvohnomaga tegishli yozuvni kiritgan holda rasmiylashtirilib, Davavianazorat boshligʻi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Navbatdagi muddatga guvohnoma yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi Davavianazoratga ilgari berilgan guvohnomaning asl nusxasini qaytarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash), tugatish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish TUEK tomonidan ushbu Nizomda belgilangan talablar buzilgan hollarda, TUEK inspeksiya tekshiruvi natijalarining xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror MTUEK raisi tomonidan tasdiqlangan TUEK inspeksiya tekshiruvi dalolatnomasi asosida Davavianazorat boshligʻi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ikki kunlik muddat ichida tibbiy muassasa rahbariga (agar TUEK uning tarkibida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa) yoki TUEK raisiga (agar mustaqil faoliyat olib borayotgan boʻlsa) va tegishli aviakorxonalar rahbarlariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Guvohnoma egasi guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar olganda, oʻz faoliyatini toʻxtatishi va uch kunlik muddat ichida guvohnomaning asl nusxasini Davavianazoratga qaytarib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Amal qilishi toʻxtatilgan guvohnomaning tiklanishi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatishga sabab boʻlgan nomuvofiqliklar bartaraf etilib, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi taqdim etilgandan soʻnggina MTUEK qaroriga koʻra TUEK guvohnomasining asl nusxasini qaytarib berilishidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Nomuvofiqliklar haqiqatan ham bartaraf etilganligini tekshirish maqsadida MTUEK tomonidan rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. TUEK faoliyati ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. TUEK faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida MTUEK bir yilda bir marta oʻtkazilishi mumkin boʻlgan inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. TUEK ish sifati ustidan shikoyatlar va ushbu Nizom talablari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tushgan hollarda Davavianazorat rahbariyatining qaroriga binoan TUEK faoliyatini rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Inspeksiya tekshiruvi vaqtida TUEK raisi (u boʻlmaganda uning vazifasini bajaruvchi rais) kerakli hujjatlarni taqdim etishi va uni oʻtkazish uchun sharoitlarni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Oʻtkazilgan nazorat natijasi boʻyicha TUEK faoliyati tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosalar va tavsiyalar bilan birga dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F.G. Nazirov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻiga
Aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlashni oʻtkazish uchun ARIZA __________________________________________________________________ (TUEK nomi)
aviatsiya xodimlarining amaldagi normativ talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun TUEK tayinlashni soʻraydi. TUEK faoliyatiga qoʻyiladigan barcha shartlar va talablarni bajarishni oʻz zimmamga olaman. TUEK tayinlash kerak boʻlgan TUEK faoliyati doirasining tavsifi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Qoʻshimcha maʼlumotlar_______________________________________________ __________________________________________________________________ Quyidagi zarur hujjatlar ilova qilinadi: 1. ___________________________________ 2. ___________________________________ 3. ___________________________________ 4. ___________________________________ 5. ___________________________________ 6. ___________________________________
Malaka toifasi, ilmiy darajasi (qaysi yilda berilgan yoki tasdiqlangan)
Aviatibbiyot boʻyicha ixtisosligi (qaysi yilda)
Asosiy ishi boʻyicha MOK (qaysi yilda, qachon)
Ish staji (umumiy va FA)
Tibbiyot oʻquv muassasasining va fakultetning nomi, diplom raqami va berilgan sanasi
TUEK raisi _______________________________________________________
(imzosi va F.I.O.)
M.Oʻ.
200___y. “____”__________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasaning apparatlari va jihozlarini tekshirish dalolatnomasi
TUEK tibbiy muassasaning nomi: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ Ekspert____________________________________________________________
T/r
Faoliyat mezonlari
Baho +/–
1.
Tibbiy uskunaning texnik hujjatlari mavjudligi: texnik taʼrif, pasport, texnik xizmat koʻrsatish jurnali va b.
2.
Tibbiy uskunaning texnik holati: sozligi, imkoniyatlaridan qay darajada foydalanib boʻlishi, foydalanish muddatlari, maʼnaviy eskirish.
3.
Normativlarga nisbatan tibbiy uskunalar bilan taʼminlanganlik.
4.
Metrologik nazorat va uning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, metrologik tashkilotlar bilan shartnomalar mavjudligi.
5.
Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning tashkil etilganligi, taʼmirlovchi tashkilotlar bilan shartnomalar mavjudligi.
6.
Xavfsizlik texnikasining holati: ekspluatatsiya huquqini beruvchi guvohnoma va yoʻriqnomalarning mavjudligi, xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish va navbatdagi oʻrganishlarning oʻtkazilganligi, maxsus kiyim va himoya vositalari bilan taʼminlanganlik.
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ariza beruvchining imzosi)
(F.I.O.)
Ekspertning xulosasi:
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ekspertning imzosi)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot hujjatlari va ish yuritilishini tekshirish dalolatnomasi
TUEK tibbiy muassasaning nomi: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ Ekspert____________________________________________________________
T/r
Faoliyat koʻrsatkichlari
Baho +/–
1.
Hisobga olish-hisobot hujjatlarining mavjudligi.
2.
Hisobga olish hujjatlarining olib borilish sifati: shikoyat va anamnez, obyektiv status, qoʻshimcha tadqiqotlar, maslahatlar, tashxis, davolash, dinamik kuzatuv va kasallik boʻyicha epikriz.
3.
Ish yuritishning belgilangan normativ qoidalariga rioya etish.
4.
Tibbiy hujjatlarning arxivda saqlanishi: shartlari va muddatlariga rioya etish; hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarning mavjudligi.
5.
Hisobotlarning oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi.
6.
Hisobga olish-hisobot hujjatlari sifatini nazorat qilish.
7.
Orgtexnikadan foydalanish.
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ariza beruvchining imzosi)
(F.I.O.)
Ekspertning xulosasi:
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ekspertning imzosi)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi TUEK GUVOHNOMASI
Ushbu guvohnoma orqali _________________________________________TUEK
(tashkilot nomi va manzili)
guvohnomaning ajralmas qismi hisoblangan maxsus ilovadagi shartlar va cheklovlarga muvofiq aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tibbiy-uchish ekspert komissiyasi sifatida tasdiqlanadi. Ushbu guvohnoma boshqalarga berilishi mumkin emas. Uning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Kuchga kirish vaqti _____________ ______________gacha haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi __________________________
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Birinchi marta guvohnoma berilgan sana: 200___y. “_____”_________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 525-modda; 2016-y., 18-son, 207-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)