Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
SANOAT, GAZ TAʼMINOTI VA KON NAZORATI SOHASIDAGI BOSHQARUV TAKOMILLASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan 1-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 97-moddaning nomi va birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 98-moddaning birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 260-modda:
nomidagi, birinchi qismidagi va ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “bosh direktor” degan soʻzlar “Davlat inspeksiyasi boshligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻzbekcha matni toʻrtinchi xatboshisidagi “konchilik-texnik” degan soʻzlar “kon-texnik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan 3-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 22-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchiliqda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning beshinchi xatboshisidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi (bundan buyon matnda “Sanoatkontexnazorat” agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning nomi va matnidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi” degan soʻzlar tegishincha “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-dekabr,
OʻRQ-133-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)