Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSINING 542-MODDASIGA QOʻShIMChA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-IJROIYA KODEKSINING 61-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 19-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda) 542-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak”;
ikkinchi—oltinchi qismlari tegishincha uchinchi—yettinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda) 61-moddasining uchinchi qismidagi “537-moddasiga” degan soʻzlar “537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-dekabr,
OʻRQ-124-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)