27.07.2007 yildagi 570-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASINING REGLAMENTIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 7, 242-modda; 2006-yil, № 4, 174-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 26 — 29-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Bunda Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega ekanligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish roʻyxatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri oʻqib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlarga ovoz berish roʻyxat boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy soni yarmidan koʻprogʻining ovozini olsalar, Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari etib saylangan hisoblanadilar. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlar miqdorini ololmasalar, Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar koʻrsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash mazkur Reglamentning 26 — 28-moddalari va ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 31-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi hamda fraksiya va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikeri qoʻmitalar tarkibiga saylanishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 54-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 57-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan fraksiya parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan fraksiyalar, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar oʻzlarini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 60-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining tegishli masala boʻyicha maʼruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 62-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar oʻrinbosari (ishchi Rayosati) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq navbatma-navbat ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir boʻlmaganda uning oʻrinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 7-son, 328-modda)