05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining buyrugʻi, 05.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1745
Кучга кириш санаси
15.12.2007
Hujjat 29.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-dekabrda 1745-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining
2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimiga boʻlgan majburiy talablarni oʻrnatadi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashda qoʻllaniladigan oʻquv rejalari, dasturlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish — mutaxassisning professional darajasining doimiy oʻsishini taʼminlovchi, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori sohasida professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni tizimli toʻldirish va chuqurlashtirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan tashkilotda ishlashi uchun zarur va yetarlicha boʻlgan hajmdagi yangi professional bilimlar, koʻnikmalar va tajribalarni oʻzlashtirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-fevraldagi 2009-11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-1, 14.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (bundan keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasasi deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish qimmatli qogʻozlar bozorining barcha mutaxassislari uchun majburiydir va uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining professional bilimi yetarli darajada emasligi aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu mutaxassis koʻrsatilgan muddat oʻtgungacha malakasini oshirish kurslarini oʻtish majburiyatini yuklovchi qaror qabul qilishga haqli.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlashi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirganligini va ular qayta tayyorlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib taʼlim muassasasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi guvohnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olish — malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashgan taʼlim muassasasida (akademiya, institut, markaz, kurslar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda stajirovka oʻtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tekshirish muassasasida stajirovka oʻtash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Malaka oshirish, iqtisodiy yoʻnalishdagi taʼlim muassasasida malaka oshirish kurslarida tahsil olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash oliy taʼlim muassasalarida va oʻquv markazlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasasi va qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi yoki ish beruvchisi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taʼlim muassasalari quyidagi talablarga javob berishi lozim;
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlishi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olgan boʻlishi (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun);
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborishi va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olgan boʻlishi (nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun);
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining I toifali malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis oʻqituvchilarga toʻgʻri keladigan dars soatlari soni — oʻtkaziladigan kursda yuklatilgan darslar umumiy hajmining 30 foizidan kam boʻlmasligi.
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda taʼlim muassasasi uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida quyidagi hujjatlarni saqlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan, taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savolnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) baholar, biletlar raqamlari, imtihon komissiyasi aʼzolarining familiyalari va ularning imzolari qoʻyilgan, imtihon komissiyalarining vedomostlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻqish jarayonidagi tinglovchilarning darslarga qatnashish davomatlari, mashgʻulotlar oʻtkazilgan sanalar, mashgʻulotlar mavzulari, dars soatlari soni, oʻqituvchilarning familiya va imzolari koʻrsatib oʻtilgan jurnallar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) guvohnomalarning raqamlari, berilgan sanalari, oʻqish davri, oʻquv kursining nomi, tinglovchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ularning pasport maʼlumotlari yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari, guvohnomalarni olganliklari toʻgʻrisidagi imzolar koʻrsatib oʻtilgan hisob jurnallari.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-avgustdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-6, 29.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning oʻquv dasturlariga belgilanadigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim dasturlari mazmuniga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalarga boʻlgan professional malaka talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, maxsus, professional va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga qoʻyilgan davlat talablariga nisbatan izchilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning zamonaviy texnologiya va vositalariga yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastur mazmunlarining qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshiriladigan professional faoliyat turlariga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv rejalari va dasturlari taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash oʻquv dasturlari quyidagi nazorat chora-tadbirlarini nazarda tutishi lozim. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni test sinovlaridan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hajmi 25 sahifadan kam boʻlmagan (shrifti — 14, interval — 1,5 boʻlgan) malaka ishini (referatni) tayyorlash va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonni topshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakili imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilishi mumkin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish davriyligi va davomiyligi uning tashkil etish shakllari hamda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka darajasi va individual kasbiy ehtiyojiga boʻlgan talablarga bogʻliq.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirishning umumiy davom etish davri, asosiy ish joyidan ajralgan holda kamida 72 dars soatlari etib belgilanadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-3, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash boʻyicha dars yuklamasini rejalashtirishda asosiy eʼtibor qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining bajargan mustaqil ishlariga qaratiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 22-yanvardagi 2010-01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1745-2, 03.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 9-son, 73-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlashning davomiyligi oldingi taʼlim darajasi, qayta tayyorlashning shakli va mehnat unumdorligiga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ikkinchi oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotni olish deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari A. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda; 2009-y., 8-son, 81-modda; 2010-y., 9-son, 73-modda; 2014-y., 18-son, 207-modda; 2017-y., 34-son, 908-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1745-5/2750-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 29.08.2022-y., 10/22/1745-6/0777-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)