Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Qonun samarali, ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini oʻzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga, ommaviy mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
2-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
3-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
monopoliyaga qarshi qonunlar talablariga rioya etish.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki obyektlari toʻliq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagi obyektlar: yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suv havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari va tarixiy boyliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarining roʻyxati, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan obyektlar hamda korxonalarning roʻyxati Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
5-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida mulkni oluvchi subyektlar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida:
Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslar;
ajnabiy yuridik shaxslar ommaviy mulkni sotib oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning (ochiq aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari va shartlari
1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat korxonasini jamoa korxonasiga, xoʻjalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish;
(6-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
ijaraga olingan mulkni kelgusida haq toʻlab sotib olish ehtimoli bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib boʻyicha sotib oladilar.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi
1. Oʻzbekiston Respublikasining respublika mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Munitsipal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.
Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari, ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Buyurtma:
respublika mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga;
munitsipal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid boʻlsa, bu mulkning egasi boʻlgan mahalliy hokimiyat boshqaruv idoralariga beriladi. Buyurtmaning shakli va yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrnatadigan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni oʻtkazish yoki unday qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab oʻn kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.
4. Davlat korxonasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish:
basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan boʻlsa;
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan shartlar va muddatlarni koʻrsatmogʻi zarur.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash
1. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan yakkahokimlikka qarshi qonunlar talablarini inobatga olgan holda hal etishni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilarning, maʼmuriyatning, korxona mehnat jamoasining, jamoat tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablagʻi hisobidan pul toʻlash sharti bilan ishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.
Komissiya korxona maʼmuriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona toʻgʻrisida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.
Davlat korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:
davlat tasarrufidan chiqarishni yoki xususiylashtirishni oʻtkazish muddatlarini;
obyektning qiymatini;
korxonani qayta tashkil etishning zarurat boʻlganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;
hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini;
imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
9-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bahosi hisobga olinishi lozim.
(9-moddaning birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ommaviy mulk obyekti qiymatining dastlabki bahosi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi.
(9-moddaning ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Davlat korxonasining ijaraga olingan mol-mulkini sotib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan mol-mulkini (toʻliq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
(10-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
11-modda. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish
1. Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish mehnat jamoasi aʼzolari tomonidan davlat mulkining (haqini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali) sotib olishi yoki bu mulkining ularga tekin boʻlishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mol-mulk xususiy mulk qilib sotib olinayotganida jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qoʻyiladi, bunda ularning ish staji, maoshning miqdori va boshqa omillar eʼtiborga olinadi.
(11-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) boʻlishlari mumkin:
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika va mahalliy davlat boshqaruv organlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari.
(12-moddaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Ommaviy mulk obyektini tanlov boʻyicha sotib olish
1. Ommaviy mulk obyektlari tanlov boʻyicha sotilishi mumkin.
2. Tanlovni oʻtkazish shartlari, tartibi va muddatini ommaviy mulk obyektlarini tegishli tasarruf etuvchi tayinlaydigan tanlov komissiyasi belgilaydi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Ommaviy mulk obyektini kim oshdi savdosida sotish
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt respublika yoki munitsipal mulk boʻlib turadi. Bunday hollarda mulk obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini boʻlak-boʻlak qilib sotib borish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Bitimlarni rasmiylashtirish tartibi
1. Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Orderning nusxasi, davlat bojining miqdori va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat korxonalari haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali toʻlangach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay toʻlab boʻlingunga qadar ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qoʻyishi, shu jumladan ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qoʻyishi mumkin
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
16-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablagʻlar manbai
1. Quyidagi mablagʻlar mol-mulkni sotib olish uchun manba boʻladi:
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablagʻlari, davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning oʻz mablagʻlari, kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining aʼzolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
sof foydaning mehnat jamoasi aʼzolari mulki boʻlgan qismi;
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki boʻlgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
bank kreditlari va oʻzga qarz mablagʻlari,
mehnat jamoasi aʼzolarining shaxsiy mablagʻlari,
davlat mulki boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
17-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning ommaviy mulki hisoblanadi.
(17-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlarining oʻzaro majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor oʻrtasida oʻzaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
(18-moddaning 1-bandi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
muayyan davrgacha korxona ixtisosini, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish;
ish joylarini saqlab qolish yoki oʻzgartirish;
mahsulotni maʼlum isteʼmolchilarga yetkazib berish;
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ijtimoiy-maishiy obyektlarni saqlash, ularning ishlash sharoitlarini saqlab qolish;
xodimlarni ijtimoiy-maishiy taʼminlashning oʻziga xos jihatlari;
oʻzga majburiyatlar haqida muayyan davrga moʻljallangan bitim tuzilishi mumkin.
2. Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga maʼlum qilinadi.
19-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalarning xodimlariga beriladigan yengilliklar va kafolatlar
1. Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining aʼzolariga aksiyalar va boshqa mulk boʻlib-boʻlib haq toʻlash orqali sotilishi mumkin.
2. Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chogʻida mehnat jamoasining aʼzolari, ular tomonidan tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng boʻlganida oʻzga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar.
Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qoʻshilmaydi.
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliq toʻlashda yengilliklar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining aʼzolariga quyidagi kafolatlar beriladi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona maʼmuriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;
egalik huquqi yangi mulkdorga oʻtgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi oʻrtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
5. Boʻshatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi hamda ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar jamoatchilik bilan hamda davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat va jamoat nazorati oʻrnatilishini taʼminlaydilar.
(20-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslarni hal etish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
(8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalarining raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga muvofiq 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalarga oʻzgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 19-noyabr,
425-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 43-modda; 1993-y., 5-son, 236-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 109-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 15-son, 147-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)