Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
HOKIMIYATNING KONSTITUTSIYAVIY IDORALARINI QOʻRIQLASH TOʻGʻRISIDA
Davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari buzilmasligiga asoslanib hamda xalq qonuniy tarzda saylab qoʻygan hokimiyat idoralariga qarshi qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda ular asosida qabul qilingan qonunlarda belgilab berilgan hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirishga hech kim haqli emas. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida koʻzda tutilgan tartibdan farqli oʻlaroq tarzda hokimiyat tuzilmalarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi hamda qonunga binoan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirib olgan idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tarqatib yuborilishi lozim.
(1-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son qaroriga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
728-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)