Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.09.2007 yildagi PQ-692-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA O‘ZBEKISTON XALQ ShOIRASI ZULFIYANING HAYKALINI O‘RNATISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya (Zulfiya Isroilova)ning milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini, uning betakror ijodiy merosi va ibratli ijtimoiy faoliyatining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi katta o‘rni va ahamiyatini inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Vatanimiz poytaxti — Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya xotirasiga haykal o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Zulfiya haykalini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilsin va uni belgilangan tartibda o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haykalni yaratish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar, Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-692-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 460-modda)