Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.09.2007 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining shakllangan tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish va tartibga solish, tarix, madaniyat va meʼmorchilik yodgorliklarini har tomonlama oʻrganish, ommalashtirish va targʻib qilish, oʻzbek xalqining bebaho milliy qadriyatlarini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, Buxoro shahrining tarixiy qismi yagona kompleks sifatida toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Buxoro shahrining tarixiy qismidagi koʻchmas madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish ilmiy asoslangan tadqiqotlarni, tarixiy hujjatlar va arxiv hujjatlaridan foydalanishni, shahar muhitining tarixiy qadriyatlarini, jamiyatning zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tarixiy markazni rekonstruksiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan maxsus normalar va qoidalarga muvofiq, Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro viloyati hokimligi (Xusenov) Buxoro shahrining bosh rejasini roʻyobga chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrida qurilishlarni shaharni rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan bosh reja talablariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrining tarixiy qismida yangi qurilishlarni taqiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllangan tarixiy muhitni saqlab qolishni hisobga olgan holda shaharning qismini mukammal rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilish, taʼmirlash, restavratsiya qilish, zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish, shuningdek ular bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini oʻz ichiga olgan madaniy meros obyektlarini saqlab qolish chora-tadbirlarini koʻrsin, bunda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga qatʼiy amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Buxoro shahrining madaniy meros obyektlarini tadqiq etish, konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish hamda 2020-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirish davlat dasturini 2008-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-iyulgacha ShNK 2.07.01—03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi yashash punktlari hududlarida qurilishni rivojlantirishni rejalashtirish” qoidalarining aholi yashash punktlarini qurishda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid qismiga belgilangan tartibda qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N. M. Xanov va R. S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son