Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Farmoyishi
Mazkur Farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli “Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Aholiga pensiyalar, nafaqalar toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarini toʻplash, mablagʻ bilan taʼminlash va ularning ishlatilishiga doir hisobot ishlari tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Aloqa vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi bilan kelishgan holda 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxonalari tomonidan pensiya va nafaqalarni toʻlash boʻyicha Yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” ish haqini tashkilotlarga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallarni toʻlashga doir topshiriqnoma mavjud boʻlgan taqdirda bersinlar hamda “Oʻzbekiston pochtasi” konserni aloqa tarmoqlarining pensiya va nafaqalarni toʻlash uchun naqd pul mablagʻlari olish yuzasidan buyurtmanomalarini birinchi navbatda taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallarni yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz vaqtida toʻlashi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda)
5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
38-f-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga
ILOVA
ILOVA
Aholiga pensiyalar, nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq pul mablagʻlarini toʻplash, mablagʻ bilan taʼminlash va ularning ishlatilishi boʻyicha hisobot ishlari
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1995-yil 1-martdan boshlab Pensiya jamgʻarmasini pensiya va nafaqalarni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, bevosita tuman (shahar) aloqa tarmoqlari tomonidan, toʻlov davri boshlanishidan kechi bilan 5 kun oldin oʻtkaziladi.
Bunda jamgʻarma banki muassasalariga va pensiyalarni yetkazib berish boʻyicha kichik korxonalarga mablagʻlarni oʻtkazishning amalda tartibi saqlanib qoladi.
2. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga pensiya va nafaqalarga boʻlgan ehtiyoj yuzasidan buyurtmanomalarni, tuman (shahar) aloqa tarmoqlariga, jamgʻarma banki muassasalariga va ijtimoiy taʼminot tizimining kichik korxonalariga esa pensiya va nafaqalar toʻlash yuzasidan vedomostlar va topshiriqnomalarni taqdim etadilar.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda)
3. Taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq Jamgʻarma pensiya va nafaqalarni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiradi, aloqa tizimining organlari, jamgʻarma banklari muassasalari hamda ijtimoiy taʼminot tizimining kichik korxonalari esa ularni ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan taqdim etilgan vedomost va topshiriqnomalar boʻyicha fuqarolarga toʻlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tuman (shahar) aloqa, ijtimoiy taʼminot organlari toʻlov davri tugagandan keyin har oyda pensiya va nafaqalarni toʻlashga hamda yetkazib berishga moʻljallangan mablagʻlar boʻyicha oʻzaro solishtirishni amalga oshiradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 2-son, 5-modda)