07.02.2006 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ADVOKATURA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 10-MODDASINING TOʻRTINChI QISMINI VA “ADVOKATLIK FAOLIYATINING KAFOLATLARI VA ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYaSI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 6-MODDASINING BEShINChI QISMINI ShARHLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga amal qilgan holda, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismini va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismini sharhlash haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala advokat A.R. Lutfullayevning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasining raisi B. Salomov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi S. Odilxoʻjayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzosi M. Gasanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari B. Jamolov va boshqalarning fikrlarini eshitib, ish boʻyicha mavjud materiallarni oʻrganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismida “Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emas”, deb koʻrsatilgan. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismida ham analogik norma nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu normalarda “boshqa javobgarlikka” soʻzlarining qoʻllanilishi ularni mazmunan qanday tushunish kerak, degan savolga javob berishni talab qiladi va shuning uchun ham ularga sharh berish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining tegishli normalarini va ish boʻyicha boshqa materiallarni tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining birinchi qismiga muvofiq “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga oʻzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar taʼminlab beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat koʻrsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”, deb koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismida va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismida bayon qilingan normani belgilayotganda shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari va normalarining ustunligidan ham kelib chiqqan deb hisoblaydi. Jumladan, Jinoyatlarning oldini olish boʻyicha BMTning sakkizinchi kongressi tomonidan 1990-yil avgust oyida qabul qilingan “Advokatlarning roli toʻgʻrisidagi asosiy qoidalar”da hukumatlar eʼtirof etilgan kasbiy vazifalari, standartlari va etika normalari asosida amalga oshirilgan har qanday harakatlari uchun advokatlarni jazolash yoki jazo qoʻllanishi bilan qoʻrqitish va ayblash, ularga nisbatan maʼmuriy, iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanishi mumkin emasligini taʼminlashlari shartligi nazarda tutilgan. Ushbu hujjatga muvofiq advokat sudda, tribunalda yoki boshqa yuridik yoki maʼmuriy organlarda oʻz burchini vijdonan bajarishi va kasbiy vazifalarini amalga oshirishi munosabati bilan ishga taalluqli yozma va ogʻzaki shaklda qilingan murojaatlari boʻyicha taʼqibdan jinoyat yoki fuqarolik immunitetiga ega boʻlishi lozimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib, qonun chiqaruvchi ushbu holatda yuridik javobgarlikni nazarda tutgan, deb hisoblaydi. Yuridik javobgarlikning jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, intizomiy va moddiy javobgarlik turlari borligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud qonunga muvofiq yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan advokatni yuridik javobgarlikning koʻrsatib oʻtilgan turlarining birortasiga ham tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1, 25, 26, 27-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismiga va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismiga quyidagi sharh berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismidagi va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismidagi “boshqa javobgarlikka” soʻzlarini mazmunan fuqarolik, maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka deb tushunish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining toʻrtinchi qismidagi va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismidagi norma advokatni qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy, intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emasligini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 40-modda)