Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh VA REKONSTRUKSIYA QILISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 25-OKTaBRDAGI PQ-499-SONLI QARORIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika yoʻl fondiga yigʻimlar toʻlash boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish hamda toʻlovlardan boʻyin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 36-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻlda boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobil va/yoki motokolyaska sotib oladigan barcha guruh nogironlari;”.
2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartish 2007-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 22-oktabr,
PQ-714-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 441-modda)