O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYUSHMASINI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ma’muriy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ta’sischilarining O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 11-oktabrdagi PF-3498-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-oktabr,
PF-3930-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 427-modda)