Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2025 24.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1719
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2025
Hujjat 04.10.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KREDIT UYUSHMALARI, MIKROKREDIT TASHKILOTLARI VA LOMBARDLAR TOMONIDAN KASSA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/16-sonli ““Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1719-4, 23.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7, 17 va 51-moddalari, “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 21-iyuldagi 20/3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lombardlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari toʻgʻrisida”gi 402-son qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 149-modda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar (keyingi oʻrinlarda — nobank kredit tashkilotlari) tomonidan kassa operatsiyalarni amalga oshirish, naqd pullarni va boyliklarni saqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha nobank kredit tashkilotlari oʻz pul mablagʻlarini banklarda saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nobank kredit tashkilotlari va yuridik shaxslar oʻrtasida hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda banklar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan banklardan olingan naqd pullar ular qanday maqsadlar uchun olingan boʻlsa, faqat oʻsha maqsad uchungina sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlari oʻz kassasida naqd pullarni kassadagi naqd pul qoldigʻining belgilangan limiti doirasida saqlashlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldigʻi limitlari ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ushbu nobank kredit tashkilotlari rahbarlari bilan har yili kelishilgan tartibda belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatilgan limitlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nobank kredit tashkilotlari kassadagi naqd pullar qoldigʻining limitini aniqlash maqsadida unga xizmat koʻrsatuvchi bankka 1-ilovaga muvofiq kassasidagi naqd pul qoldigʻi limitlarini belgilash uchun hisob-kitob taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassadagi limit qoldigʻi hisob-kitobini oʻrnatilgan tartibda taqdim etmagan nobank kredit tashkilotlarining kassa qoldigʻi limiti nolga teng, bankka topshirilmagan kassadagi naqd pul mablagʻlari esa limitdan ortiq deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarining kassasidagi naqd pullar qoldigʻining limiti xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan uning keyingi kun davomidagi normal ish faoliyatini tashkil etish uchun yetarli miqdorda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kassasidagi naqd pullar nobank kredit tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa xizmatlarni koʻrsatish uchun ishlatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nobank kredit tashkilotlari kassadagi naqd pul qoldigʻining belgilangan limitidan ortiqcha boʻlgan qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda oʻz bank hisobvaraqlariga kiritish uchun bankka topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar banklarning kunduzgi va kechki kassalariga inkassatorlar orqali topshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nobank kredit tashkilotlari oʻz kassalarida belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻlash uchun, bankdan olingan kunni qoʻshib hisoblagan holda 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun, shuningdek boshqa mayda xoʻjalik xarajatlariga naqd pul berish xizmat safarlariga yuborilayotgan shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq shu maqsadlar uchun berilishi lozim boʻlgan miqdorda, keyin hisobot berish sharti bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyin hisobot berish sharti bilan berilgan naqd pullarning sarflanmagan qismi ularga berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirilmasdan nobank kredit tashkilotlari kassasiga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot berish sharti bilan naqd pulni olgan shaxslar nobank kredit tashkilotlarining buxgalteriyasiga sarflangan summa toʻgʻrisida hisobot berishlari zarur. Ushbu shaxslar keyin hisobot berish sharti bilan beriladigan naqd pul faqat oldingi hisobot berish sharti bilan berilgan summalar boʻyicha mazkur shaxslar tomonidan toʻliq hisobot berilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Naqd pulni qabul qilish va topshirish boʻyicha kassa operatsiyalari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjat shakllari bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Naqd pullarni qabul qilish va berish hamda kassa hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Naqd pullarni qabul qilish paytida nobank kredit tashkilotlarining kassiri soʻmning toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”ning (1998-yil 18-dekabr, roʻyxat raqami 565) 1-ilovasiga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkiloti kassasi naqd pullarni naqd pulni kirim qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan, yaʼni ushbu nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) tomonidan ruxsat imzosi qoʻyilgan hujjatlar ilova qilingan kirim kassa orderlari boʻyicha qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar qabul qilinganda nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) tomonidan imzolangan, kassir muhri (shtampi) qoʻyilgan yoki kassa apparatining izi (ottiski) tushirilgan kvitansiya beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nobank kredit tashkilotlarining kassasidan naqd pullarni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar ehtiyojlari uchun berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nobank kredit tashkilotlarining kassasidan naqd pullarni bir martalik berilishi chiqim kassa orderlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu chiqim kassa orderlari nobank kredit tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) tomonidan imzolanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chiqim kassa orderi boʻyicha pul berish paytida kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni* koʻrsatishni talab qiladi, hujjatning nomi va raqamini, kim tomonidan va qachon berilganligini yozib qoʻyadi va pul oluvchidan imzosini qoʻydiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarida uning xodimlariga pul berilishi mazkur nobank kredit tashkiloti tomonidan berilgan guvohnoma boʻyicha, unda egasining surati mavjud boʻlgan holda, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat faqat oluvchi dastxati bilan binafsha, koʻk yoki qora siyohli sharikli ruchkada olingan summa: ______ soʻm (soʻzlar bilan), ______ tiyin (raqamlar bilan) koʻrsatilgan holdagina yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shaxsni tasdiqlaydigan hujjatlarga quyidagilar kiradi — pasport, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari (vid na jitelstvo), harbiy bilet yoki harbiy qismlar yohud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassir pullarni faqat chiqim kassa orderida yoki ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsga beradi. Agar pullar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha berilsa, order matnida pul oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismidan keyin buxgalteriya tomonidan pul olishiga ishonchnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi. Agar pul qaydnoma boʻyicha berilsa, pul olinganligi haqidagi imzodan oldin kassir “Ishonchnoma boʻyicha” deb yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma boʻyicha naqd pullarni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya va nafaqalar toʻlovi, shuningdek jismoniy shaxslarga depozitlarini berishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar kassir tomonidan toʻlov qaydnomalari boʻyicha har bir pul oluvchiga chiqim kassa orderi tuzilmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov qaydnomasining sarvaragʻi (titul varagʻi)da pul berishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida, pul berish muddatlari va summasi yozuv bilan koʻrsatilgan hamda nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalterining (agar buxgalter mavjud boʻlsa) imzolari qoʻyilgan holda, ruxsat yozuvi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun 8-bandida belgilangan muddat tugagandan keyin kassir quyidagilarni amalga oshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov qaydnomasida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash amalga oshirilmagan shaxslarning familiyasi qarshisiga “Deponentlandi” degan shtamp qoʻyishi yoki qoʻlda yozib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deponentlangan summalar reyestrini tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaydnoma oxirida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalda toʻlangan summasi hamda ularning olinmagan summasi, deponentga oʻtkazilishi lozim boʻlgan summani yozib qoʻyishi, ushbu summalarni toʻlov qaydnomasi boʻyicha jami summa bilan solishtirishi va yozuvni oʻz imzosi bilan tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa daftariga amalda toʻlangan summani yozishi va qaydnomaga “….-sonli chiqim kassa orderi” shtampini qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya toʻlov qaydnomalarida kassir tomonidan qayd qilingan yozuvlarni tekshiradi va ular boʻyicha berilgan hamda deponentga oʻtkazilgan summalarni jamlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deponentga oʻtkazilgan summalar bankka topshiriladi va topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kirim kassa orderlari va ularning kvitansiyalari, shuningdek chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan binafsha, koʻk yoki qora sharikli ruchka bilan yoki yozuv mashinkasida (kompyuterda) aniq va ravshan yozilib toʻldirilishi shart. Ushbu hujjatlarda ustidan oʻchirib yozishga, tuzatishlar kiritishga, izoh berilgan holda ham, yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos koʻrsatiladi va ularga ilova qilingan hujjatlar sanab oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa orderlarini pul topshirayotgan yoki olayotgan shaxslar qoʻliga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni kassa orderlari boʻyicha qabul qilish va topshirish faqat ular tuzilgan kuni amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlarni olish vaqtida kassir quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarda bosh buxgalter imzosi mavjudligi va uning haqiqiyligini, chiqim kassa orderida nobank kredit tashkiloti rahbarining ruxsat berganligi toʻgʻrisida imzosi mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarda sanab oʻtilgan ilovalarning mavjudligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarning birortasiga rioya qilinmagan taqdirda kassir hujjatlarni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa orderlari, ular asosida pul olingani yoki berilganidan keyin, darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlar ustiga sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatilgan holda, “Toʻlandi” degan shtamp bosiladi yoki shunday yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kirim va chiqim kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnalida roʻyxatga olinadi. Ish haqini toʻloviga doir toʻlov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari u berilgandan keyin roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kassa daftarini yuritish va pullarni saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nobank kredit tashkilotlarining barcha tushumlari va naqd pullar berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kassa daftarining varaqlari raqamlangan, tikilgan boʻlishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalterning (agar buxgalter mavjud boʻlsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftarida oʻchirib-yozish va izohsiz tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar kassir, shuningdek nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir order yoki uning oʻrniga oʻtadigan boshqa hujjat boʻyicha pul berilganidan yoki pul olingandan keyin kassir tomonidan darhol kassa daftariga yozib qoʻyiladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun davomidagi operatsiyalar yakunini hisoblaydi, keyingi kunga kassadagi pullar qoldigʻini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo chektirib topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kassa daftari toʻgʻri yuritilishini nazorat etish nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud boʻlsa) zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toʻlov qaydnomasida yoki chiqim kassa orderida oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan holda kassadan berilgan pul kassada naqd pullar qoldigʻini hisoblashda eʼtiborga olinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va nobank kredit tashkilotlarining daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kassada pullar va boshqa qimmatliklarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har bir nobank kredit tashkiloti naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun oʻz kassasiga ega boʻlishi lozim. Naqd pullarni qabul qilish, berish hamda vaqtinchalik saqlash, shuningdek boshqa qimmatliklarni vaqtinchalik saqlash uchun moʻljallanib, alohida ajratilgan hamda maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalari “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”ning (1998-yil 18-dekabr, roʻyxat raqami 565) 3-ilovasiga muvofiq texnik jihatdan mustahkamlanishi va qoʻriqlash — yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobank kredit tashkilotlarining rahbarlari kassani tegishli ravishda jihozlanishi va pullarning kassa xonasida saqlanishini, shuningdek, ularni bankdan olib yetkazib berishda hamda bankka topshirishda pullarni but saqlanishini taʼminlashlari shart. Rahbarlarning aybi bilan pul mablagʻlarini saqlash va tashish vaqtida pullarining but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini saqlash va tashish paytida ularning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar 2-ilovada keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Barcha naqd pullar nobank kredit tashkilotlarida yonmaydigan seyflarda saqlanadi, ular kassa ishi tugaganidan keyin kalit bilan qulflanadi va kassirning surgʻuchli muhri bilan muhrlanadi. Seyf kalitlari va muhrlar kassirlar (kassir)da saqlanadi va ularni shartlangan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Seyflar va metall javonlar turgan xonalarning eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ushbu seyflar va javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalitlarning hisobga olingan dublikatlari kassirlar tomonidan surgʻuchlangan xaltalarda nobank kredit tashkilotlarning rahbarlarida saqlanadi. Kamida har chorakda bir marta ularning nazorat tekshiruvi oʻtkaziladi. Kalit yoʻqolgani aniqlangan hollarda nobank kredit tashkiloti rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar beradi va zudlik bilan seyflarning qulfini almashtirish uchun choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nobank kredit tashkilotiga tegishli boʻlmagan naqd pullar va boshqa boyliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kassa xonasini va seyfni ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlar butligini koʻzdan kechirishi, qoʻriqlash signalizatsiyasining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhrning yoʻqligi yoki shikastlanganligi, qulf, eshik yoki panjaralar shikastlanganligi hollarida kassir zudlik bilan bu haqda nobank kredit tashkiloti rahbarini xabardor qilishi lozim, rahbar esa sodir boʻlgan voqea toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga xabar beradi va ushbu organ xodimlari yetib kelgunga qadar kassani qoʻriqlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) hamda kassir ichki ishlar organining ruxsatini olganidan soʻng, kassada saqlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar mavjudligini tekshiradi. Ushbu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim. Tekshiruv natijalari toʻgʻrisida 3 nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda qatnashgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi — ichki ishlar organlariga, ikkinchi nusxasi — yuqori nobank kredit tashkilotiga (agar u mavjud boʻlsa) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa nobank kredit tashkilotining oʻzida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, kassir oʻzi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun hamda nobank kredit tashkilotiga oʻzining qasddan qilingan harakatlari, shuningdek, oʻz vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan qarashi natijasida yetkazilgan zarar uchun toʻla moddiy javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kassirning ishga tayinlanganligi toʻgʻrisida buyruq chiqarilganidan keyin, nobank kredit tashkiloti rahbari kassirni Kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari bilan unga imzo chektirgan holda tanishtirishi lozim. Shundan keyin kassir bilan uning toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kassirga oʻziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassir bitta boʻlgan nobank kredit tashkilotlarda, u vaqtincha almashtirilishi zarur boʻlgan hollarda, kassir vazifasini bajarish nobank kredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. Bu xodim bilan 30-bandda koʻzda tutilgan shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir oʻz ish joyini toʻsatdan qoldirgan (kasal boʻlishi va b.) hollarda uning hisobidagi qimmatliklar darhol nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud boʻlsa) ishtirokida yoki nobank kredit tashkiloti rahbari tayinlangan shaxslardan tarkib topgan komissiyaning ishtirokida boshqa kassir tomonidan qayta sanaladi va unga ushbu qimmatliklar topshiriladi. Qimmatliklarni qayta sanash va topshirish natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va unga yuqorida koʻrsatilgan shaxslar imzo chekadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Garovga qoʻyilgan ashyolarni lombard tomonidan saqlash xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Lombardda garovga olingan ashyolarni saqlash, ularning but saqlanishini taʼminlash, ularga zararli taʼsir koʻrsatilishi hamda begona shaxslar kirishini istisno etadigan shart-sharoitlar taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Garovga qoʻyilgan ashyolarni saqlash joylarida boshqa ashyolarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Lombardlar, kassadan tashqari, lombard tomonidan garovga olingan ashyolarni saqlash uchun alohida xonaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu xonada deraza oʻrinlari boʻlmasligi va xona mazkur Qoidalar talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nobank kredit tashkiloti rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin kamida har chorakda bir marta, kassa toʻsatdan taftish qilinib, kassadagi barcha pullar birma-bir sanaladi va boshqa qimmatliklar tekshiriladi. Kassada taftish oʻtkazish uchun nobank kredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tayinlanadi. Mazkur komissiya taftish oʻtkazib, bu toʻgʻrida dalolatnoma tuzadi. Taftish natijasida kassadagi boyliklar kam yoki ortiqcha chiqqanligi aniqlansa, kamomad yoki ortiqcha summa miqdori va ular vujudga kelgan vaziyatlar dalolatnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari mavjudligini tekshirish dalolatnomasining namunaviy shakli 3-ilovada keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nobank kredit tashkilotlari tomonidan ushbu Qoidalar talablariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar talablari buzilganligi aniqlanganda nobank kredit tashkilotlari rahbaridan aniqlangan qoidabuzarlik va kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etilishi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kassa intizomining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik nobank kredit tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassasidagi naqd pul qoldigʻi limitlarini, naqd pul tushumlarini topshirish tartibi va muddatlarini belgilash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOB-KITOB
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_____ yil
‎_______________________________________________

‎‎(nobank kredit tashkilotining nomi)

№‎ Koʻrsatkichlar‎ Nobank kredit tashkiloti tomonidan loyihalashtirilgan‎ Bank tomonidan tasdiqlangan‎
1.‎ Naqd pul mablagʻlarining kunlik kirimi‎
2.‎ Ish haqi, vaqtinchalik ishga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar, stipendiyalar va safar xarajatlaridan tashqari, hisobot oyida boshqa ehtiyojlarga toʻlangan jami naqd pullar, jumladan:‎
2.1.‎ Jismoniy shaxslarga kreditlar va mikroqarzlar berish‎
2.2.‎ Jismoniy shaxslar depozitlarini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash (kredit uyushmalari boʻyicha)‎
2.3.‎ Jami toʻlangan naqd pul mablagʻlari (2.1-satr + 2.2-satr) ‎
3.‎ Kreditlar va depozitlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun kassadan amalga oshirilgan kunlik oʻrtacha xarajat (2.3-satr / 22)‎
4.‎ Kassa qoldigʻining limiti ‎
5.‎ Naqd pul mablagʻlarini topshirish tartibi‎
6.‎ Naqd pul mablagʻlarini topshirish muddatlari ‎

‎Nobank kredit tashkilotining rahbari ‎



‎_________________________________

‎‎(ismi-sharifi, imzo)


‎Bosh buxgalter (agar mavjud boʻlsa) ‎



‎_________________________________

‎‎(ismi-sharifi, imzo)


‎Bankning rahbari‎

‎‎
‎_________________________________

(ismi-sharifi, imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini saqlash va tashish paytida ularning butligini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nobank kredit tashkilotlari rahbarlariga kassa operatsiyalarini yuritish, qoʻriqlash — yongʻindan ogohlantirish vositalariga qarash, pul mablagʻlarini qoʻriqlash va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishga qabul qilishda yoki lavozimlarga tayinlashda yoki yuqorida koʻrsatilgan ishlarga vaqti-vaqti bilan jalb etishda ushbu shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish uchun ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalariga murojaat etish tavsiya qilinadi. Bunda kassa operatsiyalarini yuritish, qoʻriqlash — yongʻindan ogohlantirish vositalariga qarash, pul mablagʻlarini qoʻriqlash va tashish ishlariga quyidagi shaxslarni jalb etishga ruxsat etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ilgari jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlanganligi belgilangan tartibda bekor qilinmagan yoki sud tomonidan belgilangan zararlarning qiymatini toʻlab boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali yuqumli kasalligi bor shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini muntazam ravishda buzib turuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirtli ichimliklar yoki shifokor ruxsatisiz giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nobank kredit tashkilotlari rahbari kassirni pul mablagʻlari va boyliklarni bank muassasalaridan olib kelish yoki ularga topshirish paytida zarurat tugʻilganda ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanishini hamda transport vositasi bilan taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul mablagʻlarini tashish vaqtida kassir va unga hamrohlik qiluvchi shaxsga hamda transport vositasi haydovchisiga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat yoʻnalishi va yetkazib boriladigan pul mablagʻlari hamda qimmatliklar summasi miqdorini oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasiga nobank kredit tashkiloti rahbari tomonidan pul mablagʻlari hamda boyliklarni yetkazish uchun tayinlanmagan shaxslarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyoda, yoʻlovchi yoki jamoat transportida yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻkonlar, bozorlar va shu singari joylarga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biron-bir topshiriqni bajarish va har qanday boshqa yoʻl bilan pul va qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazishdan chalgʻish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎___________________________________________________

(nobank kredit tashkiloti)

‎‎______________________________________________ sexi
‎______________________________________da joylashgan

‎Mavjud naqd pullarni mavjudligini tekshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎ _____ -son 200___ yil “____” _____________

‎Tilxat

‎‎
‎‎Tekshirish boshlanishidan oldin pul mablagʻlariga doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirildi, mening javobgarligimga kelib tushgan barcha pul mablagʻlari kirim qilindi, chiqib ketganlari esa chiqimga kiritildi.

‎Moddiy javobgar shaxs

_________________

‎‎____________

_____________________

‎‎lavozimi

‎‎imzosi

‎‎ismi-sharifi

‎‎200____ yil “____” ________dagi ____ -sonli buyruq (farmoyish) ga asosan 200 ___ yil “____” _________dagi holatidagi pul mablagʻlarining mavjudligi tekshirildi.
‎‎
‎Tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:

‎‎naqd pullar

‎‎_____________soʻm

‎‎______ tiyin‎


‎Jami amalda mavjud boʻlgan mablagʻlar __________ soʻm ____ tiyin
‎_______________________________________________________________

‎‎yozuv bilan

‎‎Hisob maʼlumotiga koʻra‎‎‎_____________soʻm‎ ‎‎______ tiyin‎
‎‎Tekshirish natijalari:‎
‎‎ortiqchalik __________________________________________________
‎kamomad _____________________________________________________
‎‎
‎‎kassa orderlarining oxirgi raqamlari:‎‎‎
‎‎kirim orderi № _______ chiqim orderi № _____________
‎‎
‎Komissiya raisi:


‎_________________


‎____________


‎_____________________

lavozimi

‎‎imzosi‎

‎‎ismi-sharifi‎


‎Komissiya aʼzolari

‎‎_________________

‎‎____________‎

‎‎_____________________‎

‎‎lavozimi

‎‎‎‎imzosi‎

‎‎ismi-sharifi‎

_________________‎‎‎

____________‎‎‎

_____________________‎‎‎

‎‎lavozimi ‎‎‎

‎‎‎‎imzosi‎ ‎‎‎

‎‎ismi-sharifi‎ ‎‎‎

_________________‎‎‎ ‎‎‎

____________‎‎‎

_____________________‎‎‎

‎‎lavozimi ‎‎‎

‎‎‎‎imzosi‎ ‎‎‎

‎‎ismi-sharifi‎ ‎‎‎

‎‎Dalolatnomada koʻrsatilgan pul mablagʻlarini saqlash mening zimmamda ekanligini tasdiqlayman.
‎‎
‎‎Dalolatnomaning orqa tomoni.
‎‎
‎‎Ortiqcha yoki kamomad sabablarini tushuntirish ____________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎‎
‎‎Moddiy javobgar shaxs
‎Nobank kredit tashkiloti
‎rahbarining qarori ______________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________‎
‎‎________________________________

‎‎___________________

‎‎(imzo)

‎‎20___ yil “____” _______________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma kassada amalda mavjud boʻlgan pul mablagʻlari (naqd pullar va boshqalar)ni tekshirish natijalarini aks ettirish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kassadagi barcha pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklarni toʻliq qayta sanash yoʻli bilan mavjud pullarni tekshiradi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va roʻyxatga olish komissiyasi hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi nobank kredit tashkiloti buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish boshlangunga qadar har bir moddiy javobgar shaxsdan yoki pul mablagʻlarining saqlanishi uchun javobgar shaxslar guruhidan tilxat olinadi. Tilxat mazkur shaklning sarlavha qismiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgar shaxslar almashganida dalolatnoma uch nusxada tuziladi (boyliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, boyliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga va buxgalteriyaga berish uchun).