Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2012 26.09.2007 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2012
Hujjat 26.09.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT TIZIMLARI VA TELEKOMMUNIKATSIYALAR MASALALARI AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 255-sonli “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 21-sentabrdagi F-2836-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov bir hafta muddatda Departament xodimlarining funksional vazifalarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining yettinchi xatboshi, shuningdek ushbu qarorga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov hamda Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 26-sentabrdagi 204-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 21-sentabrdagi F-2836-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati samaradorligini oshirish, arxiv ishi va mualliflik huquqini himoya qilish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tizimida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq boʻlgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishini ragʻbatlantirish va tashkil qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini hamda “Elektron Hukumat” konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni taʼminlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish, axborot tizimlari va resurslari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining axborotlashtirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat axborot tizimlari va resurslari, axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida axborot tizimlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirilishini maqsadli va aniq moʻljalli ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishda tengsizlikni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan va samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish, davlat axborot resurslarini, axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi ahvol monitoringi va tahlilini, axborot tizimlarini rivojlantirishdagi sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarni baholashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ahvoli boʻyicha monitoring olib borish, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborotlashtirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot tizimlari va resurslarini, axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, axborot tizimlari va tarmoqlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning, ularni xalqaro standartlar va talablarga muvofiq oʻzaro bogʻliq holda mutanosib rivojlantirishning borishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning turli tarmoqlari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etish hamda qishloq joylarda axborotlashtirishning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish boʻyicha taʼsirchan va samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborotlashtirish, axborot tizimlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida, boshqaruv tizimida, bank va moliya tizimlarida, yirik ishlab chiqarish korxonalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlarining ahvoli mezonlari va tahlili tizimlarini ishlab chiqishga doir ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalarning axborotlashtirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, bank va sugʻurta sektorlarida, on-layn toʻlov tizimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ragʻbatlantirish va tashkil etish, elektron tijoratni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik, ishlab chiqarish, fan va taʼlim, moliya, tibbiyot, axborot va bank xizmatlari, transport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish boʻyicha monitoring olib borish, tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda sifatli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni va ularni eksport qilishni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratish, kompyuter texnikasi hamda ularga butlovchi buyumlar yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etish, erkin ilm-fan va texnologiya zonalari yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ahvoli monitoringini olib borish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning milliy axborot resurslari va tizimlari axborot xavfsizligini, xizmatlar va servis sohasida on-layn toʻlov tizimlarining ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlaridan foydalanishda axborotlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, texnik talablar, qoidalar va standartlarning bajarilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish, maqsadli oʻrganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash shakllari va metodlarini takomillashtirish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, axborotlar almashishning himoyalangan elektron shakllariga izchil ravishda bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlariga noqonuniy kirish hollarini bartaraf etishni taʼminlaydigan dasturiy-texnik vositalarni qoʻllanish boʻyicha axborot tizimlarini boshqarishga yagona talablarni shakllantirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini axborot xavfsizligini taʼminlash talablari boʻyicha majburiy tartibda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron Hukumat” obyektlarini va komponentlariga xavflarni tasniflashni tashkil etish hamda Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan mintaqaviy darajada amalga oshirish jarayonida axborotni himoyalashning zarur darajasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ahvoli monitoringini olib borish, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pochta va telekommunikatsiyalar, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, mualliflik huquqlarini himoya qilish va arxiv ishi sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari, ommaviy axborot vositalari faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish, noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqlari va aralash huquqlarni himoya qilish masalalarida davlat siyosatini shakllantirish va uning amalga oshirilishini taʼminlashda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, pochta va telekommunikatsiyalar, ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar, ommaviy axborot vositalari faoliyati, noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining pochta va telekommunikatsiyalar, ommaviy axborot vositalari faoliyat koʻrsatishi va ularni rivojlantirish, noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqlari va aralash huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar korxonalarini, nashriyotlar va matbaa korxonalarini, kitob savdosi hamda bosma mahsulotlarni tarqatish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarining barcha turlari faoliyati, ularni tarqatish tizimi monitoringini olib borish va uni tahlil qilish, ommaviy axborot vositalari bozorida raqobat muhitini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, boshqarish va xoʻjalik munosabatlari tizimiga bozor tamoyillarini keng joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning ahvoli monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, arxiv ishi tizimi ishlarining samaradorligini oshirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanishini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, tashkilotlari va muassasalarida ish yuritishning, shu jumladan elektron hujjatlar aylanishi tizimini qoʻllagan holda ish yuritishning samaradorligi va funksionalligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik huquqlari va aralash huquqlarni himoya qilishning samarali tizimi faoliyat koʻrsatishi monitoringini oʻtkazish va uni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tizim ishlari samaradorligini oshirish va uni takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar, matbaa korxonalari va nashriyotlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha monitoring tashkil etish va uni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini, matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash hamda arxiv ishi, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifatini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash, pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek pochta aloqa vositalari orqali pensiyalarni oʻz vaqtida yetkazib berish masalalarini oʻrganish, tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar sohasi, shuningdek mutasaddilik qilinadigan boshqa tarmoqlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning ahvoli monitoringini olib borish, ularning zarur ixtisosdagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishi, matbaa faoliyatiga, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish tizimiga, arxiv ishi va ish yuritishga, mualliflik huquqlarini va aralash huquqlarni himoya qilish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng jalb etilishini tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyati, arxiv ishi va ish yuritish, ommaviy axborot vositalari, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish tizimlari samaradorligini oshirish va rivojlantirish vazifalarini kompleks hal etishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida, axborot bozorini tartibga solish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyati, kitoblar va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish, arxiv ishi va ish yuritish, mualliflik huquqlarini va aralash huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish monitoringini olib borish va uni tahlil qilish, ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi boshqaradigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohalarda va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish kompleks dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma, hisobot materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlaydi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda hamda ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar kollegial organlari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament boshqaradigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarning ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqilishi tashkil etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Departamentning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Departamentning tuzilmasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash; pochta va telekommunikatsiyalarni, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, mualliflik huquqini himoya qilish va arxiv ishi masalalari boʻyicha shuʼbalar kiradi. Shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Departamentning ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departamentning ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning ish rejalari, Departament mudirining va shuʼbalar mudirlarining shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Departament mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament boshqaradigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament boshqaradigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shuʼba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi boshqaradigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini, ularni tayyorlash maqsadida, muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shuʼba mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudiri belgilaydigan shuʼba bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoq boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar toʻgʻrisida shuʼba mudiriga, Departament mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallar, prognozlar va ekspert xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va shuʼba mudiriga, Departament mudiriga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini, ularni tayyorlash maqsadida, muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Departament mudiri, shuʼba mudiri va bosh mutaxassisning topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini, ularni tayyorlash maqsadida, muhokama qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 404-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 2011-y.,36-son, 367-modda)