Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AKTIVLARINI SOTIShDAN TUShGAN, XOʻJALIK BOShQARUVI AYRIM ORGANLARI USTAV FONDINI ShAKLLANTIRISh UChUN BERILGAN MABLAGʻLARNI TAQSIMLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat aktivlarini sotishdan tushayotgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga 1-ilovaga* muvofiq tegishli xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning ustav fondidan chiqarilayotgan davlat aktivlarini, sotishdan tushadigan mablagʻlarni Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmasida jamlagan holda, sotish huquqi berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat aktivlarini sotishdan olingan mablagʻlarni 2-ilovaga* muvofiq taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq uyushmaga tushayotgan mablagʻlarni jamlash va ulardan uyushma tomonidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda:
mablagʻlarning qaytarish, shuningdek yiliga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov toʻlash shartlari bilan paxta tozalash korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilishi;
uyushma tomonidan unga tushgan mablagʻlarning 2012-yildan boshlab 3 yil mobaynida davlatga qaytarilishi nazarda tutilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-sentabr,
202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 403-modda; 2011-y., 10-11-son, 100-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)