12.06.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING 53, 54-MODDALARI BILAN 257-MODDASI OʻRTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNI BARTARAF ETISh TOʻGʻRISIDA TAKLIF KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimova tarkibida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda ochiq majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53, 54-moddalari bilan 257-moddasi oʻrtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taklif kiritish haqida”gi ishni koʻrdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning koʻrilishiga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53, 54 va 257-moddalaridagi aniqlangan nomuvofiqliklar va Konstitutsiyaviy sud sudyalari U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq koʻrsatgan tashabbusi asos boʻldi. Mazkur masalani oʻrganishga Taxiatash shahar sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi A. Madreimovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, maʼruzachi sudya S. Haqimovaning axborotini tinglab, taraflar va mutaxassislar: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakili A. Yuldashevning, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining vakili N. Otabekovning, Konstitutsiyaviy sud Ilmiy-maslahatlashuv kengashi aʼzosi M. Azimovning fikrlarini eshitib, ish boʻyicha materiallarni oʻrganib chiqib aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53-moddasi sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishni belgilaydi (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeksning 54-moddasi karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima shaklidagi javobgarlikni nazarda tutadi (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayQonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6 son, 102-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq quyidagilar davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tumanlarga boʻlingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarga boʻlinmagan shaharlarning, tumanlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va tarmoq uchastkalarining bosh davlat sanitariya vrachlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolar 257-moddaning ikkinchi qismiga muvofiq emas. Qarama-qarshiliklar shundan iboratki, amaliyotda jarima solish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi hamda uning oʻrinbosarlari, 53, 54-moddalarda nazarda tutilgan jazolarni toʻliq qoʻllay olmaydilar. Shu munosabat bilan ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53, 54-moddalarining qoidalari 257-moddasining ikkinchi qismiga nomuvofiq deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53, 54-moddalari bilan 257-moddasining ikkinchi qismi oʻrtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish toʻgʻrisida taklif kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlarining huquqni tatbiq qilish amaliyotida bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli oʻzgartirishlar kiritgunga kadar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 53 va 54-moddalari qoidalariga amal qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 12-iyun
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 2001-yil 15-iyun, 117 (2679)-son)