Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ajrimi
1997-YIL 30 AVGUSTDAGI “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNING VA VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 19 APRELDAGI “FAOLIYATNING AYRIM TURLARI BILAN ShUGʻULLANISh UChUN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI QARORINING KONSTITUTSIYAGA MOSLIGI HAQIDAGI IShNI YURITIShNI TUGATISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanovdan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Raisining Konstitutsiyaviy sudning majlisiga kiritilgan “1997-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” degan bandini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi toʻgʻrisidagi masalani chaqirib olish haqidagi arizasini oʻzining ochiq majlisida koʻrib chiqdi.
Masalani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 2001-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarorining qabul qilinishi munosabati bilan kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Reglamentining 18-moddasiga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud ajrim qildi:
Oliy xoʻjalik sudining Raisi tomonidan Konstitutsiyaviy sud majlisiga kiritilgan 1997-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi toʻgʻrisidagi masala chaqirib olinishi munosabati bilan mazkur ish boʻyicha ish yuritish tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Konstitutsiyaviy sudi
Toshkent sh.,
2001-yil 6-fevral