05.07.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ADVOKATURA TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI 6-MODDASI BIRINChI QISMINING BEShINChI XATBOShISIGA ShARH BERISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov. sudyalar B. Mirboboyev, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjonovlardan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga sharh berish haqidagi masalani koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala advokat X. Nurmuhamedovning Konstitutsiyaviy sudga Qonunning ushbu normasiga sharh berishni soʻrab qilgan murojaati munosabati bilan sudyalar B. Eshonov, B. Mirboboyev va G. Pirjonovlarning “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq koʻrsatgan tashabbusi bilan kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi sudya B. Mirboboyevning axborotini mutaxassislar Oʻzbekiston Advokatlar hayʼati raisi S. Yoqubov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari P. Samatov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari M. Gasanov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining yetakchi konsultanti Sh. Berdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining boʻlim mudiri K. Rashidov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi H. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazi direktori S. Otaxoʻjayevning fikrlarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat X. Nurmuhamedovning murojaatida qayd etilishicha, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilganidek, advokat kasb faoliyatini amalga oshirish chogʻida “yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlar xulosalarini mijozning roziligi bilan soʻrash va yozma tarzda olish” huquqiga egadir. Qonunning ushbu qoidasiga muvofiq X. Nurmuhamedov H. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markaziga ekspertning yozma xulosasini soʻrab murojaat qilgan. Ammo, H. Sulaymonova nomidagi Respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markazi advokatning bunday huquqi protsessual kodekslarda mustahkamlanmaganligi sababli uning iltimosini rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, Qonunning ushbu normasiga nisbatan bir-birini inkor etuvchi tushunchalar vujudga kelgan, bu esa huquqni qoʻllash amaliyotida xatoliklarga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun ushbu normani bir xil va toʻgʻri qoʻllash maqsadida unga rasmiy sharh berish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun normalarini tahlil qilib va ularni protsessual kodekslarning alohida normalari bilan taqqoslab hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning koʻrsatilgan normasi advokatga yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlar xulosalarini mijozning roziligi bilan aynan ekspertiza muassasasi yoki ekspertdan soʻrash va yozma tarzda olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun chiqaruvchi advokatning ushbu huquqini belgilab, ekspertiza muassasalariga va ekspertlarga advokatga ekspertlarning yozma xulosalarini berish majburiyatini yuklagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, ekspertiza muassasalari yoki ekspertlar advokatning soʻrovnomasiga binoan mijozning roziligi boʻlgan taqdirda yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan yozma xulosalar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9- va 27-moddalariga muvofiq ushbu sharh majburiy va matbuotda eʼlon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 5-iyul
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 2000-yil 12-iyul, 133 (2430)-son)