16.01.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT KODEKSINING 118-MODDASINI QOʻLLANIShNING KONSTITUTSIYAGA MUVOFIQLIGINI TEKShIRISh TOʻGʻRISIDAGI ISh BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi sud raisi B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjanovdan iborat tarkibda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 1-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasining toʻrtinchi qismiga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118-moddasini tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining muddatini belgilashga nisbatan qoʻllanishining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining murojaati munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjanovning “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq koʻrsatgan tashabbusi masalani koʻrib chiqishga asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya G. Pirjanovning axborotini, ekspert, dotsent M. Gasanovning fikrini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga koʻra xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas (115-moddaning birinchi qismi). Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sogʻligʻi holati, mehnat sharoitlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga holatlarni inobatga olib, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlar (242-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruh nogironi boʻlgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar (117-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar (118-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeksda dastlabki ikki toifadagi barcha xodimlar uchun istisnosiz ish vaqtining qisqartirilgan muddati nazarda tutilgan. Uchinchi toifadagi xodimlarga ish vaqtining qisqartirilgan (haftasiga 36 soatdan oshmaydigan) muddatini berish, avvalo, tarmoq (tarif) kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida yoki kasaba qoʻmitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi kelishuvlarida bunday ishlar roʻyxati mavjudligiga bogʻliq boʻladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati (haftasiga 36 soatdan oshmaydigan) chegarasini belgilash huquqi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan uch toifadagi xodimlardan farqli ravishda alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar doirasi muqarrar emas. Mehnat kodeksining 118-moddasi mehnati yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq barcha xodimlarni shundaylardan deb hisoblaydi. 118-moddaga koʻra, ish vaqtining haftasiga 36 soatdan oshmaydigan muddati “ayrim toifadagi xodimlar (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar)” uchun belgilanadi. Mazmunan bu “ayrim toifadagi xodimlar” jumlasiga tibbiyot va pedagog xodimlarning faqat ayrim toifalari emas, balki barchasi kirishini bildiradi. Modda matnida “va boshqalar” degan soʻzlar ishlatilishiga kelganda, bunda ana shunday xodimlarning roʻyxati va ular ish vaqtining muddati, moddada yozilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy norma matnini tushunishdagi har qanday shubha inson huquqlari ustunligi inobatga olinib hal etilishi lozim. 118-moddaning mazmuni keng izohlanishi zarurligini quyidagilar ham tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kodeksi amalga kiritilgunga qadar, yaʼni 1996-yil 1-aprelgacha amalda boʻlgan qonun hujjatlariga koʻra, deyarli barcha tibbiyot xodimlari ish vaqtining qisqartirilgan muddati huquqidan foydalanuvchilar toifasiga kiritilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar roʻyxati” ish vaqtining qisqartirilgan muddati huquqiga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari doirasini ancha cheklab qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan mehnat huquqlarini himoya qilish manfaatlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118-moddasi mazmunidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 11-martda tasdiqlagan “Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar roʻyxati”da koʻrsatib oʻtilmagan tibbiyot xodimlarining ish vaqti normasi bir haftada oʻttiz olti soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyatga oʻrin yoʻq va u “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slova” gazetalarida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 16-yanvar