17.06.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997 YIL 11 MARTDAGI 133-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN «YoZMA HOLDAGI MYeHNAT ShARTNOMASI (KONTRAKT) TUZISh YuZASIDAN TAVSIYaLAR» UMUMIY QISMI IKKINChI XATBOShISINING KONSTITUSIYaVIYLIGINI TYeKShIRISh TOʻGʻRISIDAGI ISh BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov, G. Pirjanovlardan iborat tarkibda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining taraf sifatidagi manfaatlarini ifodalovchi L. Krutsova, ekspert, dotsent M. Gasanov ishtirokida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi 1-bandiga va «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi Qonunning 1-moddasiga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan «Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» umumiy qismi ikkinchi xatboshisining Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya O. Ernazarovning axborotini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan «Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarda shu narsa nazarda tutilganki, yozma holda mehnat shartnomasi (kontrakt) doimiy ishlovchi (nomuayyan muddatga ishga qabul qilinadigan) xodimlar bilan ham, muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga kiradigan xodimlar bilan ham tuziladi. Tavsiyalarga muvofiq, besh yildan oshmagan muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan tuzilgan shartnoma muddatli mehnat shartnomasi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining vakilini, ekspertning xulosasini eshitib, Konstitutsiyaning, Mehnat kodeksining normalarini tahlil etib, Konstitutsiyaviy sud Vazirlar Mahkamasining normativ hujjati xodimlarning mehnat huquqlarini cheklab qoʻyadi degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Shundan kelib chiqib, hech bir normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va prinsiplariga zid boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan. Mehnat kodeksining 75-moddasi mehnat shartnomalarini nomuayyan muddatga, besh yildan oshmagan muayyan muddatga va muayyan ishni bajariladigan muddatga tuzishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kodeksi, avval amalda boʻlgan Mehnat qonunlari kodeksidan farqli ravishda, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishni nazarda tutmaydi. Shu sababli sobiq Ittifoqning mehnatga oid qonun hujjatlarining umumiy qoidalaridan olingan bir qator istisnolarni nazarda tutuvchi, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlarning mehnat huquqlarini ancha cheklab qoʻyuvchi normativ hujjatlari 1996 yil 1 apreldan, yaʼni Mehnat kodeksi amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kodeksi xodimlarni vaqtinchalik yoki mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan ishga qabul qilish imkoniyatini aslo istisno etmaydi. Ana shu xodimlarga nisbatan muddatli mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha umumiy normalar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan. Hukumatning normativ hujjatlari Konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi darkor. Biroq, ushbu holda Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolati doirasidan chiqib ketgan va koʻrsatib oʻtilgan Tavsiyalarni «Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 20-moddasini buzgan holda qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlar asosida va «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi Qonunning 19, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan «Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» umumiy qismining «Vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish toʻgʻrisida»gi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qaror matbuotda eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi, qatʼiy, uning ustidan shikoyatga oʻrin yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997 yil 17 iyun
(«Xalq soʻzi» gazetasi, 18 iyun 1997 y., 130 (1647)-son)