25.02.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORAZM VILOYaTI HOKIMLIGINING 1996 YIL 11 NOYaBRDAGI 275-RAQAMLI QARORI BILAN QABUL QILINGAN «VILOYaT HUDUDIDA BADIIY JAMOALAR KONSYeRT GASTROL FAOLIYaTINI HAMDA YaKKA IJROChILARNING TOʻY VA MAROSIMLARDA BADIIY XIZMAT KOʻRSATIShLARINI TARTIBGA SOLISh MAQSADIDA DAVLAT RUXSATNOMASI (LISYeNZIYa) BYeRISh HAMDA MADANIY XIZMAT BYuROSI FAOLIYaTI TOʻGʻRISIDA» NIZOMNING 2.7-BANDI KONSTITUSIYaGA MOSLIGINI TYeKShIRISh TOʻGʻRISIDAGI ISh BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov va G. Pirjanovdan iborat tarkibda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasining 1-bandiga va «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi Qonunning 1-moddasiga amal qilib, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarning toʻy va marosimlarda badiiy xizmat koʻrsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati toʻgʻrisida» Nizomning 2.7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga qanchalik mos kelishi toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, Gʻ. Abdumajidov, G. Pirjanovni tashabbusi asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi sudya O. Ernazarovning axborotini, Xorazm viloyati hokimining yozma tushuntirishi va ish materiallarini tekshirib Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimligining 1996 yil 11 noyabrdagi 27-raqamli qarori bilan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarni toʻy va marosimlarda badiiy xizmat koʻrsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati toʻgʻrisida» Nizomning 2.7-bandida «Mahalla qoʻmitalari va qishloq kengashlari oqsoqollari oʻz hududlaridagi toʻy-marosimlarda badiiy xizmat koʻrsatayotgan jamoalar, guruhlar va yakka ijrochilarning davlat ruxsatnomalari (litsenziya) va kundalik yoʻllanmasi bor-yoʻqligini qattiq nazorat qilish uchun masʼuldir» deb yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar tarkibiga kirmaydigan, jamoatchilik asosida ishlaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari zimmasiga bunday masʼuliyatni yuklash Konstitutsiya talablariga ziddir. Chunki Konstitutsiya 105-moddasining 2-qismida «Oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi» deb koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning 2.7-bandi Konstitutsiyaning qonunlarning ustunligini soʻzsiz tan olish haqidagi 15-moddasiga ham ziddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga koʻra, «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligining 1996 yil 11 noyabrdagi 275-raqamli qarori bilan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarning toʻy va marosimlarda badiiy xizmat koʻrsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati toʻgʻrisida» Nizomning 2.7-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga muvofiq emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997 yil 25 fevral
(«Xalq soʻzi» gazetasi, 26 fevral 1997 y., 43 (1560)-son)