OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
QARORI
DAVLAT VA BOJXONA TAShQI SAVDO STATISTIKASI MAʼLUMOTLARINI YIGʻISh VA QAYTA IShLAShNING YAGONA USLUBIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-sentabrda 530-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida” va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1998-yil 5-avgustdagi 14-12-05/65, Davlat bojxona qoʻmitasining 1998-yil 7-avgustdagi 34-01/07-2493, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 1998-yil 6-avgustdagi DSP-01/204548-son qarorlari bilan tasdiqlangan va 1998-yil 22-sentabrda Oʻzdavstandart bilan kelishilgan “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlashning yagona uslubiyati toʻgʻrisida”gi nizom (1998-yil 11-noyabr, roʻyxat raqami 530) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining “Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 2007-yil 31-iyuldagi 27, EG-01/10-4290, 01-02/15-17, 9-son qarori bekor qilinsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
30-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
EG-01/10-4716-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
01-02/15-22-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
12-son
Kelishildi:
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 397-modda)