Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING 2004 YIL 23 YaNVARDAGI 1-SON “NOMOLIYAVIY AKTIVLARGA KIRITILGAN INVESTITSIYaLAR TOʻGʻRISIDA HISOBOT” BOʻYIChA 2-INVEST (YILLIK) VA 2-INVEST (ChORAKLIK) DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-sentabrda 1316-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 23-yanvardagi 1-son “Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 2-invest (yillik) va 2-invest (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (2004-yil 24-fevral, roʻyxat raqami 1316 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 8-son, 101-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-avgust,
2-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 392-modda)