Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA VA “BOJ TARIFI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 33-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ- 138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi 470-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2007-yil, № 7, 322-modda) 33-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oʻn toʻqqizinchi—yigirma beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi—yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha quyidagi maqsadlarda olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida;
yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
lizingga topshirish uchun;
chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun”;
yigirma oltinchi xatboshisi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yangi texnologik jihozlar (butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ular texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlariga muvofiq yetkazib berilgan boʻlsa) olingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun bojxona bojini toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi”;
ikkinchi—toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi—beshinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
OʻRQ-112-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 380-modda, 52-son, 533-modda)