OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IXTISOSLASHTIRILGAN KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA TAʼLIM OLUVCHI IMKONIYATLARI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN MUTAXASSISLIKLAR VA KASBLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 4-sentabrda 1713-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritiladi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
M-34-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
84-05-27/PMK-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
25-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-iyul,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining
2007-yil 4-iyuldagi M-34, 84-05-27/PMK, 25, 9-sonli qaroriga
ILOVA
2007-yil 4-iyuldagi M-34, 84-05-27/PMK, 25, 9-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida taʼlim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar
(Roʻyxat imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklari va kasblari roʻyxatini belgilash uchun qoʻllaniladi)
1. Eshitish qobiliyati buzilgan: eshitish qobiliyati past va karlar uchun
| Kasallik turi boʻyicha nogironlik | Mutaxassislik kodi (tanlangan yoʻnalish boʻyicha mutaxassislik va kasb tasniflagichi) | Mutaxassislik | Kasb turi | Qoʻllanilish sohasi |
| Tovush oʻtkazish yoʻllarining buzilishi bilan bogʻliq karlik Nerv-sensor tizimining buzilishi bilan bogʻliq karlik Aniqlanmagan karlik |
3211201 | Badiiy kulolchilik | Kulolchilik usta — rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida |
| 3211213 | Badiiy zardoʻzlik | Zardoʻzlik buyumlari usta — rassomi | Mahalliy ishlab chiqarish, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3520401 | Qora va rangli metallarni eritish va quyish | Qora va rangli metallarni erituvchi — quyuvchi | Oʻzbekiston karlar jamiyatining ishlab chiqarish hamda oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3520417 | Metallurgiyada modellashtirish | Yogʻoch andozalari modelchisi Metall andozalari modelchisi Shakl beruvchi Sterjenchi |
Ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3520605 | Metall kesuvchi dastgohlar | Tokarlik, frezerlovchi va parmalovchi dastgohlarda metallarga ishlov berish boʻyicha keng tarmoqli dastgohchi Sovuq shtampovkalash shtampovkachisi |
Ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3520616 | Mexanik yigʻish ishlari | Mexanik yigʻish ishlari mexanigi Asbobsoz-chilangar |
Oʻzbekiston karlar jamiyatining ishlab chiqarish hamda oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3521502 | Elektr va radio apparatlari va uskunalarini tayyorlash boʻyicha yigʻish ishlari | Kabel mahsulotlarini armirovka qiluvchi Sxemali jgutlar toʻquvchisi Payvandlovchi-kabelchi Elektromexanik va radiotexnik uskunalar, radioelektron apparatlar va uskunalar montajchisi Katushkalar oʻramini taʼmirlovchi Radioelektron apparatlar va uskunalarni yigʻuvchi usta Transformatorlar katushkalarini yigʻuvchi usta Transformatorlarni yigʻuvchi usta Elektr mashinalari va apparatlarini yigʻuvchi usta Uskunalar va radioelektron apparatlar yigʻuvchi usta Elektr-montaj qiluvchi slesar Elektromontaj-sxemalarini tayyorlovchi |
Oʻzbekiston karlar jamiyatining oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3522604 | Yogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish | Yogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish ustasi Mebel yigʻuvchi usta Mebellarni qoplovchi-pardozlovchi |
Oʻzbekiston karlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish va mebel ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540401 | Matbaa ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyasi | Falslash, qotirma, tikuv qoʻshma va kesish agregatlari texnigi Broshyuralash-muqovalash boʻyicha ishlab chiqarish operatori |
Matbaa ishlab chiqarishida | |
| 3540402 | Matbaa mashinalari va jihozlarini ishlatish | Matbaa mashinalari mexanigi Taʼmirlovchi-chilangar |
Matbaa ishlab chiqarishida | |
| 3540403 | Bosish jarayoni texnologiyasi | Ofset bosma bosuvchi Yuqori bosma bosuvchi |
Matbaa ishlab chiqarishida | |
| 3540405 | Terish texnologiyasi va matn qoliplarini tayyorlash | Bosma qoliplar tayyorlash texnologi Matbaada kompyuter harflar toʻplamini terish operator-dizayneri |
Matbaa ishlab chiqarishida | |
| 3540502 | Toʻqimachilik ishlab chiqarish | Oʻrash jihozlari operatori Barcha turdagi jihozlarda oʻrovchi Toʻquvchi Qoʻlda toʻquvchi |
Oʻzbekiston karlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish va toʻquvchilik boʻyicha ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540601 | Tikuvchilik ishlab chiqarish | Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi Keng turdagi kiyimlar bichuvchisi Yakka buyurtma buyumlar tikuvchisi |
Tikuvchilik ishlab chiqarish, oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540602 | Poyabzal, va charm-galantereya ishlab chiqarish | Poyabzal va charm-galantereya buyumlari tikuvchisi Ortopedik oyoq-kiyimlarni tikish va taʼmirlash ustasi |
Poyabzal, va charm-galantereya ishlab chiqarishida | |
| 3540611 | Toʻqimachilik galantereya ishlab chiqarish | Toʻqimachilik galantereya buyumlari toʻquvchisi | Maishiy xizmat korxonalarining tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish sohasida | |
| 3540612 | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarish | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarish operatori Trikotaj buyumlar tikuvchisi |
Maishiy xizmat koʻrsatishning tikuvchilik, trikotaj, galantereya-toʻquvchilik ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3580201 | Qurilish ishlari | Umumqurilish ishlari ustasi Poʻlat va temir-beton konstruksiyalarni oʻrnatish ustasi |
Qurilish xizmatlarida | |
| 3580204 | Qurilish-pardozlash ishlari | Qurilish-pardozlash ishlari ustasi Qoplash, koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasi | Qurilish xizmatlarida | |
| 3580215 | Duradgorlik va parket ishlari | Duradgorlik ishlari ustasi Parket ishlari ustasi |
Qurilish xizmatlarida | |
| 3810105 | Umumiy ovqatlanishni tashkil etish | Milliy taomlar oshpazi Chet el taomlari oshpazi Qandolatchi Nonvoy |
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasida | |
| 3810302 | Poyabzal ishi | Yakka buyurtma tikish poyabzalchisi Poyabzal taʼmirlash poyabzalchisi |
Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasida | |
| 3810303 | Yakka buyurtma boʻyicha tikuv buyumlarini tayyorlash | Tikuv buyumlar modelyer-konstruktor Yakka buyurtma buyumlari tikuvchisi |
Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasida |
Qarshi koʻrsatmalar: tovush oʻtkazishining buzilishi bilan bogʻliq karlik, nerv-sensor tizimi buzilishi bilan bogʻliq karlik, etiologiyasi aniqlanmagan karlik — ifodalangan jismoniy va asab-ruhiy zoʻriqish, eshitish va jamoa bilan muloqotda boʻlishni talab qiluvchi, jarohat olish xavfi bilan bogʻliq (balandlik, harakatlanuvchi mexanizmlar, yuqori kuchlanishdagi elektr quvvati) ishlar tavsiya etilmaydi.
2. Koʻz kasalliklari boʻyicha: koʻrlar va zaif koʻruvchi shaxslar uchun
| Kasallik turi boʻyicha nogironlik | Mutaxassislik kodi (tanlangan yoʻnalish boʻyicha mutaxassislik va kasb tasniflagichi) | Mutaxassislik | Kasb turi | Qoʻllanilish sohasi |
| Koʻz toʻr pardasining nuqsoni (0,1-0,05) Koʻrish asablari tizimining atrofiyasi Tugʻma koʻz anomaliyasi (koʻrishning 0,2-0,3-0,4 darajalari) Tugʻma katarakta |
3141602 | Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar | Toʻqish va kashtachilik boʻyicha toʻgarak rahbari | Zaif koʻruvchi va koʻzi ojiz bolalar uchun taʼlim-tarbiya beruvchi muassasalarda |
| 3210600 | Anʼanaviy xonandalik | Artist | Teatrlar, konsert beruvchi tashkilotlarda | |
| 3210700 | Turli cholgʻular ijrosi | Orkestr (ansambl) artisti | Teatrlar, konsert beruvchi tashkilotlarda | |
| 3211210 | Musiqa asboblarini yasash va taʼmirlash | Cholgʻu asboblarini yasash va taʼmirlash usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3211212 | Badiiy kashtachilik | Kashtachilik usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3211402 | Ovoz operatorligi | Musiqiy ovoz operatori | Ovoz yozuvchi studiyalarda | |
| 3320201 | Axborot-kutubxona tizimi | Axborot-resurs markazlari kutubxonachisi | Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3520616 | Mexanik yigʻish ishlari | Mexanik yigʻish ishlari mexanigi | Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3521502 | Elektr va radio apparatlar va priborlarni tayyorlash boʻyicha yigʻish ishlari | Kabel mahsulotlarini armirovka qiluvchi Sxemali jgutlar toʻquvchisi Payvandlovchi-kabelchi Elektromexanik va radiotexnik uskunalar, radioelektron apparatlar va uskunalar montajchisi Katushkalar oʻramini taʼmirlovchi Radioelektron apparatlar va uskunalarni yigʻuvchi usta Transformatorlar katushkalarini yigʻuvchi usta Transformatorlarni yigʻuvchi usta Elektr mashinalari va apparatlarini yigʻuvchi usta Radioelektron apparatlar va uskunalarni yigʻuvchi usta Elektr-montaj qiluvchi slesar Elektromontaj-sxemalarini tayyorlovchi |
Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3521904 | Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularning dasturiy taʼminoti | Texnik-dasturchi | Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540405 | Terish texnologiyasi va matn qoliplarini tayyorlash | Bosma qoliplar tayyorlash texnologi Texnik korrektori |
Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540611 | Toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish | Toʻqimachilik galantereya buyumlari toʻquvchisi | Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, tikuvchilik, trikotaj, galantereya-toʻquvchilik ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540612 | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarish | Trikotaj buyumlari tikuvchisi | Tikuvchilik, trikotaj, galantereya-toʻquvchilik ishlab chiqarish korxonalari, maishiy xizmat korxonalari, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining oʻquv ishlab chiqarish korxonalarida |
Qarshi koʻrsatmalar: koʻz toʻr pardasining nuqsoni (0,1-0,05) bor shaxslar uchun — jismoniy zoʻriqish, noqulay, majburiy ish holati. Gavdani doimiy engashtirib turish. Noqulay havo harorati, zararli narsalar, yuqori ishlab chiqarish shovqini, siltanish, ultratovushlar, nurlanish, meʼyoridan past boʻlgan yorugʻlikda ishlash tavsiya etilmaydi.
Koʻrish nervining atrofiyasi bor shaxslar uchun — jismoniy va ruhiy zoʻriqish, noqulay ish jarayoni holati, noqulay ob-havo harorati, zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Shovqin, siltanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlik. Harakatlanuvchi agregatlar va uskunalar mavjud sexlarda ishlash hamda turli rangli obyektlarni talab qiluvchi obyektlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Tugʻma koʻz anomaliyasi (koʻrishning 0,2-0,3-0,4 darajalari) bor shaxslar uchun — noqulay ish jarayoni holati, noqulay ob-havo harorati, zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Shovqin, siltanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlik. Harakatlanuvchi agregatlari va uskunalari mavjud sexlarda ishlash hamda turli rangli obyektlarni talab qiluvchi obyektlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Tugʻma kataraktasi bor shaxslar uchun — zararli narsalar, nurlanishning barcha turlari. Ishlab chiqarish shovqini, siltalanish, yuqori ultratovush. Meʼyoridan past yorugʻlikda ishlash tavsiya etilmaydi.
3. Turli darajadagi aqli zaif shaxslar uchun
| Kasallik turi boʻyicha nogironlik | Mutaxassislik kodi (tanlangan yoʻnalish boʻyicha mutaxassislik va kasb tasniflagichi) | Mutaxassislik | Kasb turi | Qoʻllanilish sohasi |
| Oligofreniya | 3520616 | Mexanik yigʻish ishlari | Mexanik yigʻish ishlari mexanigi Kesish asboblari charhlovchisi | Ishlab chiqarish korxonalarida |
| 3522604 | Yogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish | Yogʻochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish ustasi Mebellarni yigʻuvchi Mebellarni qoplovchi-pardozlovchi | Mebel ishlab chiqarishda | |
| 3540401 | Matbaa ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyasi | Falslash, qotirma, tikuv qoʻshma va kesish agregatlari texnigi Broshyuralar-muqovalash ishlab chiqarish operatori | Poligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540402 | Matbaa mashinalari va jihozlarini ishlatish | Matbaa mashinalari mexanigi Taʼmirlovchi-chilangar | Poligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540403 | Bosish jarayoni texnologiyasi | Ofset bosma bosuvchi Yuqori bosma bosuvchi | Poligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540405 | Terish texnologiyasi va matn qoliplarini tayyorlash | Bosma qoliplar tayyorlash texnologi Matbaada kompyuterda terish operator-dizayneri | Poligrafiya, ishlab chiqarish korxonalarida | |
| 3540601 | Tikuvchilik ishlab chiqarish | Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi | Tikuvchilik sohasida | |
| 3540602 | Poyabzal va charm galantereya ishlab chiqarish | Poyabzal va charm-galantereya buyumlari tikuvchisi Ortopedik oyoq-kiyimlarini tikish va taʼmirlash poyabzalchisi | Oyoq-kiyim va charm-galantereya ishlab chiqarish sohasida | |
| 3580201 | Qurilish ishlari | Umum qurilish ishlari ustasi Poʻlat va temir-beton konstruksiyalarini oʻrnatish ustasi | Qurilish sohasida | |
| 3580204 | Qurilish-pardozlash ishlari | Qurilish-pardozlash ishlari ustasi Qoplash, koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasi | Qurilish sohasida | |
| 3580215 | Duradgorlik va parket ishlari | Duradgorlik ishlari ustasi Parket ishlari ustasi | Qurilish sohasida | |
| 3580301 | Bogʻ-park qurilishi | Bogʻ-park qurilishini tashkil etuvchi Koʻkalamzorlashtiruvchi Gulchi Oʻsimliklarni himoya qilish laboranti | Oʻsimlik va gul yetishtirish sohasida | |
| 3580402 | Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini montaj qilish va taʼmirlash | Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini montaj qilish va taʼmirlash texnigi | Uy-joy-kommunal xizmat xoʻjaligida | |
| 3810104 | Umumiy ovqatlanishni tashkil etish | Umumiy ovqatlanish texnologi Milliy taomlar oshpazi Chet el taomlari oshpazi Qandolatchi Nonvoy | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasida | |
| 3810312 | Fotografiya | Retushyor Foto-laborant | Fotolaboratoriya, fotostudiya, suratxonalar, bosmaxonalarda |
Qarshi koʻrsatmalar: Oligofreniya — yuqori harorat va balandlikdagi ishlar. Har qanday xavf-xatar bilan bogʻliq ishlarda ishlash tavsiya etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Umumiy kasalliklardan nogironlar va tayanch-harakat tizimi buzilgan nogironlar uchun
| Kasallik turi boʻyicha nogironlik | Mutaxassislik kodi (tanlangan yoʻnalish boʻyicha mutaxassislik va kasb tasniflagichi) | Mutaxassislik | Kasb turi | Qoʻllanilish sohasi |
| Poliomiyelit Bolalar serebral paralichi Umurtqa va suyaklar sili kasalligi Suyak-mushak tizimi va bogʻlovchi boʻgʻinlar kasalligi Endokrinologik tizim kasalliklari Qon aylanish tizimi kasalliklari Yuqori va pastki amputatsiya choʻltoqligi | 3210904 | Mebellarni loyihalash | Mebellarni loyihalovchi rassom | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida |
| 3210907 | Qoʻgʻirchoq namunalari dizayni | Qoʻgʻirchoq namunalari dizayneri Rassom | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3210909 | Elektron dizayni | Kompyuter grafikasi dizayneri | Mahalliy ishlab chiqarishda | |
| 3210911 | Madaniy-maishiy buyumlarni loyihalash | Madaniy-maishiy buyumlarni loyihalash dizayneri | Mahalliy ishlab chiqarishda, korxonalarda | |
| 3211003 | Lakli miniatura | Rassom | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3211201 | Badiiy kulolchilik | Kulolchilik usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3211206 | Badiiy liboslarni loyihalash | Shoyi va atlas buyumlari tikuvchisi Doʻppi va milliy kiyimlar tikuvchisi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari, korxonalarida | |
| 3211207 | Badiiy ganch oʻymakorligi | Ganch oʻymakorligi usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211208 | Badiiy naqqoshlik | Naqqoshlik usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211209 | Badiiy yogʻoch oʻymakorligi | Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211210 | Musiqa asboblarini yasash va taʼmirlash | Cholgʻu asboblarni yasash va taʼmirlash usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211212 | Badiiy gilam va gobelenlarni loyihalash | Badiiy gilam va gobelenlar rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211213 | Badiiy zardoʻzlik | Zardoʻzlik buyumlari usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211214 | Zargarlik buyumlarini bezatish | Zargarlik usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3211215 | Mis buyumlarini bezatish | Miskarlik usta-rassomi | Mahalliy ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda, badiiy va xalq xoʻjaligi tarmoqlari va korxonalarida | |
| 3320201 | Axborot-kutubxona tizimi | Axborot-resurs markazlari kutubxonachisi Axborot-kutubxona markazlari kutubxonachisi Elektron kutubxonalari kutubxonachisi | Madaniy hordiq chiqarish muassasalarida | |
| 3320203 | Hujjatlashtirish, hujjatshunoslik va arxivshunoslik | Ish yurituvchi Kadrlar boʻyicha kotib | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3340106 | Statistika | Makroiqtisodiyot faoliyati statisti | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3340308 | Savdo | Ulgurji savdo sotuvchisi Chakana savdo-sotuvchisi Nazoratchi-kassir | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3340603 | Moliya | Korxonalar moliya-iqtisodchisi Sarmoyalar(investitsiyalar) mutaxassisi | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3340901 | Buxgalteriya hisobi | Buxgalter Buxgalter-iqtisodchi Dasturchi-buxgalter | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3380105 | Huquq va ijtimoiy muhofaza | Ijtimoiy huquq masalalari inspektori | Ijtimoiy taʼminot organlarida | |
| 3521901 | Hisoblash mashinalari, majmualari, tizimlari va tarmoqlari | Ofis jihozlariga xizmat koʻrsatish texnigi | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3521904 | Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularning dasturiy taʼminoti | Texnik-dasturchi Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish texnigi | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3540601 | Tikuvchilik ishlab chiqarishi | Tikuvchilik ishlab chiqarishi texnologi Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi Keng turdagi kiyimlar bichuvchisi Tikuv jihozlari sozlovchisi | Maishiy xizmat va tikuvchilikda | |
| 3540602 | Poyabzal va charm galantereya ishlab chiqarish | Poyabzal va charm-galantereya buyumlari tikuvchisi Ortopedik oyoq-kiyimlarni tikish va taʼmirlash poyabzalchisi | Poyabzal va charm-galantereya ishlab chiqarishda | |
| 3540611 | Toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish | Toʻqimachilik galantereya buyumlari toʻquvchisi Toʻqish mashinalari operatori | Tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish, maishiy xizmat korxonalarida | |
| 3540612 | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarish | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarish operatori Trikotaj buyumlari tikuvchisi | Tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish, maishiy xizmat korxonalarida | |
| 3810304 | Maishiy xizmat mashina va asboblarni taʼmirlash | Maishiy mashina va asboblarini taʼmirlash elektr mexanigi | Maishiy xizmat korxonalarida | |
| 3810312 | Fotografiya | Suratkash Retushyor Foto-laborant | Fotolaboratoriyalar, fotosuratxona, bosmaxonada | |
| 3810315 | Radio texnika va teleaparaturalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash | Radioelektron jihozlarni taʼmirlash radiomexanigi Uyali va telekommunikatsion jihozlarnining mutaxassisi | Maishiy xizmat korxonalarida | |
| 3810318 | Soatlarni | Soatsoz-usta Gravirlovchi | Maishiy xizmat korxonalarida | |
| 3810320 | Kompyuter jihozlariga xizmat koʻrsatish | Kompyuter jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik | Xoʻjalik va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida | |
| 3810501 | Madaniy-maʼrifiy maskanlarni badiiy bezash | Bezovchi-rassom | Madaniy dam olish muassasalarida |
Qarshi koʻrsatmalar: jismoniy zoʻriqish, ortiqcha harakat qilish, uzoq yurish, uzoq turib qolish, tez-tez engashib turish, majburiy ish holatida uzoq turish.
Umurtqa va suyak sili kasalliklariga: — jismoniy mehnatning barcha turlari, majburiy ish holati, gavdani engashtirib turish, umumiy siltanish, past va yuqori darajadagi issiqlik sharoiti. Oʻta asabiy-ruhiy zoʻriqish.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 372-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)