1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRUVChI RESPUBLIKA KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1712-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 14-martdagi 1-sonli “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2880, 06.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 3-maydagi 1-son yigʻilish bayoni qaroriga asosan Kengash qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom kuchga kirgan kundan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2002-yil 16-maydagi 2/1-G-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi raisi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 23-avgustdagi 1-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son, “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son va “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son farmonlariga muvofiq, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtib, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini (keyingi oʻrinlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar deb yuritiladi) tekshirishlarni tashkillashtirishni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb yuritiladi), Kengashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (keyingi oʻrinlarda viloyat komissiyalari deb yuritiladi) hamda tuman va shahar hududiy komissiyalari (keyingi oʻrinlarda tuman komissiyalari deb yuritiladi), nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda nazorat qiluvchi organlar deb yuritiladi) yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat qiluvchi organlar yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini Kengash, uning viloyat va tuman komissiyalari ruxsatlari asosida tekshiradilar. Nazorat qiluvchi organlarning mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan nazorat vazifalarini bajarishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarilayotgan, tovarlar savdo qilinayotgan, turli xizmatlar bajarilayotgan va/yoki xizmatlar koʻrsatilayotgan turgʻun obyektlar (bino, inshootlar)da amalga oshiriladi. Muqobil tekshirishlar va turgʻun obyektlar (bino, inshootlar)dan tashqarida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarda tekshirishlar oʻtkazish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda quyidagi masalalar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq va tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan nazorat-kassa mashinasi, hisob terminallari qoʻllanilishi, sotilayotgan majburiy sertifikatlanadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatlari, oʻlchov asboblarida belgilangan tamgʻalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pul mablagʻlari hisobini yuritish va muomalalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) buyumlarda Davlat asillik tamgʻasi oʻrni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi asillik tamgʻa belgisining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga doir meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sanitariya nazorati, veterinariya nazorati, yongʻin xavfsizligi choralari, energetika hamda ekologiya nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shugʻullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ham tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish faqatgina quyidagi nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari — mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asllik darajasini belgilash palatasi — mazkur Nizomning 4-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha davlat nazorati organlari — mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sanitariya, veterinariya, yongʻin xavfsizligi, energetika nazorati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida — mazkur Nizomning 4-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli litsenziyalovchi organlar — mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash (viloyat yoki tuman komissiyasi) tomonidan belgilangan tartibda ruxsat berilgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tekshirishga nazorat qiluvchi organlarning tarkibiy tuzilmalari tomonidan ana shu nazorat qiluvchi organlar boshqa tarkibiy boʻlinmalarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan xodimlari tegishli nazorat qiluvchi organ yuqori boʻlinmasi rahbarining mazkur masala boʻyicha maxsus qarori (buyrugʻi) asosida qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar Kengash yoki uning hududiy komissiyalari qarorlari bilan ruxsat berilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni tekshirishlarni amalga oshirishni oʻzlarining quyi hududiy boʻlinmalariga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻtkazilgan tekshirish natijalariga rozi boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori boʻlinmalariga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Nizoli masalalarga nazorat qiluvchi organlarning yuqori boʻlinmalari Kengash (viloyat yoki tuman komissiyalari) bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan turib, faqat yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidangina aniqlik kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yakka tartibdagi tadbirkorlar ularda oʻtkazilayotgan rejadan tashqari tekshirish haqidagi va ular faoliyatini tekshirishni amalga oshirishga ruxsat olgan nazorat organlarining nomi toʻgʻrisidagi axborotni Kengash (viloyat yoki tuman komissiyasi) ishchi organidan bepul olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida bir kun davomida rejadan tashqari qisqa muddatli, muqobil yoki nazorat tartibida tekshirishlar shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning moliyaviy va tovar hujjatlarini tekshirish zarurati boʻlgan hollarda, Kengash qarori bilan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini bundan koʻproq, lekin 5 ish kunidan oshmagan muddatda tekshirish oʻtkazish koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning oʻtkazilishini asoslab beradigan sabablar mavjud boʻlgan quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni oʻtkazish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar kelib tushganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qoʻshni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini muqobil tekshirishlar nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparatlari va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha Kengash, viloyat va tuman komissiyalari qarorlariga muvofiq hamda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha esa — tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorga asosan, faqat ularning tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti bilan oʻzaro munosabatlariga doir qismi boʻyicha oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi tadbirkorning tekshirish obyekti bilan oʻzaro munosabatlari deyilganda shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan aniq aloqasini tushunish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqobil tekshirishlar oʻtkazilayotganda yakka tartibdagi tadbirkorlarga borish va ulardan tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini rejadan tashqari yoki muqobil tekshirish oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organning markaziy apparati Kengashga, nazorat qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari esa tegishlicha viloyat va tuman komissiyalariga rejadan tashqari tekshirishni oʻtkazish uchun uni oʻtkazishning zarurligini asoslagan holda mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq shaklda buyurtma hamda nazorat organi rahbari tomonidan imzolangan tekshirishni oʻtkazish rejasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash, uning viloyat va tuman komissiyalari ishchi organlari tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda taqdim etilgan buyurtmalar va tekshirish oʻtkazish rejalarining asosliligini, tekshirishlarni oʻtkazish rejalarining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga mosligini oʻrganib chiqadilar. Kengash yoki viloyat, tuman komissiyalari ishchi organlari buyurtma kelib tushgandan keyin bir hafta muddatda oʻrganib chiqish yakunlariga koʻra qaror loyihasini tayyorlab, tegishlicha Kengashga yoki viloyat yoxud tuman komissiyalariga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish yoki tekshirish oʻtkazishni rad etish, ularni oʻtkazish muddatini koʻchirish hamda tekshirishlarni tashkillashtirish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar tegishlicha Kengash raisi (uning oʻrinbosarlari), viloyat va tuman komissiyalari raislari tomonidan imzolanadigan qaror yoki xat shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo, umumiy ovqatlanish va pullik xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan savdo va naqd pul tushumini topshirish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar Kengash raisi (uning oʻrinbosarlari), viloyat va tuman komissiyalari raislari hamda istisno tariqasida viloyat komissiyalari raislarining oʻrinbosarlari — soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadigan roʻyxatlar koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Roʻyxatlarda tekshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning nomi va STIR, hamda faoliyat joyi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan qarorlar qisqa muddatlarda, biroq Kengash ishchi organi (viloyat yoki tuman komissiyalar) tomonidan tegishli hujjatlar kiritilgandan keyin uch kundan kechiktirmay qabul qilinadi. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bogʻliq rejadan tashqari tekshirishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar, sanitariya nazorati va tabiatni muhofaza qilish organlarining asosli murojaatlari boʻlgan taqdirda, tekshirish oʻtkazish uchun buyurtma kelib tushgan kuni qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini rejadan tashqari tekshirishga ruxsat berilgan taqdirda tekshirish oʻtkazish rejasi Kengash (viloyat va tuman komissiyasi) bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nazorat tartibida tekshirishlarni oʻtkazish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning oʻzlari oʻtkazgan tekshirish natijalari boʻyicha faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan holatlar boʻyicha va muddatlarda, Kengash, uning viloyat va tuman komissiyalari qoʻshimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnomada (maʼlumotnomada) belgilangan muddatlarda nazorat tartibida tekshirishlar oʻtkazishga rozi boʻlmasa, ularni oʻtkazish muddatlari mazkur Nizomning 13-14-bandlarida koʻrsatilgan tartibga muvofiq Kengash, viloyat yoki tuman komissiyalarining qarorlari bilan belgilanadi. Bunda oʻtkazilgan tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) nazorat tartibida tekshirish oʻtkazish zarurligi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tekshirishlarni oʻtkazilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash, viloyat va tuman komissiyalari ishchi organlari Kengash va uning hududiy komissiyalarining nazorat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlaydi, ular tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlar monitoringini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari yilning har choragida mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan shakl va muddatlarda oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishlicha viloyat, tuman komissiyalariga hamda oʻzlarining yuqori tashkilotlariga taqdim etadilar. Tuman komissiyalari bu maʼlumotlarni umumlashtiradi va ularni viloyat komissiyasiga, viloyat komissiyalari va yuqori turuvchi nazorat organlari esa Kengash ishchi organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari har oyning 3-sanasigacha, ular tomonidan oʻtgan oyda oʻtkazilgan tekshirishlarning boshlangan va tugallangan sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kengash, viloyat va tuman komissiyalari ishchi organlariga kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan rejadan tashqari tekshirishlarning boshlangan va tugallangan sanasi hamda natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy boʻlinmalari tegishlicha Kengash, viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlariga tekshirish tamom boʻlganidan keyin 10 kunlik muddat ichida taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash, viloyat va tuman komissiyalari yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati noqonuniy tekshirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda tegishli choralar koʻrish uchun bu haqda prokuratura organlariga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash va hududiy komissiyalar aʼzolari, ular ishchi organlarining xodimlari, shuningdek nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha axborotlarning maxfiyligi va ishlab chiqilayotgan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (hududiy komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorga taqdim etiladigan nazorat qiluvchi organ rahbarining yozma buyrugʻi asosida Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qoʻshimcha kelishuvsiz nazorat funksiyalari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan qonun buzish holatlari sodir etilganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar boʻlgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibda tadbirkorlarning taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish (xizmat) holatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek boshqa xususiylashtirilgan korxonalar egalarining Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori 3-bandiga muvofiq xususiylashtirish shartnomalarida nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishini saqlash boʻyicha shartlarga rioya qilishi yuzasidan monitoring;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan Davsanepidnazorat yoki uning hududiy boʻlinmalarining buyruqlariga muvofiq sut va sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan, oqava suvlarni chiqarib tashlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (yakka tartibdagi tadbirkorlarda) namunalar tanlab olish yoʻli bilan sut va sut mahsulotlari, oqava suvlarni har oyda laboratoriyalarda tadqiq etishni amalga oshirish, shuningdek mavjud qonunlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak boʻlgan savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarida tibbiy shahodatlanish daftarchalarining mavjudligini olti oyda koʻpi bilan bir marotaba monitoringdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlarda faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning, soliq va majburiy toʻlovlarning toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar yoki boshqa toʻlov hujjatlari, tovar cheklari kitobchasi (yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo faoliyati bilan shugʻullangan hollarda) mavjudligi, shuningdek elektr energiya hisoblagich asboblarining koʻrsatkichlarini foydalanilgan elektr energiya uchun haqiqatda toʻlangan miqdorlar bilan taqqoslash boʻyicha amalga oshiriladigan harakatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatini turgʻun obyektlardan tashqarida amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini ____________________ tekshirish
(rejadan tashqari, muqobil)
oʻtkazish uchun BUYuRTMA
№ t/r
Tuman (shahar) nomi
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini tekshirish joyi (bozor, savdo markazi, koʻcha va boshqalar nomi)
Tekshirish masalasi
Tekshirish oʻtkazish sanasi
1
2
3
4
5
__________________________
(nazorat qiluvchi organ rahbari)
“___” __________________ 20__ yil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yilning ___ oyi davomida _________________________________________ tomonidan
(nazorat qiluvchi organ nomi)
yakka tartibdagi tadbirkorlarda oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
№
Nazorat qiluvchi organ nomi
Oʻtkazilgan tekshirishlar soni
Kamchilik aniqlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni
oʻtgan yilning shu davrida
joriy yilning shu davrida, jami
shu jumladan Kengash yoki uning hududiy komissiyalari ruxsatisiz*
Jami
Jami oʻtkazilgan tekshirishlarga nisbatan salmogʻi % da (gr 6/ gr 4 x100)
1
2
3
4
5
6
7
_____________________________
(nazorat qiluvchi organ rahbari)
“____” _____________ 20 __ yil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu shakl boʻyicha maʼlumotlar tegishli hududiy komissiyalar ishchi organlariga nazorat qiluvchi organlarning tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunigacha, nazorat qiluvchi organlarning viloyat boʻlinmalari tomonidan oʻzlarining tuman (shahar) tarkibiy boʻlinmalari maʼlumotlarini umumlashtirgan holda — hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunigacha, nazorat qiluvchi organlarning markaziy mahkamalari tomonidan esa oʻzlarining hududiy boʻlinmalari maʼlumotlarini umumlashtirgan holda Kengash ishchi organiga hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash yoki hududiy komissiya ruxsatisiz tekshirishlar oʻtkazilgan holatlarda (5-ustun), tegishli hududiy komissiyalar bunday tekshirishlar oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari va ularni oʻtkazgan nazorat organlari, shuningdek, tekshirishlar oʻtkazishning belgilangan tartibini buzganlarga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kengash ishchi organiga taqdim etadilar.