Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 28.08.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1706
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qarori, 28.08.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1706
Кучга кириш санаси
07.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 04.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

INNOVATSIYA ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1706-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

3-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-son

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-3-6/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2/3-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 3, 43, 80, 5-3-6/3, 2/3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 311-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari asosida yangi texnologiyalarni amaliyotda keng qoʻllash, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etish, mavjud ilmiy-texnologik salohiyatdan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan innovatsiya faoliyatini, amaliy, ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik, texnologik va boshqa turdosh ishlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirliklari (keyingi oʻrinlarda “vazirliklar”) tegishli sohalardagi mavjud ilmiy-texnologik muammolardan kelib chiqib, vazirliklarning innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini (keyingi oʻrinlarda “vazirliklarning dasturlari”) shakllantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ilmiy-texnologik muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsiya ilmiy-texnika dasturi (keyingi oʻrinlarda “Dastur”) Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻmita”) tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklarning dasturlarini va Dasturni moliyalashtirish Innovatsiya fan-texnika faoliyatini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma”)ga davlat budjetining “Fan” 202 boʻlimi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlari va innovatsiya faoliyatidan manfaatdor xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari hisobidan hissadorlik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet mablagʻlarining Dasturlar boʻyicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarmaning xarajatlari va daromadlari smetasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar, Qoʻmita va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Dasturlarning buyurtmachilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sanoat sinovlaridan oʻtkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mavjud texnologiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan, tijorat nuqtai nazaridan samarali boʻlgan, mahalliy xomashyo asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarni bozorga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inson va hayvonlar kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini oʻzlashtirish, yangi turdagi dori-darmonlar, ularning substansiyalari va tibbiy-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini yaratish, ularning seleksiyasi va urugʻchiligi sohasi, himoya preparatlarini ishlab chiqarishda samarali texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sanoat chiqindilari hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyalarini oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yangi axborot texnologiyalari va dasturiy vositalarni yaratish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlik bilan bogʻliq huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi original monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash, chop etish va oʻquv jarayoniga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) innovatsiya faoliyatini kengaytirish, intellektual faoliyat obyektlarini amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan respublika va xalqaro miqyosdagi seminar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 §. Tanlovni tashkil etish bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlovni tashkil etish bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov topshiriqlari roʻyxatini aniqlash (Dasturlarni shakllantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin bir oy muddatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov eʼlon qilish (topshiriqlar roʻyxati aniqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga innovatsiya loyihalarini qabul qilish (tanlov eʼlon qilingandan keyin 1,5 oylik muddatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish (loyihalar qabuli tugagandan keyin 2 oylik muddatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash (ilmiy-texnika ekspertizasi yakunlangandan soʻng bir oylik muddatda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 §. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mos holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar oʻz sohalari oldida turgan dolzarb masalalarni yechishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatini tuzish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va iqtisodiyot tarmoqlaridan takliflar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari roʻyxati tegishlicha vazirliklar hamda Qoʻmita tomonidan shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shakllantirilgan innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari roʻyxati ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi, oʻxshashlik va takrorlash holatlari mavjud emasligini tahlil qilish maqsadida Qoʻmitaning Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Topshiriqlar roʻyxatlarida bunday nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan holda Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini vazirliklarga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (roʻyxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari roʻyxatlari tegishlicha vazirliklar hamda Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi va Davlat buyurtmasi maqomiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita va vazirliklar mustaqil ravishda ommaviy axborot vositalarida innovatsiya loyihalari tanlovini eʼlon qiladi, shuningdek, innovatsiya faoliyati ishtirokchilarini tanlov muddatlari, talablari va loyihalarni tanlovga topshirish tartibi bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Innovatsiya faoliyati ishtirokchilari tanlovda qatnashish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan talablarga mos holda tayyorlangan hujjatlarini vazirliklar va Qoʻmitaga ikki nusxada topshiradilar. Loyihalarni amalga oshirish davri 2 yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklarning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar vazirliklarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari va Qoʻmitaning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar Qoʻmitaning Innovatsiya ishlari hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni muvofiqlashtirish va tahlil etish boʻlimi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar va Qoʻmita tanlovga taqdim etilgan loyihalarning, tanlov shartlari, maqsadlari va talablariga mosligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Innovatsiya loyihasi ikki qismdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tasnifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik-iqtisodiy asosnoma (loyiha budjeti va uning asosnomasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Innovatsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, uning natijalariga koʻra vazirliklarning dasturlarini shakllantirish uchun vazirliklarda dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlar tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Dasturga kiritishga tavsiya etilgan vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy, oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarning loyihalari hamda turli vazirliklar yoki idoralar tasarrufidagi ilmiy, oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarining hamkorlikdagi idoralararo xarakterdagi loyihalar ekspertizasi Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash tomonidan oʻtkaziladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (roʻyxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir loyiha ikki mustaqil ekspert tomonidan koʻrib chiqiladi. Ekspertlarning biri innovatsiya loyihalarini bajarilishidan manfaatdor boʻlgan vazirlik, idora, tashkilotlarning mutaxassisi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertiza jarayoni ochiq-oydin muhokama tarzida oʻtkaziladi. Ekspertlarning har bir loyihaga bergan xulosalari vazirliklarda hamda Qoʻmitada ochiq muhokamadan oʻtkaziladi. Muhokamaga loyihaning ilmiy rahbari va ijrochilari hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari taklif etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini koʻrib chiqish vazirliklarda va Qoʻmitada innovatsiya faoliyatidan manfaatdor boʻlgan, ularni hissadorlik asosida moliyalashtiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, Moliya vazirligi, Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash va boshqa tashkilotlarning iqtisodchi mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi va xulosalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (roʻyxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirliklar hamda Qoʻmita ekspertiza xulosalari asosida innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Dasturlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirliklarning dasturlari Qoʻmita bilan kelishilgandan keyin vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. Dastur Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Dasturlar yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarishga, hamda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan innovatsiya loyihalari bilan toʻldirilib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlovga taqdim etilgan loyihalar va materiallar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Dasturlarni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirliklar va Qoʻmita innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ijrochi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy grant mablagʻi miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan oʻtkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan soʻng ajratiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 6,51,38-qq, 75,17/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1706-2, 31.07.2014-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 393-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablagʻning 20 foizidan ortmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hissador tashkilotning mablagʻi pul koʻrinishida yoki loyihani amalga oshirish uchun zarur qurilmalar, ishlab chiqarish bazasi, xomashyo, energiya, mashina va mexanizmlar koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Innovatsiya loyihalarini hamkorlikda moliyalashtirish shartlari Qoʻmita, vazirliklar va manfaatdor tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Dasturlarning bajarilish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi bilan tanishish va nazorat qilish maqsadida vazirliklar va Qoʻmita tomonidan monitoring olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Monitoring Qoʻmita va vazirliklarning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan monitoring guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring guruhlariga innovatsiya loyihalari natijalaridan manfaatdor vazirlik, idora, hokimliklar va Moliya vazirligi vakillari hamda Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash aʼzolari jalb qilinadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (roʻyxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Monitoring guruhlari aʼzolari yilning birinchi yarmida innovatsiya ishlarini loyiha bajarilayotgan obyektga borib koʻradi. Yil yakunida oraliq nazoratni taʼminlash maqsadida loyiha rahbarlarining ishlarning borishi toʻgʻrisidagi axborotlari Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengashning yigʻilishlarida muhokama qilinishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (roʻyxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Zaruriyat tugʻilgan hollarda monitoring guruhlarining taklifi asosida shartnomalarga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Barcha qoʻshimchalar kelishuvga muvofiq yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻmita va vazirliklar monitoring guruhlari xulosalarini tahlil qilib, loyihalarni davom ettirish yoki oraliq nazorat natijalari boʻyicha bajarilishi qoniqarsiz deb topilgan innovatsiya loyihalarini toʻxtatish va Dasturdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan moliyaviy mablagʻlar Qoʻmita va vazirliklarning qaroriga koʻra boshqa samarador innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Dasturlar yakunigacha sarflanmay qolgan mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yakunlangan loyihalar boʻyicha hisobotlar manfaatdor tomonlarning xulosasi bilan birga Qoʻmita va vazirliklarning ekspert guruhlari tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertiza xulosasiga asosan loyiha tugallangan deb hisoblanadi va ishlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Innovatsiya loyihalarining moliyaviy hajmlari boʻyicha oʻzgarishlar yuz bergan holda, bu haqda Moliya vazirligiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Innovatsiya loyihalarining ilmiy-texnik hisobotlari tegishli ravishda vazirliklarga va Qoʻmitaga topshiriladi. Vazirliklar Jamgʻarmaning budjet mablagʻlari xarajatlari toʻgʻrisida moliyaviy hisobotlarni hamda tegishli dasturlarning natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomalarni Qoʻmitaga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizom Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-iyul

Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy va texnika fanlari sohasida loyiha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎____________________
‎Loyiha raqami
‎TOʻLDIRILMASIN

‎Loyiha nomi ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Dastur nomi ________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

2.1. Loyiha tasnifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.1. Kalit soʻzlar: 15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan yozilsin va vergullar bilan ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.2. Yechilishi lozim boʻlgan muammo 0,5 varaqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.3. Loyihaning maqsadi va vazifalari: loyiha qanday bajariladi, amalga oshirish uchun rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar — 2-varaqqacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.4. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik saviyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
;birinchi marta olingan natijalar asosida 1-varaqqacha asosnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda birinchi marta olingan natijalar asosida (1-varaqqacha asosnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa oʻxshash texnologiya va usullardan afzalligi 1-varaqqacha asosnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.5. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik hujjatlari: (patentlar, guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik reglament, texnik pasport, texnik shartlar, texnologiya yoki mahsulotning sinov dalolatnomalari va boshqalar) nusxalari ilova qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.6. Innovatsiya obyektining tayyorlik darajasi: (texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning sanoat yoki tajriba namunasi mavjud) chizmasi yoki surati ilova qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.7. Innovatsiya obyektining texnologik taʼminlanganligi: (ishlab chiqarish bazasining, texnologik tizimning, asbob-uskunalarning va zarur infratuzilmaning mavjudligi) xatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.8. Innovatsiya obyektining xomashyo bilan taʼminlanganligi: taʼminlovchi tashkilotlarning xatlari ilova qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1.9. Loyihani amalga oshirish bosqichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish bosqichlari‎ Muddat (chorak)‎ Kutilayotgan natija‎ Mablagʻ (jamgʻarma) ‎ Mablagʻ (hissadorlik)‎
1.‎

2.1.10. Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎

2.2. Texnik-iqtisodiy asosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.1. Loyihaning bajarilish miqyosi: loyihaning bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatilsin (xatlari ilova qilinsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.2. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan ilmiy hajmdor mahsulot qancha miqdorda importni qisqartiradi (foizlarda), eksportga yoʻnaltirilgan yoki qanday muayyan soha talabini qondiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.3. Yakuniy natijalar tasnifi: loyihaning bajarilishi natijasida muayyan iqtisodiyot tarmogʻida qanday texnologiya, texnologik tizim, sanoat-tajriba qurilmasi oʻzlashtiriladi yoki mavjudining samaradorligi oshadi; qanday ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanadi (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.4. Loyihaning bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning tannarxi; loyiha yakunlangandan soʻng 1-2-3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablagʻlarning qoplanish davri) (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.5. Loyihaning budjeti va uning asosnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar‎

Moliya yoʻnalishlari‎ Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
Oylik ish haqi
‎Asboblar va texnik vositalar
‎Xom ashyo
‎Xizmat safarlari
‎Ustama xarajatlar
‎Boshqa xarajatlar ‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.6. Rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oylik ish haqi

Loyiha ijrochilari‎ Oylik ish haqi‎ Ishning davomiyligi (oylarda)‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
Rahbar
‎Xodim
‎... ‎
Hammasi‎
Oylik chegirmalar (24%)‎
Jami (oylik + chegirmalar)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.7. Vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ismi-sharifi‎ Vazifasi (qisqacha faoliyat tarifi) ‎ Ish davri (oylarda)‎ Ish haqi (jami)‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. Laborant
‎4. ... ... ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.8. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.9. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalarning asosnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Sotib olinishi rejalashtirilayotgan mahsulot nima uchun xizmat qiladi‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎

2.2.10. Xizmat safarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Yoʻl haqi ‎ Mehmonxona‎ Boshqa xarajatlar (qanday)‎ Jami‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2.11. Xizmat safarlarining asosnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Xizmat safaridan maqsad‎
1.
‎2.‎

2.2.12. Boshqa xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani taqdim etayotgan ilmiy muassasa: toʻla nomi, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎Ilmiy muassasa rahbari ___________________ ‎

(imzo, muhr)‎

‎‎
‎Loyiha rahbari*: ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________

‎_____________________
‎(imzo)‎‎

Izoh: loyiha ijrochilari mazkur shaklda keltirilgan savollarning barcha bandlariga toʻla va aniq javob berishlari zarur. Belgilangan shakldan chetlashgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

* Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi lozim.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida loyiha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎____________________
‎Loyiha raqami
‎TOʻLDIRILMASIN

‎Loyiha nomi ________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Dastur nomi ________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Loyiha tasnifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.1. Kalit soʻzlar: 15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan yozilsin va vergullar bilan ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.2. Yechilishi lozim boʻlgan muammo 0,5 varaqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.3. Loyihaning maqsadi va vazifalari: loyiha qanday bajariladi, amalga oshirish uchun rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar — 2 varaqqacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.4. Jamoaning ilmiy saviyasi: chop etilgan ilmiy-oʻquv adabiyotlar va maqolalar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.5. Loyihani amalga oshirish bosqichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish bosqichlari‎ Muddat (chorak)‎ Kutilayotgan natija‎ Mablagʻ (jamgʻarma) ‎ Mablagʻ (hissadorlik)‎
1.
‎2.
‎3.
‎4. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.6. Kutilayotgan yakuniy natijalar (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.7. Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Texnik-iqtisodiy asosnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1 Loyihaning bajarilish miqyosi: loyihaning bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatilsin (xatlari ilova qilinsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2. Yakuniy natijalar tasnifi: Loyihaning bajarilishi natijasida ilmiy yoki oʻquv adabiyoti nashrga tayyorlanadi, chop etiladi, ilmiy-amaliy anjuman va boshqalar (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3. Loyihaning bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; ilmiy hajmdor mahsulotning tannarxi; loyiha yakunlangandan soʻng 1-2-3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablagʻlarning qoplanish davri) (toʻla maʼlumot keltirilsin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.4. Loyiha budjeti va uning asosnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar‎‎

Moliya yoʻnalishlari‎ Umumiy moliyaviy hajmi‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎
1. Oylik ish haqi
‎2. Asboblar va texnik vositalar
‎3. Xizmat safarlari
‎4. Ustama xarajatlar
‎5. Boshqa xarajatlar‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.5. Rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oylik ish haqi

Loyiha ijrochilari‎ Oylik ish haqi‎ Ish davomiyligi (oylarda)‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. .... ‎
Hammasi‎
Oylik chegirmalar‎
Jami (oylik + chegirmalar)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.6. Vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ismi-sharifi Vazifasi (qisqacha faoliyat tarifi) ‎ Ish davri (oylarda)‎ Ish haqi (jami)‎
1. Rahbar
‎2. Xodim
‎3. … ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.7. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎… ‎

3.2.8. Sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vositalarning asosnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Sotib olinishi rejalashtirilayotgan mahsulot nima uchun xizmat qiladi‎
1.
‎… ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.9. Xizmat safarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Yoʻl haqi‎ Mehmonxona‎ Boshqa xarajatlar (qanday)‎ Jami‎
1.
‎… ‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.10. Xizmat safarlarining asosnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil (viloyat, shahar) ‎ Boruvchilar soni ‎ Xizmat safaridan maqsad‎
1.
‎… ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.11. Nashriyot va boshqa xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat yoʻnalishlari‎ Miqdori (dona, kg, ...) ‎ Birlik tovar narxi ‎ Jamgʻarma mablagʻi‎ Hissador mablagʻi‎ Jami‎
1.
‎… ‎
Jami‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani taqdim etayotgan ilmiy muassasa: toʻla nomi, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎Ilmiy muassasa rahbari ___________________ ‎

(imzo, muhr)‎

‎‎
‎Loyiha rahbari*: ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, manzili, telefon, faks, e-mail; _________________________________________________
‎____________________________________________________________________

‎_____________________
‎(imzo)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: loyiha ijrochilari mazkur shaklda keltirilgan savollarning barcha bandlariga toʻla va aniq javob berishlari zarur. Belgilangan shakldan chetlashgan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi lozim.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 363-modda; 2009-y., 7-son, 74-modda; 2014-y., 31-son, 393-modda)