OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
QARORI
FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1705-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladilar:
1. “Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
44-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
81-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
5-3-6/3-son
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2/4-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 2, 44, 81, 5-3-6/3, 2/4-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 311-modda) muvofiq fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Fundamental tadqiqotlar dasturlari — tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yangi bilimlar olish va qonuniyatlarni ochish, shuningdek amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirishning ilmiy asosini yaratishga qaratilgan boʻlib, besh yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
2. Amaliy tadqiqotlar dasturlari — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlardagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarini yechishga qaratilgan muhim vazifalarni samarali hal etishni taʼminlovchi, resurs imkoniyatlari, bajarilish muddatlari hamda kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar dasturlari majmuasi boʻlib, uch yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
3. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari (keyingi oʻrinlarda “Dasturlar” deb ataladi) — davlat buyurtmasi asosida bajariladigan, mablagʻlar bilan taʼminlangan, ilmiy-texnikaviy yoʻnalishlari, ijrochi tashkilotlari, rahbarlari belgilangan ilmiy loyihalar toʻplamidir.
Ilmiy loyiha — fundamental va amaliy tadqiqotlar mavzusi, maqsadi, vazifalari hamda tadqiqotdan kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy ishdir.
4. Dasturlar respublikada belgilangan fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari asosida ishlab chiqiladi.
5. Dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish davlat budjetining “Fan” sohasiga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Budjet mablagʻlarining Dasturlar boʻyicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) taklifiga muvofiq belgilanadi. Moliyaviy taqsimot 6 qismdan iborat boʻladi, uning 5-qismi tegishli ravishda Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirliklari (bundan keyingi oʻrinlarda “vazirliklar” deb yuritiladi)ga hamda bir qismi ushbu vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning Qoʻmita tomonidan shakllantiriladigan Dasturlariga yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) moliyaviy taqsimot boʻyicha taklifi keyingi 3 yilda budjet mablagʻlarining Dasturlar va vazirliklar boʻyicha taqsimotidan, shuningdek vazirliklarda mujassamlashgan ilmiy salohiyat va mavjud moddiy-texnik bazani inobatga olib, ular bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
II. Dasturlarni shakllantirish
1 §. Dasturlarni shakllantirish bosqichlari
7. Dasturlarni shakllantirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
dasturlar nomlarini aniqlash (Dasturlarni shakllantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 1 oy muddatda);
tanlovlar eʼlon qilish (Dasturlar nomlari aniqlangandan keyin 10 kun muddatda);
tanlovga fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini qabul qilish (tanlov eʼlon qilingandan keyin 1,5 oy muddatda);
loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish (loyihalar qabuli tugallangandan keyin 2 oy muddatda);
Dasturlarni shakllantirish (ilmiy-texnika ekspertizasi yakunlangandan soʻng 1 oy muddatda);
Dasturlarni tasdiqlash.
2 §. Fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalari tanlovini tashkil qilish
8. Qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar hamda boshqa ilmiy muassasa va tajriba konstruktorlik tashkilotlardan Dasturlar nomlarini shakllantirish uchun takliflarni qabul qiladi.
9. Vazirliklarning Dasturlarni shakllantirish boʻyicha ilmiy-texnik kengashida (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb yuritiladi) takliflar tahlil qilinadi hamda fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mos Dasturlar roʻyxati shakllantiriladi.
10. Dasturlarning nomlari vazirliklarning Kengashida tasdiqlanadi hamda Qoʻmitaga fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
11. Qoʻmita va vazirliklar ommaviy axborot vositalari orqali fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovini eʼlon qiladi. Eʼlonda tanlov muddatlari, talablari va loyihalarni tanlovga topshirish tartibi keltiriladi.
12. Tanlovga loyihalarni qabul qilish:
vazirliklar tasarrufidagi oliy taʼlim, ilmiy muassasalar va tajriba-konstruktorlik tashkilotlarining tanlovga yoʻllangan loyihalari ularning ilmiy tadqiqotni muvofiqlashtirish boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi;
vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning tanlovga yoʻllangan loyihalari Qoʻmitaning fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini muvofiqlashtirish va tahlil etish boʻlimida qabul qilinadi.
13. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlaridagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan ikki va undan ortiq ijrochi tashkilotlar tomonidan shakllantirilgan hamda vazirliklararo oʻzaro kelishilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalari ushbu loyihani tuzishda tashabbus bilan chiqqan tashkilot tomonidan Qoʻmitaning fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini muvofiqlashtirish va tahlil etish boʻlimiga taqdim etiladi. Bunda ushbu loyihalarning har bir ijrochi tashkilotlarning hamkorlikda bajaradigan ish ulushi va zarur mablagʻlari foizlarda koʻrsatiladi.
14. Qoʻmita va vazirliklar tomonidan tanlovga qabul qilingan loyihalar mazkur Nizomning 1-ilovasi talablari boʻyicha koʻrib chiqiladi va rasmiylashtiriladi.
15. Fundamental va amaliy ilmiy-texnika loyihalari tanlovida qatnashuvchi ilmiy jamoaning rahbari ilmiy darajaga ega boʻlishi shart.
3 §. Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish
16. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, uning natijalariga koʻra vazirliklarning Dasturlarini shakllantirish va tasdiqlash uchun vazirliklarda Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlar tashkil etiladi. Kengashlar tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan oʻtkazuvchi — ekspertlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Ekspert sifatida tegishli sohada yetarli darajada bilim va malakaga ega boʻlgan, ekspertiza qilinayotgan ishga xolis yondosha oladigan, ilmiy darajaga ega boʻlgan mazkur vazirlik yoki boshqa tizimda xizmat qiladigan mutaxassislar jalb qilinadi.
17. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning tanlovga yoʻllangan loyihalarining ekspertizasi Qoʻmitaning Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashi tasdiqlagan ekspertlari tomonidan oʻtkaziladi.
18. Har bir loyiha ikki mustaqil ekspert tomonidan koʻrib chiqiladi. Ekspertlar oʻtkazilgan ekspertiza xulosalarining obyektivligi yuzasidan shaxsan javobgardirlar.
19. Ekspertiza jarayoni ochiq-oydin muhokama tarzida oʻtkaziladi. Ekspertlarning har bir loyihaga bergan xulosalari vazirliklar hamda Qoʻmitaning ekspert guruhlarida ochiq muhokamadan oʻtkazilib, ekspertiza xulosasi shakllantiriladi. Muhokamaga loyihaning ilmiy rahbari va ijrochilari hamda sohaning yetuk olim va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
20. Vazirliklararo shakllantirilgan yirik majmuaviy loyihalarning ekspertizasi hamkor vazirliklar ekspert guruhlarining qoʻshma majlisida ochiq muhokamada koʻrib chiqiladi. Loyiha ikki yoki undan ortiq vazirliklar ekspertizasining ijobiy xulosasi va hamkorlikda amalga oshiriladigan tadqiqotlarning ahamiyatidan kelib chiqib baholanadi.
21. Vazirliklarning Kengashlari ekspertiza xulosalariga muvofiq Dasturlarning dastlabki variantlarini shakllantiradi. Vazirliklar Dasturlarning dastlabki variantlarini Dasturlar boʻyicha Kengash qarori bilan birga ularni fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Qoʻmitaning Idoralararo kengashlariga taqdim etadi.
22. Qoʻmitaning ekspert guruhlari ekspertiza xulosalariga muvofiq Dasturlarning dastlabki variantlarini shakllantiradi va ularni Qoʻmitaning Idoralararo kengashlariga taqdim etadi.
4 §. Dasturlarni shakllantirish
23. Dasturlarning dastlabki varianti Qoʻmitaning Idoralararo kengashlarida ustuvor yoʻnalishlarga muvofiqligi, ularga kiritilgan loyihalar mavzularining bir-biriga oʻxshamasligi, ularning avvalgi loyihalarda takrorlanmasligi va tor mavzulik holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.
24. Muhokamada Qoʻmitaning Idoralararo kengashlari aʼzolari, ekspert guruhlari aʼzolari, sohaning yetakchi olim va mutaxassislari, zaruriyat tugʻilgan hollarda ijrochi tashkilot va loyiha rahbari, vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlari va ekspert guruhlari raislari, vazirliklar rahbarlari ishtirok etadilar.
25. Vazirliklar oʻzlarining Dasturlari va ular doirasida bajariladigan har bir loyihaga ajratiladigan mablagʻlar miqdorini aniqlab, Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlarda tasdiqlab, umumlashtirilgan holda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
26. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar olib borish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar va mutaxassislarning loyihalariga ajratiladigan mablagʻlar miqdori Idoralararo kengashlar tomonidan aniqlanib, Dasturlar shakllantirilgandan soʻng Qoʻmita tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
5 §. Dasturlarni amalga oshirish va loyihalarni moliyalashtirish
27. Vazirliklar oʻzlarining Dasturlariga kiritilgan loyihalarni bajarish uchun ularning ijrochilari (loyiha va ijrochi tashkilot rahbarlari) bilan shartnomalar tuzadi. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlarning Dasturlariga kiritilgan loyihalar boʻyicha shartnomalar loyihalarning ijrochilari bilan Qoʻmita oʻrtasida tuziladi.
28. Loyihalarni moliyalashtirish Moliya vazirligi tomonidan vazirliklar va ular orqali ijrochi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy mablagʻ ajratilishi asosida amalga oshiriladi. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan (mustaqil buxgalteriya hisobiga ega boʻlgan) tashkilotlarga mablagʻ Moliya vazirligi tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy grant mablagʻi miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida, ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan oʻtkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan soʻng ajratiladi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
29. Bir yoki bir necha vazirlik tasarrufidagi ikki va undan ortiq tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan tashkilotlararo yoki vazirliklararo fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini moliyalashtirish ijrochi tashkilotlarning vazirliklariga budjetdan ajratilgan mablagʻ hisobidan amalga oshiriladi.
30. Qoʻmita va vazirliklar tomonidan ekspertiza jarayoniga jalb qilingan ekspertlarning mehnatiga toʻlanadigan xarajatlar Moliya vazirligining ekspertiza uchun maqsadli ajratiladigan moliyaviy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ekspertlarga toʻlanadigan mehnat haqi shakli va miqdori amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
301. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablagʻning 20 foizidan ortmasligi lozim.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
III. Dasturlarning bajarilishini nazorat qilish
31. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek moliyaviy mablagʻlarning samarali va maqsadli sarf qilinishi uchun shaxsan javobgardirlar.
32. Ijrochi tashkilot loyihalarni bajarilishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni Ilmiy kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga koʻra, tadqiqotlarni sifatli bajarilishini taʼminlash uchun “vaqtinchalik ilmiy-ijodiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham aʼzo boʻlishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi.
33. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yoʻqotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, oʻz arizasiga koʻra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda vazirlikka loyiha ilmiy rahbarini almashtirish boʻyicha taklif (vazirlik nomiga tashkilot rahbarining xati, tashkilot ilmiy-texnika kengashi qaroridan koʻchirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari toʻgʻrisida maʼlumot) kiritadi.
34. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda ushbu loyihaning bajarilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.
35. Ijrochi tashkilotning faoliyati toʻxtatilganda vazirliklar Qoʻmita va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda faoliyati toʻxtatilgan tashkilotdagi loyihalarni oʻz tasarruflaridagi ilmiy yoʻnalishi mos tashkilotga oʻtkazadilar.
36. Vazirliklar oʻz tasarruflaridagi ilmiy tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning amaliyotini nazorat qiladi. Nazoratning davriyligini taʼminlash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Loyihalarning ilmiy rahbarlari va ijrochi tashkilotlari vazirliklarga quyidagi axborot va hisobotlarni:
qisqa axborot — har chorakda (chorak yakunlanadigan oyning 15-kunigacha);
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat standarti talablariga asosan tayyorlangan yillik oraliq-bosqich hisobotlar — ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga 2 nusxada, hisobot yili oʻninchi oyining 15-kunigacha;
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat standarti talablariga asosan tayyorlangan loyiha boʻyicha yakuniy hisobotlar — ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga 2 nusxada, Dastur yakunlanadigan yil oʻninchi oyining 15-kunigacha taqdim etadilar.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Vazirliklar loyiha ijrochilarining oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlarini, ijrochi tashkilot Ilmiy kengashining xulosasi bilan birga bir nusxada loyiha yakunlanadigan yil oʻninchi oyining 20-kunigacha vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlariga topshiradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2012-yil 3-fevraldagi 1, 15, 42, 1, 3/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 110-modda)
39. Loyihalar bajarilishining barcha bosqichlarida vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlari ekspert guruhlari hisobotlarini ilmiy-texnik ekspertizadan oʻtkazadi.
40. Ekspert guruhlari bajarilgan har bir loyiha boʻyicha tadqiqotlarning oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlariga asoslangan ekspert xulosalarini vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlariga taqdim etadilar. Ekspert xulosalari vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlari qarori bilan tasdiqlanadi.
41. Hisobotlar boʻyicha ekspertiza xulosalari vazirliklarning Dasturlar boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlarida tasdiqlangandan keyin Dasturlarda belgilangan topshiriqlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va sarflangan moliyaviy mablagʻlarni ajrim qilishga asos boʻladi.
42. Qoʻmita va vazirliklar oraliq-bosqich hisobotlari natijasiga koʻra toʻxtatilgan loyihalar boʻyicha maʼlumotni Moliya vazirligiga taqdim etadi. Mazkur maʼlumot asosida Moliya vazirligi ushbu loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyalashtirilishi toʻxtatilgan loyihalardan boʻshagan mablagʻlar Qoʻmita va vazirliklarning qaroriga koʻra loyiha bajarilib kelayotgan ijrochi tashkilotning yuqori samara koʻrsatishi kutilayotgan amaldagi loyihalarini qoʻshimcha moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Qoʻmita va vazirliklar oʻz navbatida loyihalarni toʻxtatilishi, ulardan boʻshab qolgan mablagʻni boshqa samarali loyihaga qoʻshilishini asoslanganligi va oʻzgarayotgan moliyaviy hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasining 2009-yil 19-maydagi 8, 57, 151, 75va 6/7-sonli (roʻyxat raqami 1705-1, 20.06.2009-y.) qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 303-modda)
43. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy va tajriba-konstruktorlik muassasalar, tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va ilmiy salohiyati mavjud tashkilotlar hamda alohida faoliyat yurituvchi olimlar, mutaxassislarning amaliy va fundamental loyihalar boʻyicha hisobotlari Qoʻmitaning Idoralararo kengashida tasdiqlangandan soʻng Dasturlarda belgilangan topshiriqlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va sarflangan moliyaviy mablagʻlarni ajrim qilishga asos boʻladi.
44. Vazirliklar ijrochi tashkilotlarda loyihalarning amalga oshirilishi, tadqiqotlar natijalarining amaliyotga joriy qilinishi boʻyicha oʻzining tahliliy maʼlumotini har chorak yakunining 20-sanasigacha Qoʻmitaga topshiradilar.
45. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlar loyihalarining oraliq-bosqich va yakuniy hisobotlarini qabul qilish va ekspertizasini oʻtkazish tartibi mazkur Nizomning 37—44-bandlariga mos holda Qoʻmitaning Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
46. Vazirliklar Dasturlar doirasida bajarilgan barcha loyihalar hisobotlarini qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va ularni saqlashni taʼminlaydi.
47. Qoʻmita oʻzining ish rejasiga koʻra har chorakda bir marta oʻtkaziladigan majlisida Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va yirik ilmiy, tajriba-konstruktorlik tashkilotlarining faoliyatida Dasturlar doirasida bajarilayotgan tadqiqotlar natijalarini fan, taʼlim va ishlab chiqarish tizimiga joriy qilish boʻyicha ishlarini muhokama qiladi, muvofiqlashtiradi hamda respublikada fan va texnologiyalar taraqqiyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari tanlovi
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari tanlovi Dasturlar doirasidagi tanlovga qoʻshimcha tarzda ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga (ikki yil muddatda) hal etiladigan fundamental va amaliy muammo aniq koʻrsatilgan va kutiladigan ilmiy natijasi Ekspert tomonidan baholanishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Yosh olimlarning fundamental va amaliy tadqiqotlari Dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Tanlovda gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish vazirliklarga budjetdan fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarish uchun ajratilgan mablagʻ hisobidan amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Har bir vazirlik fundamental tadqiqotlarga ajratilgan mablagʻning 5 foizgacha boʻlgan miqdorini yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlarini amalga oshirish uchun yoʻnaltirishi mumkin.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 5, 50, 37-qq, 74, 16/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1705-3, 31.07.2014-y.) — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 392-modda)
53. Mazkur Nizom Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-iyul
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-iyul
Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovida ishtirok etish uchun vazirliklarga topshiriladigan ilmiy loyihalar va ular bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan
TALABLAR
Tanlovda ishtirok etish uchun vazirlikka topshiriladigan ilmiy loyihalar boʻyicha hujjatlar bitta yigʻma jildda taqdim etiladi.
Yigʻma jildda quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
loyiha toʻgʻrisida maʼlumot (1-shakl);
loyiha rahbari va loyihaning asosiy ijrochilari toʻgʻrisida maʼlumot (2-shakl);
loyihani bajaradigan va moliyalashtirishni amalga oshiradigan tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot (3-shakl);
fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun ish dasturi (4-shakl);
loyiha boʻyicha bir yillik xarajatlar smetasi (5-shakl);
ijrochi tashkilotlar, ilmiy yoki ilmiy-texnika kengashlarining loyihaga bergan xulosasi.
I. Tadqiqot loyihasi
1-shakl. Loyiha toʻgʻrisida maʼlumot
1.1. Loyihaning nomi;
1.2. Tanlov turi (fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar);
1.3. Dasturning nomi;
1.4. Ilm-fan sohasi;
1.5. Annotatsiya (bir betdan oshmasligi lozim) — loyihaning qisqacha mazmuni va uni amalga oshirishning asosiy bosqichlari;
1.6. Loyihada ilmiy rahbar hisobga olingan holda, ishtirok etuvchi asosiy ijrochilar soni (raqamda koʻrsatiladi);
1.7. Loyihani bajarish muddatlari (boshlanish yili-yakunlash yili);
1.8. Loyihani bajarish uchun birinchi yilda sarflanadigan moliyaviy mablagʻ hajmi (soʻmda, raqamlar bilan nuqta va vergulsiz yoziladi).
2-shakl. Loyiha rahbari va loyihaning asosiy ijrochilari toʻgʻrisida maʼlumot
2.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi (toʻliq). Tugʻilgan sanasi (raqamlar bilan kuni, oyi, yili).
2.2. Ilmiy darajasi (toʻliq) va ilmiy daraja berilgan yili. Ilmiy unvoni va berilgan yili.
2.3. Asosiy ish joyi — tashkilotning toʻlov hujjatlarida keltirilgan toʻliq nomi. Tashkilotning rasmiy qabul qilingan qisqa nomi.
2.4. Ilmiy maqolalarining umumiy soni (maʼruza tezislari bilan birga).
2.5. Uy manzilgohi (pochta indeksi, viloyat, shahar, tuman va koʻcha nomi, uy raqami, uy va ish telefonlari (qavs ichida shahar kodi koʻrsatilgan holda), E-mail.
Xuddi yuqoridagi tartibda loyihaning asosiy ijrochilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham keltirilishi shart.
Izoh:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika loyihalarining har bir ijrochisi faqat bir loyihada toʻliq stavkada va ikki loyihada oʻrindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, shuningdek ularning umumiy ulushi ikki toʻliq stavkadan oshmasligi lozim.
(2-shakl izoh qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasining 2009-yil 19-maydagi 8, 57, 151, 75va 6/7-sonli (roʻyxat raqami 1705-1, 20.06.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 303-modda)
2. Tanlovga qabul qilingan loyihalar qaytarilmaydi.
3. Ekspertiza jarayoni ochiq boʻlganligi sababli tanlov natijalari apellatsiya qilinmaydi.
3-shakl. Loyihani bajaradigan va moliyalashtirishni amalga oshiradigan tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot
3.1. Tashkilotning toʻlov hujjatlarida keltirilgan toʻliq nomi; Tashkilotning rasmiy qabul qilingan qisqa nomi; qaysi vazirlik yoki idora tasarrufida ekanligi koʻrsatiladi.
3.2. Joylashgan manzili (pochta indeksi, viloyat, shahar, tuman va koʻcha nomi, uy raqami).
Tashkilot rahbarining telefonlari (qavs ichida shahar kodi koʻrsatilgan holda).
Tashkilot faksi.
E-mail.
Izoh: loyiha ikki va undan ortiq tashkilot tomonidan bajarilganda har bir ijrochi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot keltirilishi shart.
4-shakl. Fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun ish dasturi
(Tadqiqot loyihasining mazmuni)
(Tadqiqot loyihasining mazmuni)
4.1. Loyihaning nomi.
4.2. Loyihada hal etilishi moʻljallangan fundamental yoki amaliy muammo.
Muammo doirasida loyihada yechiladigan aniq fundamental yoki amaliy masala.
Loyihada qoʻyilgan masalaning ilgari yechilmaganligi. Agar taklif etilayotgan loyiha boʻyicha hozirda fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturlari doirasida tadqiqotlar olib borilayotgan boʻlsa, dasturning shifri, shartnoma raqami va loyihaning nomi koʻrsatilsin. Ushbu tadqiqotlarni taklif etilayotgan loyiha doirasida davom ettirish zaruriyati asoslansin.
Ijrochi tashkilotda loyihani bajarish uchun zarur boʻlgan mavjud ilmiy salohiyat, asbob-uskunalar, materiallar, qurilmalar hamda uning bajarilishi asosida erishiladigan aniq natijalar (mahsulot, texnologiya) Oʻzbekiston va xorijdagi oʻxshash (analog)lari bilan solishtirgan holda qisqacha tavsifi va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻlishi shart. Joiz boʻlsa, mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi toʻgʻrisida asoslangan maʼlumot hamda mazkur fan yoʻnalishida Oʻzbekiston va xorijdagi tadqiqotlarning qisqacha tavsifi. Tadqiqotlardan kutilajak natijalarni jahon miqyosidagi ilmiy yutuqlar bilan solishtirish va loyiha bajarilishining dolzarbligini asoslash lozim (4—6-betgacha).
4.3. Loyiha bajarilishining asosiy bosqichlari hamda kutilajak oraliq-bosqich va yakuniy mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan natijalar (meʼyoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun esa tayyorlanib, nashr etiladigan — monografiya, darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, standartlar va boshqa ilmiy adabiyotlar hisobga olinadi.
4.4. Loyiha mavzusi boʻyicha shu kunga qadar guruh tomonidan olingan, mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan, aniq natijalar (patentlar, jurnallarda eʼlon qilingan maqolalar, meʼyoriy, ilmiy-texnik, uslubiy va boshqa hujjatlar, dasturiy mahsulotlar, reglamentlar qachon va kim tomonidan tasdiqlangan, tajriba va maket namunalari va boshqalar) koʻrsatiladi. Tadqiqotlar natijalarining aprobatsiyasi (sinovi) oʻtkazilgan joy va vaqti, ular boʻyicha xulosalar va bu xulosalarni tasdiqlovchi hujjatlar keltiriladi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasidagi loyihalar uchun — nashr etilgan monografiya, darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, standartlar va boshqa ilmiy adabiyotlar hamda yuqorida koʻrsatilgan ilmiy-oʻquv adabiyotlarning tasdiqlangan roʻyxati taqdim etiladi.
4.5. Ilmiy-texnik dasturlarni shakllantirishda quyidagi shakl toʻldiriladi:
Fundamental yoki amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar dasturi, shifri va nomi:
| ____________________________________________________________________ | |||
| Loyiha mavzusi | Ijrochi tashkilot, loyiha rahbarining toʻliq ismi-sharifi | Tadqiqotlardan kutilajak aniq natijalar (Bosqichlar yoki yillar boʻyicha) | Yakunlangan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
Tashkilot rahbari (F.I.O. va imzosi) | |||
M.Oʻ. Loyiha rahbari (F.I.O. va imzosi) | |||
Izoh:
1. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va yuqorida koʻrsatilgan shakllarning bandlariga aniq va toʻliq maʼlumotlar berilmagan hollarda vazirlik taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqishdan chetlashtirish huquqiga ega.
2. Loyihaning elektron varianti standart (1.44M-3,5”) disketada taqdim etiladi. Disketada taklif etilgan 1; 2; 3; 4; 5 va 6-shakllarga mos ravishda GʻORM1.RTGʻ; GʻORM2.RTGʻ; GʻORM3.RTGʻ; GʻORM4.RTGʻ; GʻORM5.RTGʻ; GʻORM6.RTGʻ koʻrinishdagi fayllar yigʻindisi boʻlishi lozim. Har bir disketada faqat bitta loyihaga tegishli maʼlumotlar joylashtiriladi. Fayllar Misrosoft Word yoki Word Rad muharrirlari yordamida RTGʻ formatda yozilishi kerak. Boshqa formatlardagi fayllardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fayllarni yaratishda:
— faqat band raqami koʻrsatiladi, undan keyin nuqta qoʻyilib, matn yoziladi. Band nomlari yozilmaydi;
— agar biror bandga tegishli maʼlumotlar boʻlmasa, u band toʻldirilmaydi, ammo band raqami albatta koʻrsatilishi shart.
3. Loyiha ikki va undan ortiq tashkilot tomonidan shakllantirilganda har bir tashkilotda bajariladigan tadqiqotdan kutilajak aniq natijalar keltirilishi shart.
4. Vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan tashkilotlarning ilmiy loyihalari tanlovga 2 nusxada taqdim etiladi.
5-shakl. Loyiha boʻyicha bir yillik xarajatlar smetasi
|
XARAJATLAR SMETASI (soʻm) | |||||||
| Guruh | Xarajat turlari | JAMI | |||||
| mehnatga haq toʻlash fondi | ustama xarajatlar | safar xarajatlari | materiallar | asbob-uskunalar | boshqa xarajatlar | jami | |
| Ijrochi | | | | | | | |
| hamijrochi tashkilot (agar bor boʻlsa) | | | | | | | |
| jami: | | | | | | | |
|
| |||||||
| M.Oʻ. Loyiha rahbari (F.I.O. va imzosi) | |||||||
Izoh: loyiha boʻyicha bir yillik xarajatlar smetasida keltirilgan har bir koʻrsatkichga yozma ravishda asos keltirilishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 362-modda; 2009-y., 26-son, 303-modda; 2012-y., 10-son, 110-modda; 2014-y., 31-son, 392-modda)