OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNI MUVOFIQLASHTIRISH QOʻMITASINING
QARORI
UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMIDA ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK XODIMLAR TAYYORLASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB TOPISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 245-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi qaror qiladi:
Fan va texnika davlat qoʻmitasining 1995-yil 12-maydagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz taʼlim tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom” (1996-yil 6-may, roʻyxat raqami 245) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-avgust,
27-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 361-modda)