Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 25.08.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1704
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Hujjat 04.09.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN TOʻQIMAChILIK KORXONALARIGA PAXTA TOLASINI SOTIB OLISh HAMDA ULGURJI SAVDO KORXONALARIGA AYLANMA MABLAGʻLARINI TOʻLDIRIShGA REVOLVER KREDITLARI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 25-avgustda 1704-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 14-iyuldagi 19/1-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq holda ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish, shuningdek, ulgurji savdo korxonalarini aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom maqsadlarida revolver kredit qayta tiklanadigan kredit liniyasi boʻlib, u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik korxonalariga — paxta tolasini sotib olish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo korxonalariga — aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun muntazam toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Revolver kreditlash tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Revolver kreditlash uchun qayta tiklanadigan kredit liniyasi bir yilgacha boʻlgan muddatga ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Revolver kreditlari qonun hujjatlariga muvofiq bir yoki bir nechta taʼminot turlari bilan taʼminlangan boʻlishi mumkin. Revolver kreditlarning qaytarilishi taʼminoti boʻlib muomaladagi tovarlar ham xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlarni yoʻqolish (nobud boʻlish), kamomad chiqishi yoki zararlanish xatarlaridan kredit liniyasi hamda unga hisoblangan foizlarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdorda oʻz hisobidan sugʻurtalashi, shuningdek ushbu kredit boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar sugʻurta muddati uzaytirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari revolver kreditlari berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar. Revolver kreditlari uchun foiz stavkasi miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra kredit shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Revolver kreditlarini berish faqat ilgari olingan kreditlar va hisoblangan foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollardagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarar koʻrib ishlayotgan, nolikvid balansga ega boʻlgan qarz oluvchilarga kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa shartnomada koʻzda tutilgan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Bu qoida kredit shartnomasida qayd etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Revolver kreditlarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Revolver kreditini olish uchun birinchi marta murojaat qilishda qarz oluvchi kredit buyurtmasi bilan birga bankka quyidagi hujjatlarni (kredit hujjatlari yigʻma jildini ) taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul oqimlari majburiy tartibda koʻrsatiladigan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi hisobot davri uchun tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan balans qabul qilinganligi qayd etilgan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi maʼlumotnoma (2a-shakl), shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorliklar boʻyicha taqqoslash dalolatnomalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
revolver kreditlarini qaytarilishining bir yoki bir necha taʼminoti turlarini taqdim etilganligi haqidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kreditning qaytarilmasligi xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tomonidan garovga muomaladagi tovarlar taqdim etilganda muomaladagi tovarlar 0,5 tuzatish koeffitsiyentini qoʻllagan holda baholash qiymati boʻyicha garovga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qarz oluvchi va bank oʻrtasida qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda muomaladagi tovarlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisida garov shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Garov shartnomasida bankning muomaladagi tovarlarni sotishdan qarz oluvchining barcha depozit hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablagʻlarni birinchi navbatda akseptsiz tartibda muddatida qaytarilmagan kredit hamda hisoblangan, ammo muddatida toʻlanmagan foizlar toʻloviga yoʻnaltirishga qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa haqli ekanligi qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bankning kredit siyosatiga muvofiq belgilangan tartiblarga muvofiq bank tomonidan kredit hujjatlari yigʻma jildi qarz oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi, kredit tarixi, uning rahbarining nufuzi (uning ilgarigi ish joyi, malakasi, ilgari olingan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlanganligi) tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻzda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmasini taqdim etilgan kundan boshlab uni tijorat banki tomonidan koʻrib chiqish muddati oʻn bank ish kunidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit hujjatlari yigʻma jildi toʻliq tahlil qilinganidan keyin bankning (bank filialining) kredit qoʻmitasi revolver kreditini berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi. Kredit berish rad etilgan taqdirda bank bu haqda qarz oluvchini 3 bank ish kunida yozma ravishda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Revolver krediti berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasida boshqa majburiy shartlardan tashqari quyidagi shartlar ham qayd etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi limitining summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha amaldagi qarzdorlikka hisoblanadigan foiz stavkasi miqdori va foizlarni toʻlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni oʻz vaqtida qaytarmaganlik uchun qoʻshilgan penyalar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Revolver kreditlarini muddati oʻtgan (90 kundan ortiq) kreditorlik qarzdorligiga ega boʻlgan korxonalarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Revolver kreditini ajratish, monitoringni amalga oshirish va qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Revolver kreditlari alohida ssuda hisobvaragʻidan ochilgan kredit liniyasi limiti doirasida qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Revolver kreditlashni qayta tiklash kredit shartnomasi shartlari qarz oluvchi tomonidan toʻliq ijro etilgan taqdirda uning toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tijorat banklari shartnomaning butun amal qilish davri mobaynida kreditdan foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq holda mahsulot yetkazib berishga oid majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari, foydasi, oʻz aylanma mablagʻlarining mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari holati, aylanma mablagʻlarning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining koʻrsatkichlarini qarz oluvchining kredit hujjatlari yigʻma jildida tizimlashtirgan holda kreditga layoqatliligini doimiy monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda bank revolver kreditning maqsadga muvofiq holda foydalanilmagan qismini qarz oluvchining hisobvaraqlaridan kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda akseptsiz tartibda muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Revolver kreditni va uning hisoblangan foizlarini toʻlash qarz oluvchi tomonidan talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi tomonidan revolver kredit boʻyicha qarzni qaytarish uchun oʻtkazilgan summa, toʻlov hujjatida koʻrsatilgan toʻlov maqsadidan qatʼi nazar, bank tomonidan quyidagi navbatda yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) penya toʻlovlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muddati oʻtgan foizlar toʻloviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jadvalga muvofiq foizlar toʻloviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikni qoplashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jadvalga muvofiq kredit boʻyicha qarzni qoplashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qarz oluvchi revolver kredit boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida koʻrsatilgan muddatda toʻlamasa, bank muddati oʻtgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchining asosiy va ikkilamchi depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar hisobidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bank qarz oluvchini uning hisobvaraqlaridagi mablagʻlar akseptsiz tartibda olib qoʻyilganligi haqida uch bank ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qarz oluvchining milliy valyutadagi talab qilib olinguncha hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda bank qarzdorning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlar hisobidan muddati oʻtgan kredit, hisoblangan foiz va penya toʻlovlarini amalga oshirishga yetarli miqdordagi summani qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, akseptsiz tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Valyuta birjasida milliy valyutaga konvertatsiya qilish va muddati oʻtgan kredit, foiz va penyani qoplashga agar ushbu shart kredit shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa yoʻnaltirish huquqiga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 356-modda; 2017-y., 14-son, 233-modda)