Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UN VA BULKA NONINING ChAKANA NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyuldagi 384-sonli “Un va bulka nonining chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Donni sotib olish, uni tashish va qayta ishlash xarajatlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-iyunidan boshlab 1 kilogramm unning chakana narxi oʻrtacha 500 soʻm-kupon va 1 kilogramm bulka nonning chakana narxi oʻrtacha 400 soʻm-kupon etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi unning va bulka nonning chiqarilayotgan turlarini hisobga olgan holda yangi chakana narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklarga va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-fevraldagi 100-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 30-may,
274-son