Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN YoSh OILALARGA IMTIYOZLI ASOSDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-iyun,
17/2-son
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”, “Ipoteka toʻgʻrisida”, “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka va moliyaviy isteʼmol kreditlari berish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
yosh oila — har biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan oʻtgan yoshlar kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
imtiyozli davr — kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
mikrokredit — yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
ipoteka krediti — yosh oilalarga sotib olinayotgan koʻchmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kreditlar tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari asosida beriladi.
3. Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi;
yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
yosh oilalarga beriladigan moliyaviy isteʼmol kreditlari boʻyicha olti oylik imtiyozli davr belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar asosiy qarzni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Imtiyozli davr kredit boʻyicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar yosh oilaga kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.
II. Yosh oilalarga mikrokreditlarni berish va qaytarish tartibi
5. Yosh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni va banklarning ichki kredit siyosatlari bilan tartibga solinadi.
7. Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisida nizom” bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, bankning Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
8. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2006-yil 21-fevral, roʻyxat raqami 1548) asosan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
9. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
10. Tijorat banklari yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) asosida, mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda tartibga solinadi.
11. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga 15 yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
Bunda, yosh oilalar vositachilik haqini toʻlamasdan kreditni muddatidan oldin qaytarishi hamda unga hisoblangan foizlar toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirishi mumkin.
12. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha;
Keyingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yosh oila aʼzolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi boʻlgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka oʻtkazishlari mumkin.
Bunda, badal summasi yosh oila aʼzosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan boʻlsa, uning nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga ish beruvchi tomonidan oʻtkaziladi.
IV. Yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
14. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda; 2012-y., 25-son, 284-modda; 2014-y., 49-son, 585-modda; 2016-y., 42-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son)