Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 24.07.2007 yildagi PQ-675-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 24.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZDEUAVTO” AKSIYADORLIK JAMIYATI AVTOMOBILLARINING YaNGI MODELLARINI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida avtomobillarining yangi modellariga talabni va ularni ishlab chiqarishni kengaytirish istiqbollarini oʻrganish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sedan “Shevrole Epika” (DEU “Toska”) 1008 dona, yoʻlsiz joylarda yura oladigan “Shevrole Kaptiva” (DEU “Vinstorm”) — 696 dona, miniven “Shevrole Takuma” (DEU “Rezzo”) — 888 dona yangi avtomobillar modellarining yirik blokli ishlab chiqarishini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur avtomobillar yangi modellari taqdimotini Oʻzbekistonda 2007-yilning 13-14-sentabri mobaynida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq ushbu avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarish va sotishdan “OʻzDEUavto” AJ oladigan daromad mamlakatimiz avtomobil tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining jamgʻarib boriladigan maxsus hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekistonda chuqur texnologiya boʻyicha birinchi bosqichda sedan “Shevrole Epika” (DEU “Toska”) modeli, ikkinchi bosqichda yoʻlsiz joylarda yura oladigan “Shevrole Kaptiva” (DEU “Vinstorm”) modelini sanoat koʻlamida ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi yuzasidan “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining yangi modellar ishlab chiqarish uchun yirik blokli butlovchi qismlarni import qilishga sarflanadigan valyuta xarajatlarini qoplashni taʼminlash uchun ichki bozorda mazkur modeldagi avtomobillarning 50 foizgacha qismini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, respublika tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalar yordamida mijozlarning valyuta hisob raqamlaridan xorijiy valyutaga sotishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Jeneral Motors DEU Avto va Texnologiyalar” kompaniyasi bilan tuzilgan tegishli shartnomalarga asosan “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib kelinadigan umumiy miqdori 2592 dona “Shevrole Takuma”, “Shevrole Epika” va “Shevrole Kaptiva” (TN TIF kodi 8703) avtomobillarini yigʻish uchun ilovada* koʻrsatilgan butlovchi qismlar va uzellar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Q.S. Sanaqulov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-675-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 302-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)