Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY SOHADAGI AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 27-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-iyunda maʼqullangan
2007-yil 27-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-iyunda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi 918-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda, № 12, 413-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “korxonalarning obligatsiyalari” degan soʻzlar “korporativ obligatsiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi—toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korporativ obligatsiyalarni faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan boʻlsa;
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifalarini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Korporativ obligatsiyalar oʻz egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ochiq aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi tomonidan ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Korporativ obligatsiyalarni emitentlarning ustav fondini shakllantirish va toʻldirish uchun, shuningdek emitentlarning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplash uchun chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Korporativ obligatsiyalar chiqarishga faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi toʻliq toʻlanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”;
2) 11-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “korxonalarning obligatsiyalarini” degan soʻzlar “korporativ obligatsiyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 32-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yopiq aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas”;
2) 65-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamiyat kuzatuv kengashining oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish”;
oʻn toʻrtinchi—oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi—yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 74-moddasi uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi mazmundagi jumlalar bilan almashtirilsin:
“Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi”;
4) 82-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan boʻlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay maʼqullanishi lozim;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash”;
oʻn ikkinchi—yigirma ikkinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi—yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) quyidagi mazmundagi 1101-modda bilan toʻldirilsin:
“1101-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan koʻp boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi”;
6) 111-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan koʻp boʻlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda) 26-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan shirkatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi 310-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “obligatsiyalar haqini toʻlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 28-modda chiqarib tashlansin;
3) 30-modda ikkinchi qismining:
oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi—oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha oʻn birinchi—oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 38-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda tutilishi mumkin”;
5) quyidagi mazmundagi 451-modda bilan toʻldirilsin:
“451-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etadi va uning xodimlarini tayinlaydi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi”;
6) 46-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi”;
7) 47-modda chiqarib tashlansin;
8) 48-modda birinchi qismining:
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi—oʻninchi xatboshilari tegishincha yettinchi—toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-iyul,
OʻRQ-104-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 297-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)