20.07.2007 yildagi O‘RQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SUDLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA, HARBIY SUDLAR FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA, SUDYALARNING MALAKA HAY’ATLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 323-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 23-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudyalar oliy malaka hay’ati raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati raisi O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari sudyalarining konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari lavozimlariga ko‘ra sudyalarning tegishli malaka hay’atlari raislari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisi sudyalarning malaka hay’ati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda sudyalarning malaka hay’ati zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Hay’at raisi yo‘qligida uning vazifasini sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisi o‘rinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi sudyalar malaka hay’atlari raislarining sudya kadrlar bilan olib borilayotgan ishlarning ahvoli haqidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatida sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va ularni tanlashda oshna-og‘aynigarchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish hamda boshqa yo‘sindagi qoidabuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi sudyalarning tegishli malaka hay’ati raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnoma kiritishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini tashkiliy-texnika jihatidan ta’minlashni, arizalarni qabul qilish va ro‘yxatga olishni, hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishni tegishli sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan sudyalar malaka hay’ati kotibi amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda o‘qitishni ham tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 12-modda quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81) sudyalik lavozimlariga zaxirada turgan shaxslarni belgilangan tartibda o‘qitishni tashkil etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Vakolat muddati tugayotgan sudyalarga nisbatan ularning nomzodini yangi muddatga ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sudyalar malaka hay’atlarining mazkur shaxslarning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi xususidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori ularning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 47-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar” degan so‘zlar “tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalarining vakolatlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 48-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomani sudyalarning tegishli malaka hay’atiga kiritish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) VII bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VII. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sudyalik lavozimlariga tavsiya etish uchun nomzodlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari orasidan sudlarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan lavozimlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyaligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raislari va rais o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Sudyalar oliy malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, okrug va hududiy harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudining, viloyatlar hamda Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyaligiga (xo‘jalik sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodi ko‘rsatilayotgan shaxslar bundan mustasno) nomzodlar zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hay’atlari o‘zini sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki bo‘shab qolgan muayyan sudyalik lavozimiga qo‘yilish istagini bildirgan shaxslardan arizalar qabul qiladi. Mazkur sudlarning sudyaligiga nomzodlar zaxirasiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyaligiga, xo‘jalik sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar zaxirasini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 61-moddasi talablariga rioya qilingan holda sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish to‘g‘risidagi arizaga kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan ko‘chirma, oxirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish to‘g‘risida ushbu Nizomning 52-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganligi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish va ro‘yxatga olishni, hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishni sudyalar malaka hay’ati kotibi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sudyalarning malaka hay’atlari nomzodlarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy va shaxsiy fazilatlari o‘rganilishini tashkil etadi hamda materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay malaka imtihonlari o‘tkazadi, mazkur imtihonlarning natijalariga ko‘ra sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki zaxiraga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hay’atlari majlislarida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlarining, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga nomzodlarning har biri xususida o‘z fikrini bildirishga, sudyalar malaka hay’atining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda esa o‘z fikrini yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarga taalluqli ma’lumotlar sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishi rad etilgan shaxs bir yil muddat o‘tganidan so‘ng tegishli ariza bilan takror murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sudyalarning malaka hay’atlari sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudining va viloyatlar hamda Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari lavozimlariga nomzodi birinchi marta ko‘rsatilayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarda o‘qitishni tashkil etadi. Maxsus kurslarni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat berilgan kunidan e’tiboran uch yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sudyalik lavozimi bo‘shab qolgan taqdirda, sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar bu haqda sudyalarning tegishli malaka hay’ati tomonidan xabardor qilinadi. Bunda ushbu Nizomning 57-moddasida nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga nomzodi birinchi marta ko‘rsatilayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan taqdirdagina xabardor qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘shab qolgan sudyalik lavozimiga o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihoni topshiradilar, mazkur imtihon natijalariga ko‘ra sudyalarning tegishli malaka hay’atlari ularning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sudyalarning tegishli malaka hay’ati sudyalikka nomzodlar zaxirasida turgan shaxslarning sudyalik lavozimiga layoqatliligi darajasini sudlarning ixtisoslashuvini inobatga olgan holda, imtihon qabul qilish yo‘li bilan baholaydi. Bunda ularning mehnat faoliyati, shaxsi va dunyoqarashi e’tiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hay’ati bo‘sh bo‘lgan sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nafar nomzodga doir materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
591. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalik lavozimlariga saylash yoki tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-103-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 296-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)