Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.2007 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRI AHOLISINING UY-JOY-KOMMUNAL ShAROITLARINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal sharoitlarini yaxshilash ishlarini izchil amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, uy-joy mulkdorlarining ularga qarashli uy-joy fondini saqlashdagi rolini oshirish, koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal va joriy taʼmirlashning hamda ularning hududlarini obodonlashtirishning oʻz vaqtida tugallanishini taʼminlash, turar joy boʻlmagan binolar va inshootlardan samarali foydalanish, shuningdek Toshkent shahrining meʼmoriy qiyofasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaga kiritilgan obyektlarni baholash va ularni ochiq savdolarga qoʻyish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni sotishdan tushadigan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va savdolar tashkilotchilari ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarni chegirgan holda, Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi hamda yangi liftlar sotib olgan va koʻp kvartirali uylarning hududlarini obodonlashtirgan holda ularning muhandislik kommunikatsiyalarini, tomlarini, lift xoʻjaligini mukammal va joriy taʼmirlashni amalga oshirishga, shu jumladan mavzelar ichidagi yoritish vositalarini tiklashga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq roʻyxatlar boʻyicha obodonlashtirish xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilovaga kiritilgan obyektlarni sotishdan tushadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan masʼuliyat Toshkent shahar hokimi A.H. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamidan moliyalashtiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini har chorakda tekshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 289-modda)