Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2007-YILNING 1 AVGUSTIDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolariga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:
1. 2007-yilning 1-avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar oʻrta hisobda 1,25 baravar oshirilsin.
2. 2007-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 15525 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 30750 soʻm;
yagona tarif setkasi boʻyicha boshlangʻich (nulinchi) razryad — oyiga 15525 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 30750 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 18625 soʻm miqdorida belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2007-yilning 1-avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, budjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mansab maoshlari miqdorini mazkur Farmondan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni taʼminlasin.
5. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublika Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
6. Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2007-yilning 1-avgustidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek joriy yil boshidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki darajasini pasaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-iyul,
PF-3889-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 280-modda; 43-son, 428-modda; 2015-y., 16-son, 195-modda)