Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI 1992 YIL 14 YaNVARDA QABUL QILGAN “KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI HAQIDA” 516—XII SONLI QARORGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi Qarorga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida quyidagilar nazarda tutilsin:
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi lozim boʻlgan mol-mulkni qiymat va tarkibini oldindan narxlash, mulkchilik shakli oʻzgarganligi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash ishlari.
3. Faoliyat turlari roʻyxatida 2-betdagi oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro avtomobil yoʻllarida tashish”.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 26-noyabr,
710–XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 110-modda)